Metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini oshirish bo'yicha fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar
Download 40.5 Kb.
|
Fan 3-chorak
Qo'shko'pir human 3-son maktab jismoniy tarbiya metod birlashma o'qituvchilariga "Metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini oshirish bo'yicha fanga doir qo'shimcha ma'lumotlar" yuzasidan metod birlashma rahbari Tajimuratov Alisher tomonidan 3-chorak uchun MA'LUMOTNOMA. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashkil etilganiga 31 yil to'ldi MOQ – nodavlat notijorat tashkilot hisoblanib, o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro olimpiya qo'mitasi Xartiyasi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Nizomi asosida olib boradi. Tashkilot Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, olimpiya harakati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish yo'lida muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi 1992 yilning 21 yanvar kuni tashkil etilgan. 1993 yilning sentyabr oyida Xalqaro olimpiya qo'mitasining 101-Sessiyasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi XOQ tomonidan rasman tan olingan va shundan so'ng tashkilot xalqaro maydonda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'lgan. SHu kundan etiboran, O'zbekiston muntazam ravishda yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarida qatnashib kelmoqda. Mustaqil mamlakat sifatida Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston bugungi kungacha mustaqil davlat sifatida 7 ta qishki (Lillexammer-1994, Nagano-1998, Solt-Leyk-Siti-2002, Turin-2006, Vankuver-2010, Sochi-2014, Pxyonchxan-2018) Olimpiadada qatnashgan. Umumiy hisobda qishki Olimpiya o'yinlarida shu kungacha 29 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilgan. Qishki Olimpiadalar tarixida terma jamoamiz azolari tomonidan 1 ta oltin medal qo'lga kiritilgan. 1994 yili Lina CHeryazova Norvegiyaning Lillixammer shahrida fristaylning akrobatika yo'nalishi bo'yicha qishki Olimpiya o'yinlari shohsupasiga ko'tarilgan. Ushbu medal mustaqil O'zbekistonning Olimpiadalardagi ilk oltini sifatida tarixga kirgan. Yozgi Olimpiya o'yinlarida esa 1996 yildan buyon muntazam ravishda ishtirok etib kelamiz. O'zbekiston umumiy hisobda 6 ta yozgi (Atlanta-1996, Sidney-2000, Afina-2004, Pekin-2008, London-2012, Rio-de-Janeyro-2016) Olimpiadada 406 nafar sportchi bilan qatnashgan. Hamyurtlarimiz tomonidan 9 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medali qo'lga kiritilgan. Bugungi kunda MOQ siyosati Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakatimizda sportni rivojlantirish yo'lida keng ko'lamda ish olib bormoqda. Tabiiyki, bu borada asosiy etibor olimpiya sport turlariga qaratilmoqda. O'tgan vaqt mobaynida noolimpiya yo'nalishlaridan olimpiya sport turlariga iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida ko'plab selekcion musobaqalar tashkil etildi. Bundan tashqari, Milliy olimpiya qo'mitasi xalqaro aloqalarni mustahkamlab, nufuzli xalqaro sport tashkilotlari, etakchi sport mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Parij-2024yo'lida Milliy olimpiya qo'mitasi xalqaro arenalarda, kompleks musobaqalarda muvaffaqiyatga erishish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport federaciyalari va associaciyalari bilan hamjihatlikda ish olib bormoqda. Tashkilot tomonidan PARIJ-2024 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga muhtaram Prezidentimiz bergan ko'rsatmalar asosida tayyorgarlik olib borilmoqda. Licenzion musobaqalarga hozirlik ko'rayotgan terma jamoalarimizning xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratilmoqda. Qolaversa, sport tibbiyoti yo'nalishiga ham alohida etibor qaratilmoqda. SHu munosabat bilan, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazidagi sharoitlar yaxshilandi, terma jamoa azolari ushbu markazda to'liq tibbiy ko'rikdan o'tib kelishmoqda. Sport federaciyalariga malakali shifokorlar, dietolog va psixologlar biriktirilgan. 2024 yil Olimpiya yili bo'ladi. Biz ushbu yilda Parij 2024 Olimpiya o'yinlari uchun ko'plab licenziyalarni qo'lga kiritish va unda munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga 30 dan ortiq yo'llanma olingan. Yaqin kunlar ichida bu raqamlar ortishidan umidvormiz. Metod birlashma rahbari:A.Tajimuratov. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling