14-Ma’ruza. Mavzu: Mashinalar yaratishda mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari


Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qonunchiligi


Download 38.21 Kb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi38.21 Kb.
#1127049
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Маъруза

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qonunchiligi. O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhit muhofazasi masalalari Konstitutsiyada va yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon, atmosfera havosi va hayvonot olami haqidagi qonunlarda, shuningdek, Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlarida o‘z aksini topgan.
Atrof-muhitni huhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va dasturlar tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarni belgilab beradi.
Qonunning maqsadi-inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlarini, tabiat majmualarini va ayrim ob’yektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishi xuquqini kafolatlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 8-bobida javobgarlik turlari aniq ko‘rsatilgan. Atrof-muhitni huhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni bo‘zganlik uchun intizomiy ,ma’muriy, jinoiy, moddiy javobgarlikka tortiladi.
Atrof-muhitni huhofaza qilishga taaluqli davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash Oliy Majlisning mutlaq vakolat doirasiga kiradi. Vazirlar Mahkamasi atrof-muhitni huhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni huhofaza qilish davlat qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda tabiatni huhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi va ekologiyani huhofaza qilishning butun ma’suliyatini o‘z zimmasiga oladi. Uning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, aksionerlik jamiyatlari, korxonalar, muassasalar va fuqarolar uchun majburiydir.
"Atrof-muhitni huhofaza qilish fuqarolarning muhim vazifasi ekanligi" O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 50-moddasida ko‘rsatilgan. Bu vazifa faqat hozirgi avlod manfaatlaridan kelib chiqib emas, balki kelgusi sog‘lom avlod manfaatlaridan kelib chiqib hal etilishi zarur. Inson faqat o‘zi haqida qayg‘urmay, balki kelajak avlod to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak.



Download 38.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling