O‘zbekiston o‘simliklar dunyosini muxofaza qilish


Ovlanadigan sut emizuvchilar


Download 142 Kb.
bet7/8
Sana28.03.2023
Hajmi142 Kb.
#1303578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 Ўзбекистон ўсимликлар дунёсини мухофаза қилиш

Ovlanadigan sut emizuvchilar. O‘zbekistonda bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri, qoraquloq, suvsar, quѐn; cho‘l, to‘qay va qamishzorlarda yashaydigan ѐvvoyi mushuklar, ondatra, yumronqoziq va qum tovushqon mo‘ynasi, oqquyruqva to‘ng‘iz go‘shti uchun ovlangan. Hozir uning soni keskin kamayib ketgan. Tulki, chiyabo‘ri, ondatra, oqquyruq, yumronqoziqlar sanoat miqѐsida ovlanadi. Respublikada Ohangaron, Bo‘stonliq, Amudarѐ bo‘yi, G‘allaorol va boshqalarda bir qancha joylarda mo‘yna olish maqsadida quѐn va amerika norkasi boqiladigan xo‘jaliklar tashkil etilgan.
O‘simlik va hayvonot dunѐsini muhofaza qilish.O‘zbekiston hayvonlari o‘simliklar kabi, 20-asrning 2-yarmida muhofazaga muhtoj bo‘lib qoldi. Buning asosiy sabablari aholi o‘z xo‘jaligi bilan barcha zonalar ichiga tobora chuqur kirib borishi, tabiiy landshaftlarning madaniy landshaftlar bilan almashinishi, hayvonlar ekologik muhitining tobora ѐmonlashuvi va, nihoyat, hayvonlarni ovlashning ilmiy asoslangan tartibiga qatiy rioya etmaslikdir.
Tabiiy va ilmiy manbalarda ko‘rsatilishicha, o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmalarida, Jan. O‘zbekistonning Bobotog‘, Ko‘hitangtog‘, Boysuntog‘, Hisor tizmalarida soni keskin kamayib ketgan hayvonlardan ilvirs, qoplon, Buxoro tog‘ qo‘yi, ko‘ksug‘ur, qizil bo‘ri, Tyanshan oqtirnoqli ayig‘i, yo‘l-yo‘l sirtlon, Turkiston silovsini, tog‘ quylari, Qizilqum qo‘yi va boshqalarni tez-tez uchratish mumkin edi. Endilikda bu hayvonlarning aksariyat qismi qo‘riqxonalarda maxsus ko‘paytirilmokda.
O‘tgan asrning o‘rtalarigacha keng tarqalgan qushlardan boltayutar, dasht lochini, pushti saqoqush, birqozon, jajji oqqush, marmarchurrak oqbosh, o‘rdak, burgutning to‘rt turi, qumoy, qiron qora, lochin, itolg‘i, bizg‘aldoq juda kamayib ketdi. Ko‘plab xayvonlarning ekologik makoni bo‘lmish tekislikdagi to‘qaylarning va tog‘dagi o‘rmonlarning qisqarib ketishi ѐvvoyi hayvonlarning qirilib ketishiga olib keldi.
O‘lkadagi tabiiy ekologik sharoitning ѐmonlashuvi va inson omilining bevosita tasirida bir vaqtlar tabiatda erkin yashagan Turon yo‘lbarsi, qizil tulki, sirtlon, xachir kabi hayvonlar butunlay yo‘qolib ketdi. O‘rta Osiѐ qoploni, Old Osiѐ qoploni, chipor sirtlon (po‘lta), Ustyurt qo‘yi, qora laylak, tuvalok, shipun oqkushi, qum charx iloni, O‘rta Osiѐ kobrasi, uzundum burgut kabi nodir hayvonlar butunlay tugab ketish xavfi ostida turibdi. Ustyurt qo‘yi, buramashox qo‘y (morxo‘r), O‘rta Osiѐ qunduzi, oqqush, yo‘rg‘a tuvaloq, chipor kaltakesak kabi hayvonlarning ham tugab ketish xavfi kuchli. Keyingi vaqtda afg‘on maynasining ko‘payib ketishi oqibatida bulbul, qaldirg‘och, chittak, xatto chumchug‘utar ham ancha kamayib ketdi.
1997 yilda O‘zbekistonda «Hayvonot dunѐsini muhofaza qilish va undan foydalanish haqida» qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 apreldagi qarori bilan «Biologik rang-baranglikni saklashning milliy strategiyasi va harakatlar rejasi» ishlab chiqiddi. O‘zbekiston «Qizil kitobi” ga umurtqali hayvonlarning nodir va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan jami 63 turi va kenja turi kiritilgan bo‘lib, ular orasida 22 tur sut emizuvchi hayvon, 31 tur qush, 5 tur sudralib yuruvchi hayvon va 5 tur baliq bor.
Inson haѐtida o‘simlik olami beqiѐs darajada muhim. O‘simlik - bu kislorod, oziqovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, yem-xashak, tabobat olami, dam olish maskani, dori-darmon, qog‘oz va boshqa ko‘plab mahsulot yetkazib beradigan beg‘ubor, inson uchun eng zarur tabiat resursi. Bioxilma-xillik olam go‘zalligi, rekreatsiya boyligi. O‘zbekiston bu borada o‘simlik dunѐsining boyligi (4 ming turdan ziѐd) jihatdan oldingi o‘rinlarni egallaydi.
O‘rmonlar respublikada cho‘l, tog‘ ѐn bag‘irlari va darѐ qayirlarida tarqalgan. Tog‘ mintaqasida 311 ming maydonda o‘rmonlar mavjud, shundan 204 ming ga da archa, qolgani boshqa turdagi daraxtlar bilan band. Tekistlik mintaqasida saksovul va boshqa psammofitlardan iborot o‘rmonzorlar 2,4 mln ga maydonda mavjud. Qayirlardagi tuqayzorlar maydoni 25 ming gacha qisqargan. O‘rmonlar siyrak, zich o‘sgan haqiqiy o‘rmon maydonlari kam qolgan, daraxtlarning aksariyati kasal, qurigan ѐki yarim qurigan. Umuman tog‘ ѐnbag‘irlari, tog‘ oldi qiya tekisliklari, adirlar, qumli tekisliklar, voxalar o‘rmon bilan qoplanish darajasi me’ѐrida ancha kam, shuning uchun xam turli tabiiy jaraѐnlarning rivojlanish makoni juda kam keng va ular tezkorlik bilan sodir bo‘lmoqda. Voxalarda ixotazorlarning maydoni 40 ming ga atrofida, bu raqam aslida loyixaga muvofiq 112 ming ga bo‘lishi lozim. Irrigagatsiya tarmoqlari va suv omborlari qirg‘oqlaridagi ixota daraxtzorlarining xozirgi ko‘rsatkichi (7 ming km, kanallar ѐqalarida ularning uzunligi 200 ming km bo‘lishi kerak) talabga mutlaqo javob bermaydi.
Cho‘l va tog‘ yaylovlarida o‘simlik qoplamining zichligi va yem-xashakbop o‘tlarning mahsuldorligini me’ѐrdan past, ko‘proq mol iste’mol qilmaydigan begona o‘tlarning maydoni kengayib bormoqda. Shuningdek tuproqning eroziyaga berilganligi tufayli o‘tlarning egallagan maydonlari ham qisqarmoqda, texnogen omillarining erozion ta’sirining hukmdorligi ortmoqda.


Xulosa.
O‘simlik qoplami muammosi ekologik muammolar ichida nisbatan faol va tez o‘zgaruvchan, boshqa omillar ta’sirida yuz beradigan muammolarni shakllanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘simliklar muammosi ko‘p aspektli va serqirrali, uning tarkibida bir necha bor aspektli ѐki oddiy muammolar mavjud, ularni xammasi xam bir-birlari bilan funksional bog‘liq.
Hayvonot olamining muammolari xam bisѐr, o‘simliklar muammosi bilan ular bevosita bog‘liq. Ma’lum o‘simlik turlarini yo‘qolishi bilan hayvonlar xam boshqa joyga ko‘chadi ѐki qiriladi. Keyingi vaqtlarda brakonerlar sonining ko‘payaѐtgani, ularni ov qurollari va texnika vositalari bilan ta’minlashi hayvonlar muammosining jiddiylashtirmoqda. Tabiiy gaz, neft, suv qazib chiqarish uchun burg‘ulanaѐtgan joylarda karerlar vujudga kelaѐtgan hududlarda texnogen omil ta’siri nixoyatda kuchli, bu joylarda hayvonlarning (ayniqsa, sudralib yuruvchilar) aksariyati qirilib ketmoqda.
O‘simlik va xayvonot olami muhim ekologik omillar, ularning atrof muxit bilan bo‘lgan mutnosabati aslida joy ekologiyasini belgilaydi. Demak, muammo xam ular bilan bog‘liq, bu borada tashqi ta’sirni optiallashtirish zarur bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Download 142 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling