Mavzu: Pedogogik imidj. “imij” (ing. “image”) “siymo”, “timsol”, “qiyofa” va “obraz” ma’nosini bildirsa, mazmunan “joziba”, “maftunkorlik” ma’nosini anglatadi. O‘qituvchilarning imiji ularning shaxsi to‘g‘risida atrofdagilarga “ma’lumot” berib qolmay, balki o’quvchilarga samarali ta’sir ko‘rsatish vositalaridan biri sanaladi. Pedagogik imij – pedagog ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan uning tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, mutanosiblikni ifodalaydi Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog’lom fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi shaxs, kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalali kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish, hurmatga sazovor bo’lishdir. Vositalari: verbal, kinetik, vizual. Imij vazifalari: Hozirgi zamon odamini tarbiyalash; -kasbiy faoliyatning piar bo’yicha mutaxassis, stilist, imijmeyker kabi turlarini farqlash; -odamlarga xos bo’lgan jismoniy tortinchoqlikni engish va ularning ma’naviy boy dunyosini namoyon etishga yordam berish; -shaxsda yashirinib yotgan ijobiy fazilatlarni aniqlash va ularni ro’yobga chiqarishga yordam berish; -turli yoshdagi odamlarga imij haqida bilimlar berish, ularni o’zlashtirishda hamda shaxslararo va ishga doir munosabatlarni yo’lga qo’yishda ushbu bilimlardan mohirona foydalanishda ko’maklashish. E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |