Qisqacha Bu Qo'llanmani yozishimdan maqsad har bir uy bekasiga ozgina bo'lsa ham moliyaviy yordam berish va ro'zg'or deb atalmish katta bir " g'or "ni to'la to'kis qilishda oila boshiga yordam berish sifatida tayyorlayapman
Download 83.99 Kb. Pdf ko'rish
|
pdf 20230109 112715 0000
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon Internet Goya Reklama
- Canva bu orqali chiroyli dizayn qila olasiz kirib korib deyarli hamma funksiyasi bor bu sizga 100% qol keladi Picsart
- 4 Tolovlar shaxobchasi
- 5 Online yordamchi ( community menejer)
Qisqacha Bu Qo'llanmani yozishimdan maqsad har bir uy bekasiga ozgina bo'lsa ham moliyaviy yordam berish va ro'zg'or deb atalmish katta bir " g'or "ni to'la to'kis qilishda oila boshiga yordam berish sifatida tayyorlayapman. Avvalo har bir ayol bir oilaning bekasi va farzand tarbiyasidagi muhim inson oilaning tayanchi. Kitobcha sizga ko'makchi va har bir bajarayotgan ishizda sizga ishonch bag'ishlovchi bo'ladi, deb o'ylayman. Siz buni uddalay olasiz va men bunga ishonaman. Faqat e'tiborga olib ixlos bilan bajarishingizni xohlab qolardim. E'tibor va vaqtingiz uchun rahmat ! Qo'llanmani 2 qismga bo'lishni xohladim, 1-qismi nazariy 2-si amaliy. Balkim siz bu yerda ko'rsatiladigan fikrlar va ishlar haqida bilarsiz balkim yo'q lekin bu sizga kelgusida ham albatta yordam beradi. Hamma joyda biznes qilishni o'rgatamiz deyilgan videolar to'la lekin batafsil bosqichma-bosqich tushuntirilganini topish judayam qiyin. Reja: ○Kitob haqida qisqacha □ Biznes g'oyalar va ularni tahlili ♡ Instagram, Telegram va Target (Reklama va blogerlar) ◇ So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish. Muomala va to'g'ri yondashuv bilan siz 0 dan pul tikmasdan daromad topishiz mumkin va bu qo'lizdan keladi. Sizga kerak bo'ladigan qurollar: Telefon Internet G'oya Reklama Ha shu xolos, hozirgi zamonaviy asr texnologiyalarga asoslangan holda rivojlanishda davom etyapti telefon internet g'oya va ularni to'g'ri boshqarish orqali siz katta katta ishlarni qila olasiz. Demak biz boshladik! Biznes g'oyalar : 1 Online do'kon Eng ommaviy va nisbatan bajarishga oson ishlardan biri bu online do'kon chunki rasmga olasiz chiroyli qilib bezab instagramga qo'yib borasiz bo'ldi faqat ishga professional tarzda yondashishingiz kerak. Online do'kon ochishda siz o'zingiz yashab turgan hududning an'anaviy tovarlarini instagram va telegram orqali sotishingiz mumkin. Yon atrofizga qarang masalan taqinchoq, kiyim- kechak, suviner shunga o'xshash narsalar. Ishlash mexanizmi: 1 Instagram profil ochasiz 2 chiroyli logotip qo'yasiz 3 Reels videolardan ko'proq qo'yasiz ( chunki reels orqali tezroq tovarlarizni rekomendatsiyaga olib chiqolasiz ) 4 Target yoqasiz ( e'tibor bering postlar soni kamida 9 ta bo'lgandan so'ng ) Sizga kerak bo'ladigan programmalar Canva bu orqali chiroyli dizayn qila olasiz kirib ko'rib deyarli hamma funksiyasi bor bu sizga 100% qo'l keladi Picsart bu orqali rasmlaringizni tahrirlab filtr qila olasiz bu yer g'oyalar makoni shunchaki o'zingizga kerakli narsani yozing va idealar olishni boshlang 2 Youtube bloger Bu siz uchun judayam mos va maroqli ish hisoblanadi. Shunchaki o'zingiz yoqtirgan ishlarni videoga olib youtube kanalizga qo'yib pul topishingiz mumkin. Ham sevimli ishizni bajariz ham daromadli bo'lasiz. Buning uchun Feruz Muhammadning Youtubeda daromad topish haqidagi kitobchasini tavsiya qilaman. Yoki youtubeni o'ziga yozib videolarni ko'rib olishingiz mumkin. 3 Online chevarxona NST ( noyob savdo taklifi ) orqali kirib kelishi kutilayotgan modernizatsiya ya'ni siz chevarchilikni endi online amalga oshirasiz. Buning uchun qanday o'lcham olishni o'rgatib 5- 6 ta video olasiz va uni o'z shaxsiy Instagram profilizga qo'yasiz va har bir ishingiz chiroyli video qilib olib profilizga joylab borasiz. ( Materialniyam tashlab turish esizdan chiqmasin buniyam chiroyli qilib sota olsangiz bu orqali ham pul topishingiz mumkin ) 4 To'lovlar shaxobchasi Hozirda hamma to'lovlar Online orqali ham amalga oshirayotganiga qaramay ko'pchilik shunday shaxobchalarga ehtiyoj sezyapti siz Payme, Click va zoomrad programmalar orqali siz sovuq issiq suv, kommunal to'lov, talaba kontrakt to'lovlari va boshqalarni Online to'lab foiz orqali daromad topishingiz mumkin ( boshlang'ich pul talab etiladi ) 5 Online yordamchi ( community menejer) O'zingiz kuzatayotgan biznes akkauntlarni ko'rib chiqasiz va kammentariyalarga javob berilmayotgan profillarga xabar qoldirishingiz mumkin. Hamma savollarga javob berish orqali uning biznesi ham yurishadi, siz ham daromadli bo'lasiz. Qo'shimcha ma'lumotlar va kerakli manbalar 1 Bankir kundaligi kanali ( 4- yo'nalishga ) 2 Smm Tashkent kanali ( 1- va 5- yo'nalishlarga ) 3 Mfaktor kanalidagi Youtube orqali pul topish deb yozsangiz Oybek Qosimovning vebinari va yana Shaha Dolimov Youtube kanali ( 2- yo'nalish ) Download 83.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling