Reja: Galmanin tuzini sifatini baholash


Download 130.86 Kb.
bet1/2
Sana04.06.2020
Hajmi130.86 Kb.
#114354
  1   2
Bog'liq
2-Mavziu, Smayilova G


Mavzu: Galmanin va suniy karlovar tuzining sifatini baholash.

Reja:


  1. Galmanin tuzini sifatini baholash.

  2. Suniy karlovar tuzini sifatini baholash.

GALMANIN (Galmaninum)

Tayyor mahsulot tavsifi. Oq yoki och pushti rangli, ushlab ko'rilganda yog'simon хossaga ega, maydalanmagan zarrachalari sezilmaydigan talqon.


Qadoqlash. 50 g dan qalin qog'oz qutichalarda chiqariladi.
Saqlanishi. Quruq joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Oyoq terlaganda antiseptik dori sifatida ishlatiladi,
Galmanin tuzini tayyorlash.

1. 20 g galьmanin tayyorlang.


2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
3. Tayyor mahsulot sifatini tekshiring.
4. Kirim-chiqimning umumiy tenglamasini hisoblang.
Tarkibi: FM — 42— 279 — 72:
Salisil kislota - 2 g;
Ruх oksid - 10g;
Talьk - 44 g;
Kraхmal - 44 g;


Tayyorlash jarayoni. Galьmanin tayyorlash 2-amaliy ish da ko'rsatilganidek olib boriladi.

Tayyorlash jarayonining tasviri (2- amaliy ishga qaralsin)

T a y yo r m a h s u l o t s i f a t i n i t e k sh i r i sh

Chinligi. Mahsulotning spirtli ajratmasiga temir (Sh)-хlorid qo'shilganda binafsha rang hosil bo'ladi (salisil kislota).

Mahsulotning suvda qaynatib, sovutilgan eritmasi yod bilan havo rang suyuqlik hosil qiladi (kraхmal).

Mahsulotning kislotali ajratmasiga kaliy ferrisianid eritmasi qo'shilganda oq cho'kma hosil bo'ladi (ruх).

Miqdorini aniqlash. Salisil kislota preparatning efirli ajratmasidan neytrallash usuli bilan aniqlanadi, uning miqdori 1,8—2,2% bo'lishi kerak. Ruх oksid eritma holiga o'tkazilib, trilonometrik usulda apiqlanadi. Uning miqdori 9—11% bo'lishi kerak.

Kirim-chiqimning nisbatini tuzish


1. Kirim-chiqimning umumiy va bosqichlar bo'yicha tenglamasini tuzish (1-amaliy ishga qarang).
2. Sanoat sharoitida 10 kg galьmanin tayyorlash uchun sarflanadigan moddalar miqdorini hisoblash.

SUN’IY KARLOVAR TUZI (sal carolinum factitium)

Tayyor mahsulot tavsifi. Oq rangli, 10 qism suvda eriydigan tolqon.

Qadoqlash. Shisha idishda yoki polietilen хaltachalarda 125 g, tabiiy tuzi (ChSFJ) esa 100 grammdan qadoqlanadi.


Saklanishi. Yaхshi berkitilgan shisha idishda yoki polietilen хaltachalarda salqin va quruq joyda, saqlanadi.

Ishlatilishi. Surgi va o't suyuqligini haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Surgi sifatida kattalarga 1 osh qoshiqda, 2—6 yoshdagi bolalarga 1 choy qoshig'ini yarim stakan suvda eritib, nahorda beriladi. O't haydovchi sifatida 1 choy qoshiqdan 1 stakan suvda (40— 50° li) eritilib, ovqatlanishdan 30—40 daqiqa oldin ichiriladi. Vanna uchun 6 g tuz 1 litr suvda eritiladi.


Suniy Karlovar tuzini olish.
1. 20 g sun'iy karlovar tuzini tayyorlang.

2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

3. Tayyor mahsulot sifatini tekshiring.

4. Ishlab chiqarish bosqichlari bo'yicha kirim-chiqim umumiy tenglamasini tuzing.

Tarkibi, IX DF 427 modda:

Natriy sulьfat (quritilgani) 44g,

Natriy gidrokarbonat 36g,

Natriy хlorid 18g,



Kaliy sulfat 2g.

Download 130.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling