O‘zbekiston o‘simliklar dunyosini muxofaza qilish
Hayvonot dunѐsini muxofaza qilish
Download 142 Kb.
|
9 Ўзбекистон ўсимликлар дунёсини мухофаза қилиш
Hayvonot dunѐsini muxofaza qilish. O‘zbekiston hayvonot dunѐsi xilma-xil bo‘lib, O‘rta Osiѐdagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalarga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxo‘rla(6tur), qo‘lqanotlilar (19 tur), tovushqonsimonlar (2tur), kemiruvchilar (42tur), yirtqichlar (23tur), juft tuѐqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echki, qung‘ir ayiq, qoplon, qoraquloq, silovsin, ilvirs, sirtlon, qunduz, manul, jayran, arxar, qo‘shoѐq, ko‘k sug‘ur, hind asalxo‘ri, olako‘zan, xongul, ustyurt qo‘yi, qizilqum qo‘yi, buxoro qo‘yi, shom shapalak, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan (2003 yil). O‘zbekistonda qushlarning 24 turkumga mansub 410 ga yaqin turi bor, ulardan 184 turi chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Qushlarning 24 turi, jumladan, birqozon, jingalakdor birqozon, oq laylak, qora laylak, qizil g‘oz, vishildoq oqqush, kichik oqqush, marmar o‘rdak, oqbosh o‘rdak, suvqiyg‘ir, uzun dumli suvburgut, oqdum suvburgut, kichik burgut, qirg‘iy burgut, cho‘l burguti, qironqora, boltayutar, qumoy, ilonxo‘r burgut, mallaboshlochin, oq turna, oddiy tuvaloq, yo‘rg‘a tuvaloq, qorabovur, torg‘oq, osiѐ loyxo‘ragi, qum chumchuq va b. «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Sudralib yuruvchilarning 58 turi mavjud, jumladan toshbaqalarning 2 turi (cho‘l toshbaqasi) malum. Tangachalilar turkumining 58 (kaltakesaklar - 38, ilonlar - 20) turi uchraydi. Ilonlarning 5 turi: kapcha ilon, qalqontumshuq ilon, ko‘lvorilon, charx ilon, cho‘l qora iloni zaharli hisoblanadi. Sudralib yuruvchilarning 16 turi, jumladan, xeitog‘ qurbaqaboshi, shtraux qurbaqaboshi, echkemar, chipor kaltakesak, ko‘lvorilon Respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Suvda xamda qurukutikda yashovchilarning 3 turi: yashil qurbaqa (turon qurbaqasi va osiѐ tog‘lari qurbaqasi kenja turlari), ko‘l baqasi va dasht Qurbaqa uchraydi. Mamlakat suv havzalarida baliqlarning 106 turi tarqalgan. Ular 2 katta guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga darѐ va soylarda qadimdan yashab kelaѐtgan mahalliy baliqar (amudarѐ guldor balig‘i, shirmohi, turkiston mo‘ylovdori, zog‘ora baliq, laqqa va b.), ikkinchi guruhga esa, asosan, suv omborlarida iqlimlashtirilgan baliqlar (issiqko‘l guldor balig‘i, pelyal, oqamur, orol moybalig‘i, sharq oqchasi, kumush tovon baliq, oddiy do‘ngpeshona, oq sla, ilonbosh va b.) kiradi. Baliklarning 18 turi, jumladan, orol mo‘ylov balig‘i, orol baqrasi, amudarѐ qil quyrug‘i (katta kurak burun), amudarѐ tosh baqrasi (kichik kurak burun), burun (sirdarѐ kurak buruni) va b. «Qizil kitob»ga kiritilgan. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling