O‘zbekiston o‘simliklar dunyosini muxofaza qilish
Download 142 Kb.
|
9 Ўзбекистон ўсимликлар дунёсини мухофаза қилиш
Adirlar o‘simlik turlariga juda boy. Unda qo‘ng‘irbosh, qo‘ziquloq, karrak, shashir, kakra, qatron, astragal, shirach kabi ko‘p yillik o‘tlar bilan bir qatorda bir yillik o‘tlar (efemerlar) ham bor. Bazan 1 m2 yerda 15-20 turga xos yuzlab va hatto minglab o‘simlk turlari joylashgan bo‘lishi mumkin.
Adirlarda (ayniqsa, respublikaning janubida) saqlanib qolgan pistalar ularning bir vaqtlar bu yerlarda ko‘plab o‘sganligidan, biroq turli maqsadlar uchun aѐvsiz kesib olinishi tufayli kamayib ketganligidan darak beradi. Adirlarning yuqori qismida bug‘doyiq, tak-tak (tog‘arpa), andiz, gulxayri kabi bo‘yi baland ko‘p yillik o‘tlar, toshloq va shag‘alli joylarida bodom, namatak turkumining vikillari — butalar, astragal hamda piѐz turkumiga mansub turlar keng tarqalgan. Tog‘lar - tabiiy holda o‘sadigan daraxtlarga boyligi bilan boshqa mintaqalardan farq qiladi. O‘zbekiston tog‘larini archalarsiz tasavvur etib bo‘lmay-di. Ular tog‘larimizning ko‘rki bo‘libgina qolmay, tog‘ ѐn bag‘irlarini eroziyadan saklashda ishonchli omildir. Archalar juda uzoq 300-700, hatto 1000 yillar mobaynida o‘sib rivojlanali. Keng bargli daraxtlardan zarang, olma, nok, olcha, do‘lana, qatrong‘i, pista, bodom, ѐng‘oq, oq qayin, tol, terak, shumtol va kamxastaklar ko‘p tarqalgan. Ular ko‘pincha mustaqil guruxlarni tashkil qiladi. Tog‘lardagi mevali daraxtlar mevasidan odamlar va hayvonlar oziq-ovqat sifatida foydalanadi. Yaylovlar baland bo‘yli daraxtlarning o‘smasligi, qoyalar va baland kiyaliklar (plato)ning ko‘pligi ham toron, betaga, shuvoq, sutlama, isorak, ѐrongullarga boyligi bilan o‘z xos manzara hosil qiladi. Shunidek, ѐstiq hosil qilib o‘suvchi kirpiut, zirako‘tlar xam keng tarqalgan. Tabiatda o‘simliklar yakka-yakka ham ѐki to‘p-to‘p bo‘lib (fan tili bilan atganda assotsiatsiya, formatsiya hosil qilib) o‘sadi. O‘zbekiston FA Botanika institutining xodimlari yaratgan jildli «O‘zbekistonning o‘simlik qoplami» (rus tilida) monografiyasida respublikadagi 1196 assotsiatsiya qamragan 170 formatsiya keltirilgan. O‘zbekiston florasiga oid malumotlarni Botanika instituti tomonidan taqdim etilgan «O‘zbekiston florasi» (6 A, li) va «O‘rta Osiѐ o‘simliklari aniqlagichi» dan (10 jildli; O‘zMU bilan xamkorlikda) olish mumkin. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling