Tayanch harakat sistemasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana05.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1427993
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TAYANCH HARAKAT SISTEMASI



TAYANCH HARAKAT SISTEMASI
Reja
1.Suyak sistemasi. Odam skeleti
2.Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi
3. Yassi suyaklar


Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko'p qirrali.
Eng muhimi gavdada u tayaneh va himoya vazifasini bajaradi. Skeletning
tayaneh funksiyasi tufayli odam o'z qomatini to'g'ri tutadi. Skelet ichki
organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish vazifasini ham
o'taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagi qopqog'i iehida, orqa miya
umurtqa pog'onasi¬ning kanalida; o'pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va
yirik qon tomirlari ko'krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning
noqulay ta'siridan himoyalangan. Suyaklarning ko'mik qismida qonning
shakIli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab
ehiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuz]ar deposi (to'planadigan
joyi) bo'lib xizmat qiladi. Odam skeleti qariyib 206 ta suyakdan tashkil
topgan bo'lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (1-rasm).
Suyaklar 4 xii shaklda bo'ladi. Naysimon suyaklar - bular o'z navbatida ikki
xiI bo'ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari);
kalta naysimon suyaklar (qo'l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
G'ovak suyaklar - bular ham ikki xil: uzun g'ovaksimon (qovurg'a, to'sh,
o'mrov), kalta g'ovaksimon (umurtqa, qo'l va oyoqning kaft, kaft-usti
suyaklari) bo'ladi. Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak
va ehanoq suyaklari. G'alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag', peshona, bosh
suya gining pastki asos qismidagi ponasimon va g'alvirsimon suyaklar.


2-rasm.
Bosh
suyagi.
1- peshona suyagi; 2- tepa
suyagi
;
3¬ensa
suyagi;
4-
chakka
suyagi;
5-
pastki
jag'
suyagi;
6-
yuqori
jag'
suyag'i:
7¬yonoq
suyagi;
8-
ko'z
yosh
suyagi:

burnn
suyagi
1-rasm.
Skeletning
umumiy
ko'rinishi
Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo'lib
o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq suyaklari. Bosh suyagi 23 ta
suyaklarning birikjsrudan tashkH topgan bo'lib ikki qismga bo'linadi:
miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari (2- rasm). Miya qutisi suyaklariga:


peshomi
-
I,
tepa
-
2,
chakka
-
2,
ensa - I, asosiy - I, g'alvirsimon - 1 ta suyaklar kiradi. Yuz suyaklariga:
yuqorigi jag' - 2, yonoq - 2, burun - 2, ko'zyosh - 2, pastki burun
chanog'i - 2, tanglay - 2, pastki jag' - 1, dimog' - I, til osti - I ta suyaklar
kiradi.Pastki jag' va chakka suyaklari bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib
birikadi. Bu bo'g'im tufayli pastki jag' xilma-xil harakatlarni bajaradi va
natijada odam ovqatni chaynash, so'zlash, kuylash imkoniga ega
bo'ladi.Yuqorida aytilganidek, yosh bolalarda bosh suyagi 23 ta alohida
suyaklardan tashkil topgan bo'lib, ular bir-biri bilan suyak chok¬lari
yordamida birikadi. Ularning birikishi bolaning 2-3 oyligi¬dan boshlab,
u
voyaga
yetguncha
davom
etadi.
Tana skeleti. Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: umurtqa
pog'onasi
va
ko'krak
qafasi.
Umurtqa pog'onasi 33-34 umurtqaning birikishidan hosil bo'lib, uzunligi
odamning bo'yiga qarab 70-90 sm gacha bo'la¬di. Umurtqa pog'onasi
odam skeletining markaziy qismi bo'lib, unga barcha suyaklar birikib
turadi va u tananing asosiy tayanchi bo'lib xizmat qiladi. Umurtqa
pog'onasi 5 qismdan iborat: bo'yin - 7, ko'krak - 12, bel - 5, dumg'aza - 5
va dum - 4-5 ta umurtqadan tashkil topgan (3- rasm).
Umurtqa halqasimon suyakdan iborat bo'lib, oldingi - tana qismi
yo'g'onlashgan, orqa qismi ingichka yoysimon bo'ladi. Umurtqaning
tanasi bilan yoyi qo'shilib umurtqa teshigini hosil qiJadi.
Umurtqalarning orasida tog'aydan iborat umurtqa oraliq dis¬klar bo'ladi.
Umurtqalarning bir-biri bilan tutashishi natijasida umurtqa pog'onasi
kanali hosil bo'ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi.
Ko'krak qafasi suyaklariga 12 ta ko'krak umurtqasi, 12 juft qovurg'alar


va to'sh suyagi kiradi (4- rasm). Bularning bir-biri bilan birikishi
natijasida ko'krak qafasi hosil bo'lib, unda odam hayoti uchun muhim
bo'lgan
ichki
organlar
joylashadi.
Qovurg'alarning 12 jufti ham orqa tomondan ko'krak umurt¬qalariga
birikadi. Ulardan 7 jufti haqiqiy (chin) qovurg'alar de¬yilib, oldingi
tomondan to'sh suyagining yon tomoniga o'zining tog'aylari yordamida
bevosita birikadi. Ulardan pastki uch jufti soxta qovurg'a deyilib, bular
bir-biri bilan tog'ay yordamida o'za¬ra, so'ngra esa 7- qovurg'aning
tog'ayiga birikadi. Bulardan ham pastda joylashganlari (11-12-
qovurg'alar) oldingi tomondan to'sh suyagiga birikmay, qorin muskullari
orasida joylashadi. Bular yetim qovurg 'alar deb ataladi.
To'sh suyagi uch qismdan: yuqorigi - dasta, o'rta - tana qismi va pastki -
qilichsimon
o'simtadan
iborat.


3-rasm.
Umurtqa
pogonasi.
A- oldindan ko'rinishi: 1- bo'yin
qismi; 2- ko'krak qismi; 3- bel
qismi; 4- dumg'aza qismi; 5- dum
qismi.
B-
yon
tomondan
ko'rinishi
(o'rtasidan
arralangan):
1-
umurtqa pog'onasining kanali; 2-
bo'yin lordozi; 3- bel lordozi: 4-
ko'krak
kifozi; 5- dumg'aza kifozi:
^ 4-rasm. Ko'krak qafasi: 1-7- haqiqiy
(chin)
qovurg'alar;
8-10-
soxta
qovurg'alar; 11-12¬yetim qovurg'alar;
13- lo'sh suyagining qiIichsimon
o'simtasi.
Qo'l suyaklari. Qo'l suyaklari ikki qismga: yelka kamari suyak¬lari va
qo'lning erkin suyaklariga bo'linadi (5- rasm). Yelka kamari suyaklariga
kurak va o'mrov suyaklari kiradi. Kurak suyagi uchburchak shakldagi
yassi suyak bo'lib, ichki botiq yuzasi bilan ko'krak qafasining 2-7-
qovurg'alari ustiga yopishgan bo'ladi. urakning tashqi burchagida
bo'g'im yuzasi bo'lib, u yelka suyagi bilan birikishga moslashgan.
O'mrov suyagi ichki tomondan to'sh suyagiga, tashqi tomondan kurak
uyagiga birikadi. U yelka bo'g'imining harakatlarida muhim ahamiyatga
ega.
Qo'lning erkin suyaklariga yelka, bilak panja suyaklari kiradi. Yelka
suyagi uzun naysimon shaklda bo'lib, uning yuqorigi uchi kurak suyagi
bilan birikib, yelka bo'g'imini, pastki uchi esa bilak¬tirsak suyaklari
bilan
birikib,
tirsak
bo'g'imini
hosil
qiladi.


Bilak suyaklari 2 ta naysimon, ya'ni bilak va tirsak suyaklaridan iborat.
Bilak suyagi qo'lning tashqi tomonida, tirsak suyagi qo'lning ichki
tomonida joylashgan. Bu suyaklarning yuqorigi uchi yelka suyagi bilan
birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi, pastki uchi esa bilakuzuk (kaft usti)
suyaklari bilan birikadi. Qo 'I panja suyaklari uch qismdan: kaft usti,
kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Kaft usti suyaklari 8 ta bo'lib, ular 4
tadan ikki qator bo'lib joylashgan. Kaft suyaklari 5 ta bo'ladi. Barmoq
suyaklari bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan bo'ladi. Oyoq
suyaklari. Oyoq suyaklari ikki guruhga: oyoq kamari (chanoq) va
oyoqning erkin suyaklariga bo'linadi. Oyoq kamari ikki tomondan
nomsiz suyaklardan, orqa tomondan dumg'aza va dum umurtqa
suyaklaridan tashkil topgan. Chanoq suyagining yuqori qismi
ken¬gaygan bo'lib, katta chanoq deb ataladi, pastki qismi toraygan bo'lib,
kichik cha¬noq deb ataladi. Kichik chanoq bo'sWig'ida to'g'ri ichak,
siydik pufagi, qon, limfa, nerv tomirlari va tugunlari hamda jinsiy
organlar joylashgan. Chanoq suyagining tashqi - yon tomonida qo
'ymich kosasi deb ataluvchi chuqurcha bo'lib, unga son suyagining
yumaloq boshchasi birikib, son-chanoq bo'g'imini hosil qiladi. Bu
bo'g'im orqali tananing massasi oyoq suyaklariga o'tkaziladi. Odamning
chanoq suyagi ba'zi erkaklarda 1200 kg massadagi yukni ko'tara oladi.
Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va oyoq panjasining su¬yaklari
kiradi. Son suyagi eng yirik va baquvvat naysimon suyakdir. U 1500 kg
gacha bo'lgan yukni ko'tarishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, bu
suyakning yuqorigi uchi yumaloq bo'lib, chanoq suyagining


chuqurchasiga kirib, son-chanoq bo'g'imini hosil
qiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling