Рассказали о целебных свойствах их цветочной композитции ее роли в жизни человека
Download 36.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Turdaliyeva Namuna .Turg’unali qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turdaliyeva Namuna Turg’unali qizi
- Abtract
Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 «Научный импульс» Мая, 2023 1603 RA’NODOSHLAR OILASI AYRIM VAKILLARINI TABIAT VA INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI Turdaliyeva Namuna Turg’unali qizi Andijon Davlat Pedagogika Instituti Aniq va Tabiiy Fanlar Fakulteti Biologiya yo’nalishi I bosqich 103-guruh talabasi Annotatsiya: Ushbu tezisda Ra’nodoshlar oilasi ayrim vakillari, ularning gul tuzilishi, tarqalishi, inson hayotidagi o’rni, dorivor xususiyatlari yoritilgan. Аннотация: В етой диссертации представители семейства Ранида рассказали о целебных свойствах их цветочной композитции ее роли в жизни человека. Abtract: This thesis describes the members of the ranodoshs family, importance in human life, medicinal properties. Kalit so’zlar: Ra’nodoshlar, Na’matak, Do’lana, Olxo’ri, gulqo’rg’on, aktinomorf. Ключевые слова: Именовник боярышнин окололцветнин слива актиноформ сем розоцветных. Key words: Ranodoshs, namatak, havthorn, plum, gorse, actinamorph, rasacease family. Ra’nodoshlar oilasi Magnoliyasimonlar 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. Barglari ketma-ket o’rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To’pgullari har xil. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo’rg’onli, gulqo’rg’on bo’laklari 5 tadan (ba’zan 4-6 tadan). Gultojbarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko’p bo’ladi. Gul o’rni yassi, likopchasimon yoki bo’rtgan , ba’zan mevasiga qo’shilib o’sib, soxta meva hosil qiladi.Urug’chisi bitta yoki bir nechta meva bargdan iborat. Tugunchasi ustki , yarim ostki yoki ustki. Gul formulasi:Ca5Co5A ∞ G(1,5∞). Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong’oqcha, pista, to’p meva soxta meva rezavor meva va boshqalar bor. Oila vakillari asosan urugidan ko’pyadi, vegitativ yo’li bilan ko’payadiganlari ham bor ( atirgul, qulupnay va boshqalar). O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O’zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi. Oila generativ va vegitativ a’zolarining belgilariga ko’ra 7 ta oilachaga bo’linadi. Bular orasida O’zbekistonda vakillari keng tarqalgan Tobulg’idoshchalar (spiraeoidea), Ra’nodoshchalar (rosaideae) olmadoshchalar (maloideae – pomideae) va olxo’ridoshchalar (prunoideae) oilachalari bor. Ra’nodoshlar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na’matak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragariya) kabi turkumlar kiradi. Na’matak – Rosa turkumi 1 – 3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq patsimon murakkab, Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 «Научный импульс» Мая, 2023 1604 yonbargchali. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yirik oq, pushti sariq rangli gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosacha va gultojbarglari 5 tadan, changchi va urig’chilari ko’p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O’zbekistonda 13 tur tabiiy holda o’sadi va bir nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Na’mataklar ichida itburun na’matak (Rosaceae canina) O’zbekistonda keng tarqalgan. Mevasi (gipantiya) dan dorivor xomashyo sifatida, urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtak sifatida foydalaniladi. Na’matak mevasi tarkibida 4 – 6%, ba’zan 18%gacha vitamin C , 0,3mg % vitamin B2 ,K1, 12 – 18mg % karotin 18% qandlar 4 – 5% oshlovchi moddalar, 2% atrofida limon va olma kislatalari, 3,7% pectin va boshqa moddalar bo’ladi. Na’matak urug’ida moy, ildiz va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi. Na’matak o’simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Ra’nodoshlarning barglari yonbargchali, oddiy uchga bo’lingan, panjasimon, patsimon yoki murakkab poyada ketma – ket o’rnashgan. Gullari yakka – yakka, barg qo’ltig’ida o’rnashgan yoki shingil, qalqon soyabon shaklidagi to’pgullarda joylashgan, ikki jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni murakkab, to’g’ri, ko’pincha 5 a’zoli. Gul tojbarglari 5 ta qo’shilmagan. Changchilari ko’p. Urug’chisi 5 tagacha yoki undan ham ko’p. Tugunchasi 1- 5 uyli. Mevasi – quruq (yong’oqcha, to’pbargak) yoki ho’l (bir yoki ko’p danakli meva yoki soxta meva). Do’lana balandligi 10 metrga yetadidan ra’nodoshlar oilasiga mansub manzarali o’simliklar. Bargi ko’k - yashil ustki va ostki tomoni tukli , yirik bargli tuksiz. Gultojining diametri 2sm, mevasi yirik, sariq, och va to’q qizil, 2 – 3 danakli. Do’lana iyunda gullaydi. Mevasi sentabr oyida pishadi. U toshloqli quruq joylarda, ba’zan mayda shag’alli o’zanlarda va qirg’oqlarda kichik do’lanazorlarni hosil qiladi . Gullari to’liq ochilib ketmasdan 3 – 4 kun mobaynida, mevasi pishgan patda yig’ishtirib olinib ochiq havoda quritiladi. Do’lana mevasidan yuqori sifatli darmondorilarga boy shifobaxsh ichimliklar tayyorlashda shuningdek pyure, qiyom va konfetlar tayyorlashda foydalaniladi. Xalq tabobatida do’lana mevasidan ichburug’ kasalligini davolashda keng foydalaniladi. Shuningdek do’lananing ba’zi turlaridan og’riqni pasaytiradigan, yurak ishi faoliyatini yaxshilaydigan dori – darmonlar tayyorlanadi. Bugungi kunda Rosaceae oilasi deyarli hamma joyda bo’lishiga qaramay, uning vakillari odatda mo’tadil va subtropik iqlim sharoitida eng ko’p uchraydilar. Ular inson faoliyatining turli sohalarida, shu jumladan barcha mevali ekinlarda: olxo’ri, olma, behi, nok, shaftoli, olcha va boshqa ko’plab sohalarda keng qo’llaniladi. O’zbekiston xududi o’simliklar olamini o’rganishda XIX asrdan boshlab ko’p tarmoqli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Rosaceae oilasi butun Yevropa, Janubiy Osiya va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Uning tarkibiga yuzga yaqin turli nasllar va uch mingdan ortiq turlar kiradi. Rosaceae ning ayrim guruhlari ba’zida alohida oilalar deb Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 «Научный импульс» Мая, 2023 1605 tasniflanishiga qaramay, olimlarning ta’kidlashicha bunday o’simliklarni barchasi hali ham bitta oila sifatida tafsiflanishi mumkin, chunki uning aksariyat vakillari bitta nasabdan kelib chiqqan. Ular odatda bir jinsli va besh a’zoli periantga ega. Barglari ham sodda, ham murakkab va rivojlangan paxtakorlarga ega. Rosaceae oilasining tasnifi to’rtta asosiy oilani o’z ichiga oladi: 1.Spireal. 2.Pushti. 3.Olma daraxtlari. 4.Olxo’ri. Rosaceae oilasiga eng katta subfamile – pushti ranglar kiradi. Ushbu subfamile vakillarini dunyoning barcha iqlim zonalarida, ekvatordan Shimoliy Muz okeanining orollarigacha topish mumkin. Ularning orasidagi daraxtlar mutloqo chiqarib tashlangan. Ular zich go’shtli mevasi bilan ajralib turadi. Ular tog’ tizmalarining yon bag’rlarida keng tarqalgan.Ushbu o’simlikning oq pushti gullari tibbiyot sohasida keng qo’llaniladi. Olxo’ri oilasining vakillari Osiyo va Yevropada o’sadi hatto And tog’larida ham bo’lishi mumkin. XULOSA: Ra’nodoshlar oilasi vakillari tabiatda va inson hayotida ahamiyati katta. Masalan: ra’nodoshlar oilasiga kiruvchi namatak o’simligi. Namatak hayotiy shakliga ko’ra butalarga kiradi. Uning mevasi tuxumsimon, rangi qizil, urug’lari qattiq bo’ladi. Uning mevasidan qaynatib tayyorlangan damlama qon bosimini tushirishda ishlatiladi. Bundan tashqari vitamin yetishmasligi ya’ni avitaminoz kasalligida qo’llaniladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O’rmon dorivor o’simliklari E.T.Berdiyev, M.X.Hakimova, G.B.Maxmudova Toshkent 2016y. 2. Cullen, j. et al. (1995). The European Garden Flor. Volume IV. Camb ridge University Press, Cambridge. 3. “Botanika o’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi” G.S.Tursinboyeva, G.M.Duschanova, A.T.Abdullayeva. J.S.Sadinov. 4. www. Ziyonet. uz Download 36.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling