Mavzu 2: Harakat tayanch tizimi


Download 449.21 Kb.
bet1/13
Sana03.11.2021
Hajmi449.21 Kb.
#170377
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Maruza - 2


Mavzu - 2: Harakat - tayanch tizimi.

Reja:


1. Suyaklar tasnifi va vazifasi.

2. Suyaklarni birikishi va kimyoviy tarkibi.

3. Bosh skeletini tuzilishi.

4. Gavda skeletini tuzilishi.

5. Qo`l va oyoq skeletini tuzilishi.

6. Muskullar va ularning funktsiyasi.



Dars turi: Ma`ruza

Aqliy xujum usuli.



  1. Suyaklar tasnifi va vazifasi.

Oldingi mavzuda qayd etilganidek, odam organizmining hayoti doimo tashqi muhit bilan chambarias bog`liq. Bu bog`lanishda tayanch-harakatlanish sistemasi muhim rol o`ynaydi. Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi, atrofdagi odamlar bilan muloqotda bo`ladi (og`zaki va yozma nutq orqali), jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanadi.

Odamning harakatlari juda xilma-xil va turli maqsadga qaratilgan bo`lib, bola o`sib-ulg`aygan sari bu harakatlar rivojlanib, tobora mukammallashib boradi.

Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi

Bu sistema uch qismdan: suyak, muskul va nerv sistemasidan iborat.



Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funktsiyasi ko`p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning tayanch funktsiyasi tufayli adam o`z qomatini to`g`ri to`tadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham o`taydi.

Masalan, bosh miya kalla suyagi qonqog`i ichida, orqa miya umurtqa pog`onasining kanalida; o`pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko`krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta`snridan himoyalangan.

Suyaklarning ko`mik qismida qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuzlar deposi (to`plannadigan joyi) bo`lib xizmat kiladi.

Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo`lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (8-rasm). Ba`zi adabiyotlarda tishlar bilan birgalikda suyaklarning soni 250 ga yaqin deb ko`rsatilgan.

Suyaklar 4 xil shaklda bo`ladi. Naysimon suyaklar - bular o`z navbatida ikki xil bo`ladi. Zun naysimon suyaklar (elka, bilak, son, boldir suyaklari); alta naysimon suyaklar (qo`l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).

G`ovak suyaklar - bular ham ikki xil bo`ladi. Uzun g`ovaksimon (qovurg`a, tush, o`mrov), kalta g`ovaksimon (umurtqa, qo`l va oyoqning kaft, kaft-ust, bilakuzuk) suyaklar;

Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari.

G`alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag`, peshona, bosh suyagining pastki asora qismidagi ionasimon va g`alvirsimon suyaklar.

Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo`lib o`rganiladi: bosh, gavda, qo`l va oyoq suyaklari.



  1. Download 449.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling