Tayanch harakat sistemasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1427993
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TAYANCH HARAKAT SISTEMASI

^
8-rasm.
Suyakning
tuzilishi:
1- suyak usti pardasi; 2-¬ustki qattiq
plastinkasimon qavat; 3- ichki g'ovak qavat;


4-
ilik
bo'shlig'i
Suyaklarning yoshga bog'liq xususiyatlari
Suyaklar odamning yoshiga qarab o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bola
tug'ilganda uning tanasidagi suyaklarning ko'p qismi tog'aydan iborat
bo'ladi. Shuning uehun yosh bolalarning suyaklari yumshoq, egiluvehan
xususiyatga ega. Bula o'sgan sari suyaklarning tog'ay qismi suyakka aylana
boradi. Bu jarayon odam skeletining turli qismlarida har xii keehadi.
Yangi tug'ilgan bolalarda bosh suyagi o'zaro birikmagan bir neehta
suyakdan iborat bo'ladi. Shuning uehun bosh suyagining qopqog'ida, ya'ni
o'zaro birikmagan suyaklar o'rtasida yumshoq
9-rasm.
Chaqaloq
holaning kalla suyagi:
A-
yon
tomondan
ko'rinishi; B- yuqoridan
ko'rinishi; 1- peshona liqildog'i; 2- ens. liqildog'i; 3- yon liqildoqlar
joylar (bo'shliqlar) bo'lib, ular liqildoq deb ataladi. Katta Jiqildoq
peshona va tepa suyak]ari o'rtasida joylashgan bo'lib, uning bo'yi 3,5 srn,
eni 2,5 srn bo'ladi. Bu liqildoq bola J yoshga to'lib, ikkinchi yoshga


o'tganda bitadi. Tepa va ensa suyaklari o'nasida kichik liqildoq va tepa-
chakka suyaklari o'rtasida 2 tadan, jami 4 ta yon liqildoqlar bo'lib,
bolaning 2-3 oyligidan ular suyakka aylana boradi (9-rasm). Bosh suyagi
bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida, ayniqsa tez o'sadi. Uning
o'sishi va shakllanshi 20-25 yoshgacha davom etadi. Gavda suyakJarida
yoshga bog'liq quyidagi xususiyatlar mavjudo Umurtqa suyaklari 17-25
yosh orasida suyakka aylanib bo'ladi. Lekin umurtqa pog'onasi dum
qismining suyakka aylanishi 30 yoshgacha davom etadi. Yuqorida
aytilganidek, to'sh suyagining uchta qismi bolalarda alohida suyaklardan
iborat bo'lib, 20-25 yoshda ular bir-biriga qo'shilib, yaxlit to'sh suyagiga
aylanadi. Kurak, o'mrov, elka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka
aylanishi 20-25 yoshgacha davom etadi. Qo'l kaftining suyakka
aylanishi 15-16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka aylanishi 16¬20
yoshgacha davom etadi. Suyaklanish jarayonining normal borishi ko'p
jihatdan ovqat tarkibiga, undagi oqsil moddasi, mineral tuzlar va
vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishiga hamda ochiq havoda quyoshning
ultrabinafsha nurlaridan muntazam ravishda foydalanishga bog'liq.
Shuningdek, jismoniy tarbiya, spon mashg'u'otlari bilan shu g'ullanish
suyaklanish jarayonining normal borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Aksincha, vitaminlar ayniqsa D vitamini yetishmas¬ligi yoki quyosh
nuridan yetarli foydalanmaslik organizmda kalsiy va fosfor tuzlari
aJmashinuvi buzilishiga sabab bo'ladi va suyakla¬nish jarayoni
sekinlashadi. Natijada raxi! kasal/igi kelib chiqadi. Bunday kasallikka
uchragan bolalarning suyagi yumshab, egiluvchan bo'Jib qoladi.
Ayniqsa, oyoqlari, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, chanoq suyaklari
egrilanib qolishi mumkin. Bu esa ularning qad-qomati normal


shakllanishiga
salbiy
ta'sir
ko'rsatadi.
Odam
va
hayvonlar
skeletidagi
o'xshashlik
Evolyutsion rivojlanish jarayonida ibtidoiy od am tik yurishi va mehnat
faoliyati tufayli uning skeletida sut emizuvchi hay¬vonlarning
skeletidan farq qiladigan o'zgarishlar paydo bo'ladi. Odam bosh
miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uning bosh skeleti miya
qismining yuz qismiga nisbatan katta bo'lishiga olib keldi. Hayvonlar
bosh skeletining yuz qismi esa miya qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan.
Chunki ular dag'al, qattiq oziq bilan oziqlanadi. Bundan tashqari,
ularning jag'i hujum va himoya organ¬lari vazifasini ham bajaradi.
Odam skeletining o'ziga xos belgilaridan biri asosiy mehnat organi
bo'lgan qo'lIarining tuzilishidir. Qo'lning yelka, bilak, kaft usti va panja
bo'g'imlarida xii ma-xiI murakkab va nozik harakatlar bajariladi.
Masalan, sportchi, raqqosa, zargar, soatsoz, rassom, haykaltarosh va
hokazo mutaxassislarning qo'l bilan bajaradigan ishlarini eslash kifoya.
Bunday murakkab va nozik harakatlarni bajarishda, ayniqsa, qo'l bosh
barmog'ining
roli
nihoyatda
katta
bo'ladi.
Odamning tik yurishi uning chanoq suyakJari va chanoq bo'shJi¬g'ining
kattalashuviga sabab bo'lgan. Shu tufayli chanoqda ko'pgina ichki
organlar
joylashadi
va
himoya
qilinadi.
Odamning oyoq suyakJari hayvonlarning orqa oyoqlariga nis¬batan


kuchli rivojlangan va baquwatdir. Bunga sabab odam tik yuri¬shi tufayli
tana massasining ikki oyoqqa tushishidir. Bundan tashqari, od am
oyoqlari bilan xilma-xil va murakkab harakatlar¬ni bajaradi (10- rasm).
10-rasm. Gorilla maymuni
va
odam skeletining ko'rinishi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling