O‘zbekiston o‘simliklar dunyosini muxofaza qilish
Download 142 Kb.
|
9 Ўзбекистон ўсимликлар дунёсини мухофаза қилиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog‘ hayvonlari
- Sohil hayvonlari
Cho‘l hayvonlari. Qumli cho‘llardan Qizilqum, Sandiqli va Kattaqum, Yozѐvonda sudralib yuruvchilardan- taroq barmoqli gekkon, qurbaqabosh cho‘l kaltakesagi, qurbaqabosh quloqdor kaltakesak, yo‘l-yo‘l kaltakesak, to‘r chiziqli kaltakesak, cho‘l bo‘g‘ma iloni, chipor ilonlarning bir necha turi, o‘q ilon, charx ilon va cho‘l toshbaqasi uchraydi.
Sudralib yuruvchilar ko‘p bo‘lganligi sababli cho‘lni sudralib yuruvchilar makoni deyish mumkin. Sut emizuvchilardan cho‘llarda ola putarok, ingichka barmoqli yumronqoziq, tushki qumsichqon, qo‘shoѐqlar, bo‘ri, quloqdor tipratikan, tulki, qarsoq tulki, katta qumsichqon, qizil dumli qumsichqon, qum tovushqoni, ѐvvoyi quѐn kabi hayvonlar yashaydi. Qumli cho‘llarda qushlarning atigi bir necha turi - yilqichi, tentakqush, cho‘l moyqut, xo‘ja savdogar, cho‘l qarg‘asi, to‘rg‘ay, toshsir-chumchuq uchraydi. Qumli cho‘llarda umurtqasiz hayvonlardan tirik o‘rgimchaksimonlar (bit, sariq falanga, chaѐnlar), qora tanali qo‘ng‘izlar, tilla qo‘ng‘izlar, iskabtoparlar, zahkashlar tarqalgan. Barcha cho‘l hayvonlari tez yugurishga, tana haroratini boshqarishga imkon beradigan morfologik belgilarga ega. Hatto sekin harakatlanadigan tipratikanlarning ham oѐqlari, quloklari va ignalari nisbatan uzun. Kaltakesaklar uzun oѐklari, tovoni va dumi ѐrdamida tez chopadi. Tog‘ hayvonlari- Tog‘da haѐt sharoiti cho‘ldagiga nisbatan xilma-xil bo‘lganligi sababli hayvon turlariham ko‘p. Dengiz sathidan 200-600 m balandlikda suv havzalari yaqinlarida turli umutqasizlar, kapalak, ninachi, shiliqurtlar, qitir pashshalar, baliqlar ko‘plab uchraydi. Dengiz sathidan 600-1100 m balanlikda tog‘ dashtlari mintaqasida sudralib yuruvchilardan turkiston agammasi, olay kaltakesagi, sariq va ko‘zanakli ilon, qushlardan bedana, chil, soch, sut emizuvchilardan bo‘rsiq, ko‘rsichqon, qo‘ng‘ir olahurjun va bir necha hashorat turlari yashaydi. Dengiz sathidan 1200-1500 m balandlikda tog‘ o‘rmonlari mintaqasida sudralib yuruvchilardan turkiston agammasi, himolay agamasi, cho‘l kaltakesagi, ko‘lborilon, qalqontumshuq ilon; qushlardan sariq chumchuq, chittak, qizilishton, zarg‘aldoq keng tarqalgan. Sut emizuvchilardan to‘ng‘iz, ilvis va qoplonlarn ham urab turadi. Qo‘hitang tog‘ining archazorlarida morho‘r, Bobotog‘ pistazorlariorasida ѐvoyi qo‘y – muflon, Chotqol tizmasining ѐrbag‘ilarida markaziy osiѐ tog‘ echkisini ko‘rish mumkin. Dengiz sathidan 2700-2800 m balandlikda alp mintaqasi hududiga Chotqol, Ko‘ksuv, piskom, Ohangaron, Sangzor darѐlari hamda Qashqadarѐ, Surhandarѐ tog‘larini egallaydi. Bu hududda qurbaqa, oloy kaltakesagi,himolay agamasi, qalqontumshum ilon tarqalgan. Sohil hayvonlari. O‘zbekistonniig darѐ sohillarida hasharotlar (mas., suzuvchi qo‘ng‘izlar va ninachilar lichinkasi), ko‘l baqasi, suv ilonlari, baliqchilar, chigirtchilar, qoravoylar, meshkopchiqushlar, qo‘ng‘ir va qanjirlar, ko‘k qutonlar, ko‘lbuqalar, o‘rdaklar, suv burgutlar, ko‘ktarg‘oq, skopa, suvsar yashaydi. Qamishzor va to‘qaylarda yashaydigan hanvonlar suvga bevosita ehtiѐj sezmasa ham, haѐt uchun zarur narsalarning hammasini suv havzalari qirg‘og‘idan topadi, urchiydi va dushmanlaridan saqlanish uchun ovloq joy axtaradi. Bunday sharoitda yashil qurbaqa va ko‘l baqasi, sudralib yuruvchilardan saxro kaltakesagi, ildam kaltakesak, suvilon, guldor chipor ilon, cho‘l qora iloni ko‘p tarqalgan. To‘qaylarda qirg‘ovul, oddiy kakku, sariq jiblajibon, zag‘izg‘on, ola qarg‘a, vahimaqush, g‘arb bulbuli uchrab turadi. Sut emizuvchilardan tovushqon, plastinka tishli kalamush, taroq tishli qumsichqon, kaspiy orti dala sichqoni, chiyabo‘ri, to‘ng‘iz, to‘qay mushugi va yo‘lbars bor. Qamishzorlarda mo‘ylovdor chittak va to‘qay dehqon chumchug‘i ayniqsa ko‘p. Darѐ atrofidagi lѐss tuprokli jarliklarda kulrang gekkon, turkiston gekkoni, chipor ilonlar uchraydi. G‘orlari esa buxoro taqaburun ko‘rshapalagi, o‘qquloqli tungi ko‘rshapalak uchun makon. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling