Suyaklarning tuzilishi va tarkibi.
Suyaklar murakkab tuzilgan bo`lib, ular tarkibiga barcha epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to`qimalari kiradi. Suyak tarkibining asosini suyak hujayralari (osteoblastlar) tashkil etadi. Bu hujayralar suyaklarning organik qismi bo`lgan osseinni (oraliq oqsil modda) sintez qiladi va uning mineral moddalar bilan birikishini ta`minlaydi.
Suyaklar ikki qavatdan iborat bo`lib, ustki qavati qattiq zich plastinkasimon, ichki qavati. g`ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko`plab ingichka kanalchalar bo`lib, ularda qon tomirlari va nerv tomirlari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (periost) - suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu rearda biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, unda juda ko`p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari bo`ladi. Suyak usti pardasi suyakni oziq moddalar bilan ta`minlashda, uning o`sishida, singanda, yorilganda, jaroxatning bitishida katta rol o`ynaydi (15-rasm). Suyaklar ximiyaviy tarkibining 1/3 qismini organik moddalar - osseinlar (kollagen tolalar) va 2/3 qismini anorganik moddalar tashkil etadi. Suyaklarning anorganik moddalari tarkibida D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi elementlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |