14-Ma’ruza. Mavzu: Mashinalar yaratishda mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari


Download 38.21 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi38.21 Kb.
#1127049
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Маъруза

14-Ma’ruza. Mavzu: Mashinalar yaratishda mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari.




Ma’ruza rejasi :


14.1. Mashinalar yaratishda mehnatni muhofaza qilish masalalari.
14.2. Mehnatni muhofaza qilishga oid Davlat qonunchiligi.
14.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari va bu boradagi Davlat qonunchiligi. Mashinalar ishonchliligi asoslari.



Muammoli savol.
Mashinalar yaratishda xavfsizlik va ekologik tomondan mukammaligini ta’minlash.

14.1. Mashinalar yaratishda mehnatni muhofaza qilish masalalari.




Tayanch iboralar:


– havfsiz va sog‘lom mehnat sharoiti, havfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, tibbiy-biologik muammolar, texnika estetika, muhandis-texnik muammolar, ergonomika, sotsial-iqtisodiy muammolar, qulay sanitar-gigienik sharoit yaratish.

Mehnat muhofazasi mashinani ishlatish jarayonida insonning havfsizligini ta’minlovchi, salomatligini va mehnat qobiliyatini saqlovchi huquqiy normalar tizimidan iborat.


Mashinalar yaratishda mehnat muhofazasi havfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasini o‘z ichiga oladi.
Havfsizlik texnikasi deganda, xavfli ishlab chiqarish omillarini ishchilarga ta’sir etishini bartaraf qiluvchi tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi tushuniladi.
Mashinalar yaratishda ishlab chiqarish sanitariyasi-zararli ishlab chiqarish omillarining xodimlarga ta’sir etishini bartaraf qiluvchi yoki kamaytiruvchi tashkiliy tadbirlar hamda texnikaviy vositalar tizimidan iborat.
Mashinalar yaratishda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar quyidagilar:
1. Tibbiy-biologik muammolar.
2. Muhandis-texnik muamm
3. Sotsial-iqtisodiy muammolar.
Tibbiy-biologik muammolarga quyidagilar kiradi: kishi organizmining meteorologik sharoitga va ishlab chiqarish muhitiga moslashish mexanizmini o‘rganish; kasb kasalliklari paydo bo‘lish sabablarini o‘rganish va uni bartaraf etish. Ma’lumki, shovqin va tebranishning uzoq vaqtda odamga ta’sir qilish natijasida yurak qon tomirlari tizimsi va eshitish a’zolari kasallikka uchrashi mumkin. shovqin manbai tebranish hisoblanadi. Havo zichligining 10 dan 20000 Gs gacha bo‘lgan tebranishlar chastotasi inson tomonidan shovqin sifatida qabul qilinadi, bunda tebranish chastotasining o‘zgarishi tovush oxangiga ta’sir qiladi, bosimning o‘zgarishi esa ovozning balandligiga ta’sir qiladi. 70 desiballi shovqin ish bajaruvchini titratadi, 90 desiballi shovqinda 8 soat ishlagan ishchi 20 desiballi shovqinni yaxshi qabul qilmaydi. Buni hisobga olib sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ish joylarida va boshqarish organlari mashinalarning ishlab chiqarish jarayonida ishlayotganida hosil bo‘ladigan shovqin tebranishi va tashqi shovqinni ruxsat qilingan darajasi o‘rnatilgan.
Muhandis-texnik muammolarga quyidagilar kiradi: texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan zaharli ajratmalarni bartaraf etish; statik elektr tokidan himoyani takomillashtirish; ochiq qurilish maydonlaridagi mehnat sharoitini yaxshilash; xavfsizlik masalalarining qurilish-montaj ishlari hujjatlarida akslantirilishi; mashinalarda shovqin va vibratsiyani kamaytirish; yong‘inni o‘chirish vositalari va usullarining yangi turlarini yaratish; yakka himoya vositalarini takomillashtirish; asosiy va yordamchi materiallarni uzatuvchi qismlarni takomillashtirish; bajaruvchi mexanizmlar (ishchi organ)ni modernizatsiya qilish; yuritma tizimsini yaxshilash; ishchi organlarni sovituvchi va isituvchi moslamalarni takomillashtirish; nazorat va boshqarish tizimlari; moylash tizimsi va moslamalarini takomllashtirish; asosiy texnologik va mexanik parametrlarning ishonchliligini oshirish.
Sotsial-iqtisodiy muammolarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. Mehnatni huhofaza qilish bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni xiblash usullarini takomillashtirish; travmatizm va kasb kasalliklarini kompleks o‘rganish; xodimlar zararli mehnat sharoitlarining ta’siridan himoya qilinishi; ishlab chiqarish binolarining sanitariya-gigiena noralari va qoidalariga muvofiq ravishda saqlanishi; mehnat sharoiti alohida zararli bo‘lgan ishlarda xodimlarning salomatligini mustahkamlash va ularga sanarotiya-profilaktika, oziq-ovqat tekinga berilishini ta’minlash va boshqalar.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, mukammal qurilmalar yaratishda mehnatni huhofaza qilish choralari ko‘rilishi lozim. U avariya va mustahkamlik zakasiga ega bo‘lib, saqlovchi klapan va avtomatik to‘xtatish uskunalari bilan ta’minlangan, harakatdagi qisimlari esa himoya qilish to‘siqlari bilan ajratilgan bo‘lishi zarur. Qurilmani xomashyo bilan to‘ldirish (shaxtali pechda) va tayyor mahsulotni qurilmadan chiqarish qulay bo‘lishi zarur. Buning uchun aparat mukammal konstruksiyaga ega bo‘lishi lyuk va ventillar joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Qurilmani ma’lum bir masofadan turib boshqarish (Sharli tegirmonlar) va nazorat qilish maxsadga muvofiq bo‘ladi. Mashina ishini tekshirish va boshqarishni avtomatlash-ishlab chiqarishni takomillashtirishning oliy maqsadidir.
So‘nggi vaqtlarda ergonomika, ya’ni insonni mashina va atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri o‘rganuvchi fan keng rivojlanmoqda. Ergonomik talabalar bu mashinada operatorning o‘tirish joyiga va boshqarish organlariga yoritilganligiga, ishlash chegarasining ko‘rinishiga, nazorat asboblarining joylanishiga va boshqa hollarda boshqaruvchini qutqarib qolishga bo‘lgan talabalardir.
Shunday qilib sanoatda chiqarilayotgan mashinalar chidamlilik va jarayon ko‘rsatkichlarigagina javob berib qolmay, sanitar-texnik (ergonomik, texnik-estetik) talablarga ham javob berishi kerak. Binobarin, mehnat xafsizligi talablari mashina sifat ko‘rsatkichlarining ajralmas qismidir. Bu talablarga javob bermaydigan mashinalar ishlab chiqarishdan olib tashlanadi.



Download 38.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling