Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi: Katta o`qituvchi A. Yu. Bo`riboyev


Download 326.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi326.58 Kb.
#1458122
  1   2   3
Bog'liq
7-Maruza




Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi: 
Katta o`qituvchi A.YU.Bo`riboyev. 
7-Mavzu: 1994-2003-yillarda jismoniy tarbiya sohasida qabul qilingan 
qarorlar va ularning ahamiyati

Reja: 
1. 1994-1998-yilda O„zbekistonda jismoniy tarbiyaga e‟tibor 
2. 1999-2003-yillarda jismoniy tarbiya sohasidagi qarorlar 
3. Qabul qilingan qarorlar va ularning ahamiyatini o„rganish 
Tayanch iboralar: Mustaqillik, jismoniy tarbiyaga e’tibor, sportning 
rivojlanishi, jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslari. 
1994 yili O„zbekiston Respublikasi milliy olimpiya qo„mitasi (MOQ) Bosh 
asambliyasining 3-sessiyasi bo„ldi. Unda MOQ ijroiy qo„mitasi va taftish 
komissiyasining xisobatlari tinglandi. O„zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga 
o„zgartirishlar kiritildi. Sessiyada O„R MOQ Deklaratsiyasi qabul qilindi va Davlat 
sport qo„mitasi raisi S.S.Ro„ziyev MOQ prezidenti etib saylandi.
O„zbekiston 
Respublikasining 
milliy 
Olimpiya 
Qo„mitasining 
deklaratsiyasida olimpiya g„oyalariga tayanish, uni hayotga singdirish va 
jamoalarda XOQ tashkil etilganligining 1100 yilligini targ„ibot qilishi kabi 
murojaat, chaqiriq, tavsiya va takliflar bayon etilgan.
Shu bilan birga, O„zbekiston sportchilari xalqaro sport aloqalarini tobora 
mustahkamlab bordi. Sharq va Yevropa mamlakatlarida turli uchrashuvlar, 
turnerlar, bellashuvlarda qatnashib o„z tajribalarini ortirdi.
1994 yilning 2-15 oktyabr kunlarida Yaponiyani Xirosima shahrida XII – 
Osiyo o„yinlari bo„lib o„tdi. Unda O„zbekiston Respublikasi sportchilari 10 ta 
oltin, 11 ta kumush va 19 ta bronza, ya‟ni jami 40 ta medalni qo„lga kiritdilar. 
Baydarkachi sportchi Ivan Kiriv 3 ta oltin medal sovrindori bo„ldi. Alisher 
Avezboev, Oleg Maskaev (boks), shuxrat Axmedov, A.Rapichev, E.Osmonov (o„q 
otish), O.Yarigini (nayza uloqtirish), R.Ganiyev (kurash), S.Mo„nkova
(balandlikka sakrash) musobaqa g„oliblaridir. Shuningdek futbol jamoamiz finalda 
XXR jamoasini 4:2 hisobda ajoyib g„alabani qo„lga kiritdi. 
Umuman olganda XII Osiyo o„yinlari natijalari, ayniqsa futbolchilarimizning 
yutuqlari O„zbekiston dovrug„ini olamga yoydi. Natijada uch yil ichida jismoniy 
madaniyat bilan shug„ullanuvchilarimiz soni 5,5 milliondan oshib ketdi.
Ulardan ko„pchiligi oshirilgan murakkab normativlarni bajarishga muvaffaq 
bo„ldilar. Milliondan ortiq kishi esa, salomatliklarini mustahkamlash bilan birga 
sport seksiyalarida mashg„ulotlarni davom ettirmoqdalar.
200 ga yaqin stadion, to‟rt yarim mingdan ortiq sport zallari, 128 ta 
cho„milish havzalari, 30 mingdan ortiq o„yin maydonchalari va futbol maydonlari 
sportchilarga xizmat qilmoqda.



Sport kurashi, chavondozlik o„yinlari va musobaqalari yangi sarhadlarga 
chiqib oldi. Bunga Respublika hukumatining milliy sport turlarini rivojlantirish 
borasidagi g„amxo„rligi tufayli erishildi. Buyuk ota-bobolarimiz, mashhur tarixiy 
va davlat arboblariga atab atletikachilarning xalqaro bellashuvlarini o„tqazish 
yaxshi an‟ana bo„lib qoldi.
O„zbekiston vakillari yuksak mahorat namoyish etiladigan bellashuvlarda 
ham muvaffaqiyatli qatnashmoqdalar. Sportchilarimiz jahon chempionatlarida, 
olimpiada o„yinlari va xalqaro turnirlarda qatnashib, 686 nishon shu jumladan 232 
oltin, 201 kumush, 253 ta bronza medallarini olishga muvaffaq bo„ldilar. 
Geografik-siyosiy holatimizni hisobga olib, Osiyo mamlakatlari bilan 
aloqalarni rivojlantirishga alohida e‟tibor berilmoqda. Chunonchi, O„zbekiston 
futbolchilari qit‟a chempionati va kubogi musobaqalariga kiritildi.
Iste‟dodli bolalarni topish, ularni mahoratini oshirib, yangi sport marralariga 
olib chiqish murabbiylarning sharafli vazifasidir. Bizda taqlid qilsa arzigulik
mahoratli sportchilar bor. 
1995 yil 8-9 aprel ko„nlari Termez shahridagi “Alpomish” o„yingohida 
Sharqning buyuk allomasi al-Xakim at-Termiziy xotirasiga bag„ishlangan II-
an‟anaviy xalqaro turnir bo„lib o‟tdi. Turnirda Rustam polvon Ergashev mutlaq 
g„olib chiqdi.
1995 yil Respublikamizning ko„pgina vakillari xalqaro sport anjumanlarida 
ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, boks bo„yicha birinchi jahon 
chempioni R.Risqiyev shular jumlasidandir. Jahon chempionatlarida Bobomurod 
Fayziev, Sayfiddin Xoziev, Sobir Qurbonov (sambo kurashi), Sobirov Ro„ziev 
(qilichbozlik), Mamajon Ismoilovlarning nomi (ot sporti) dunyo uzra yangradi.
Endilikda O„zbekiston sportchilari sobiq tuzum davrida ishtirok eta olmagan 
barcha olimpiya o„yinlarida qatnashish sharafiga ega bo„lmoqdalar.
O„zbekiston 9 olimpiyachilari janubiy Koreyada 5 ta Olimpiya medalini 
qo„lga kiritdilar. A.Fadziayev va M.Xadarsev erkin kurash bo„yicha yuksak 
olimpiya mukofotiga erishdilar. R.Gataulim langar bilan sakrashda va 
N.Muhammaderov shtanga bo„yicha kumush medallar sovrindori bo„lishidi.
Mustaqil Respublikamiz vakillari qisqa vaqt ichida xalqaro musobaqalarda 
ajoyib g„alabalarga erishdilar. Lina Cheryazova friyatayl bo„yicha jahon 
chempionati va kubogi, qishki olimpiada o„yinlari g„olibi, Xikmatilla Axmedov 
boks, bo„yicha jahon chempionatida 2-o„rinni, Botir Mamidov Taykvando g‟olibi, 
Sergey Nodirxonov jahon chempionatida 3-o„rinni, Ramil Islomov erkin kurash 
bo„yicha yoshlar o„rtasida jahon birinchiligi g„olibi, Navro„z Usmonov Yunonrum 
kurash bo„yicha jahon birinchiligida 2-o„rinni, Urol Turayev milliy kurash 
bo„yicha Prezident sovrini sohibi, Yuliya Yankina sambo bo„yicha ikki marta 
jahon chempioni, Oksana Chusovitina gimnastika bo„yicha Olimpiya o„yinlari 
chempioni, jahon chempionatida 3-o„rin, Toyirmurod Urusov erkin kurash 
bo„yicha jahon chempioni Alini Stergiadu Osiyo kubogida 1-o„rinni, Ramil 
Ataulin, Ruslan Xingarov erkin kurash bo„yicha jahon chempionatida 3-o„rinni 
egallagan. Ivan Kiriv Baydarka va kakoeda eshkak eshish bo„yicha Osiyo o„yinlari 
chempioni Zokirjon Sharipov sabo bo„yicha jahon chempionati g„olibidir, 



bularning nomini yana davom ettirishimiz mumkin. Mana shunday muvaffaqiyatlar 
Respublikamiz mustaqillikni erishgandan keyin qo„lga kiritildi. Bu davlatimizni 
jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishga berilgan e‟tiboridir.
1995 yilda Xitoyda og„ir atletika bo„yicha jahon chempionati o„tkazildi (ayni 
vaqtda olimpiya o„yinlariga yo„llanma olishga) o„zbek og„ir atletikachilari ham 
qatnashdi. 116 davlat o„rtasida 16-o„rinni egallab, olimpiya o„yinlariga 5 ta 
yo„llanmani qo„lga kiritdilar.
1996 yili Osiyo chempionatida 3 ta sportchi qatnashdi, shulardan 
B.Nuralliyev 3-o„rin, I.Xalilov 3-o„rinni oldi. O„zbekiston poytaxti Toshkent 
shahridagi “Alpomish” sport saroyida 1995 yil 1-8 oktyabr kunlari boks bo„yicha 
XVIII Osiyo chempionati bo„lib o„tdi. Unda 19 mamlakatdan ya‟ni O„zbekiston, 
Qozog„iston, Turkmaniston, Tojikiston, Pokiston, Suriya, Tayland, Singapur, 
Filippin, Tayvan, Xitoy, Indoneziya, Iroq, Quvayt, Hindiston, Yaponiya va boshqa 
terma jamoalardan kelgan eng kuchli bokschilar chempionatning medallari bilan 
bir qatorda Atlantika Olimpiadasiga beriladigan yo„llanmalarni ham qo„lga kirtish 
uchun ringga chiqdilar. 
Shu nuqtai nazardan havaskor bokschilar jahon va Osiyo Federatsiyasining 
prezidenti Anvor Chauri O„zbekistonda jismoniy madaniyat va sport rivojlantirish 
borasida ulkan ishlar qilinayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuning 
uchun O„zbekistonlik bokschilar yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat bilan 
qatnashmoqda. 
Osiyo chempionatida bokschilarimizga ikki tomonlama ma‟suliyat yuklandi. 
Birinchidan ular o„z ona Vatanimizda O„zbekiston sharafini himoya qilishadi. 
Ikkinchidan, chempionati final jangi fatnashchilari keyingi yili Atlantida 
bo„ladigan Olimpiadaga yo„llanma olishadi.
Eng quvonarlisi 1996 yil iyul-avgust oylarida AQSh ning Altanta shahrida 
o„tqazilgan XXVI Olimpiada o„yinlarida O„zbekiston sportchilari birinchi 
marotaba mustaqil komanda bo„lib qatnashdi. Olimpiya o„yinlarida 71 ta sportchi 
qatnashdi. Ikkita sportchimiz Armel Bogdasarov – kumush medal (dzyudo), Karim 
To„laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo„ldi.
Komanda hisobida 58-o„rinni egalladilar. Ayniqsa kurashchilar, bokschilar, 
yеngil atletikachilar va boshqa sport turlari bo„yicha ko„pgina sportchilar faxrli 
o„nlikdan joy olishdilar. 
XOK prezidenti X.A.Samaranch va O„zR birinchi prezidenti I.A.Karimov 



1996 yilning avgust oyida “Olimpiya shon shuhrati” mo„zeyi tashkil etildi. 
Uni ochilishda XOQ prezidenti X.A.Samaranch qatnashdi. U diyorimizda olimpiya 
o„yinlari g„oyalarini tashviqot va targ„ibot qilishda, yanada rivojlanishiga yordam 
berishini aytdi.
1996 yilning 17 yanvarida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 
27 sonli “O„zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori 
qabul qildi. Bu qarordan keyin barcha BO„SM larda futbol bo„limlari, har bir 
viloyatda futbol-internatlari ochildi, bu Respublikamizda futbolni rivojlantirishga 
imkoniyat yaratib berdi.
Ona Vatanimiz mustaqillika erishgandan buyon o„tgan vaqt davomida 
Respublikamiz ko„plab yirik xalqaro turnirlar maskani bo„lib qoldi. Ayniqsa milliy 
kurash, 
tennis, 
futbol 
bo„yicha 
uyushtirilgan 
xalqaro 
turnirlarning 
o„tqazilayotganligi va milliy qadriyatlarimiz tiklanayotganligi, sportimiz 
taraqqiyotini, yurtimizdagi osoyishtalikni namoyish etmoqda. Shuni alohida 
ta‟kidlash lozimki, Osiyo va dunyo sporti tarixidan joy oladigan bunday nufuzli 
musobaqalarni o„tkazishga mustaqilligimiz sharofati ila muyassar bo„lib, turibmiz. 
Maqsad, mohiyati jihatidan bunaqa salohiyatli sport bayrami Respublikamizda ilk 
bor o„tkazilmoqda. Bunday musobaqa kelajakda O„zbekistonda Osiyo, Olimpiada 
o„yinlarini o„tkazish sari tashlangan dastlabki yirik qadam bo„ladi. 
Toshkentdagi “Paxtakor” Markaziy stadionida bo„lib o„tgan Markaziy Osiyo 
o„yinlari tantanali ochilishida Xalqaro Olimpiya qo„mitasi prezidenti Xuan 
Antanio Samarang Osiyo Olimpiya kengashi bosh kotibi Ranjar Singk Toshkent 
tantanalaridan hayratga tushdi. Ayniqsa mahoratli dorboz Tohir Toshkanboev 
Olimp ma‟shalasini olib olov yoqiladigan barkash tomonga dor ustidan yurib 
borganda Samarang ham sevinganidan chapak cholib yubordi.
Xullas, Turkiston umumiy uyimiz shiori ostida 1-Markaziy Osiyo 
o„yinlarining 12-sport turi bo„yicha Toshkentda o„tqazilgan bahs nihoyasiga еtdi. 
U mitaqamiz kuchli sportchilari mahoratlarini sinovdan o„tqazish bilan bir qatorda 
Markaziy Osiyo davlatlari o„rtasidagi qardoshlik, do„stlik, hamqorlik rishtalarini 
yanada mustahkamladi.
Respublikamiz sportchilari 1-Markaziy Osiyo o„yinlarida, bir haftalik 
bahslardan so„ng 158 oltin, 156 ta kumush va 165 brnoza medalini qo„lga 
kiritishdilar. Qozog„istonliklar 168 ta, Qirg„izistonliklar 67 ta, Turkistonliklar 41 
ta, Tojikistonliklar 15 ta medallar bilan taqdirlandilar.
Mamlakatimiz sportchilari orasida mohir merganimiz Shuhrat Axmedov eng 
ko„p-10 ta (6ta – oltin, 3 ta – kumush ,1ta-bronza) medalga sazovor bo„lidi. Uning 
jamoasini Enver Osmonovlar shunday nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, suzish 
bo„yicha 2 marta shoxsupaning baland pog„anasiga ko„tarilishidi. Shunday qilib 
yurtimizga sport – tinchlik elchisi ekani amalda namoyon bo„lib turdi.
1997 yili O„zbekiston jismoniy madaniyat va sport qo„mitasi, Respublika 
sport kurashlari assotsiyasi va O„zbekiston erkin kurash federatsiyasining 
tashabbusi bilan “Mustaqillik kubog„i” do„nyoga keldi va o„tgan qisqa davr ichida 
Gran-pri turkumidagi musobaqalar orasida mo„nosib o„rin topdi. Jahon sport 
kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan yuksak baholandi.



Mamlakatimizda 
“Mustaqillik 
kubog„i”ning 
yuqori 
saviyada 
tashqilashtirilishi 1999 yil erkin, yunon rum va ayollar kurashi bo„yicha XIII Osiyo 
chempionatini yurtimizda o„tqazilishiga asos bo„ldi. Ushbu nufuzli musobaqada 
O„zbekiston terma jamoasi 30 dan ortiq Osiyo davlatlari orasida I-o„rinni 
egallagandi. 
Qilingan ulkan mehnatlar natijasida aynan Osiyo chempionati ko„nlarida 
O„zbekiston Prezidenti Islom Qarimov do„nyodagi davlat rahbarlari orasida 
birinchi bo„lib, Jahon sport kurashlari assotsiatsiyasining yuksak mo„qofati “Oltin 
marjon” bilan taqdirlandi. 
“Mustaqillik kubog„i” jahon sport kurashchilari rivojiga ulkan xissa qo„shdi. 
Shu bilan birga O„zbekiston shuhratini olam ahliga o„ziga xos tarzda ko„z-ko„z 
etmoqda shu ko„ngacha bo„lib o„tgan Gran-pri turkumidagi ushbu musobaqalarda 
do„nyoning 60 dan ortiq chiqishgan. Ularning 40 nafaridan oshig„ini turli vaqtlarda 
Osiyo, Yevropa, Jahon chempionlari bo„lgan sportchilar tashkil etadi. 
1997 yilda 13-17 sentyabrda Qozog„istonda ikkinchi Markaziy Osiyo 
o„yinlari bo„lib o„tdi. Bu bizni bokschilarmiz 6 ta oltin medalni olishiga muvoffaq 
bo„ldilar (Yuldoshev D, Turg„o„nov T, Abdullaev M, Yarbekov D, Mixaylov S, 
Chagiev R), 5 ta kumush (Raximov A, Tulyanov T, Xaydarov U, Suleymanov T, 
Zokirov L) va 1 ta bronza (Toyganboev K) medalini oldilar. 
1997 yili O„zbekiston bokschilari Malayziyada o„tqazilgan 19-Osiyo 
chempionatida qatnashib 3-ta –oltin, 4ta-kumush, 3ta-bronza medalini oldilar. 
Umum komanda hisobida 1-o„rinni egalladilar. 
Perzidentimiz tashabbusi bilan 1998 yilida “O„zbekiston iftixori” faxriy 
o„nvoni ta‟sis etildi. Bu o„nvon Jahon chempionatlari, Olimpiya o„yinlarida g„olib 
chiqqan eng mashhur sportchilarga beriladi.
Faxriy o„nvonning ko„krakka taqiladigan nishoni oltin va kumushdan 
tayyorlangan. Bu faxriy o„nvon bilan birinchi bo„lib sakqiz nafar sportchimiz 
taqdirlangan. Abdullaev M, Grig„oryan A, Zokirov L, Tulyanov T, Xujaev Sh, 
Chagaev R, Cheryazova M, Yusupov O. 
1998 yilda sportchilarmiz barcha sport turlari bo„yicha mamlakat 
birinchiligida va xalqaro musobaqalarda muvoffaqiyatli qatnashib keldilar.
1998 yili boks bo„yicha O„zbekiston terma komandasi Taylandda o„tqazilgan 
“Kirol Kubog„i” xalqaro turnirida qatnashib 4 ta oltin, 2ta kumush, 1ta bronza 
medaliga sazovar bo„ldilar. 1998 yil 14-20 iyungacha Xitoyda jahon kubog„i 
musobaqalarida bizning bokschilarimiz qatnashib 2ta oltin (Abdullaev M, Zokirov 
L), 1ta kumush (Turg„o„nov T), 3ta bronza medalini (Yuldoshev D, Ataev N, 
Yarbekov D) olishga muvoffaq bo„ldi.
1998 yilning 22 may kuni Rustam Rajabov hayotidagi unitilmas ko„n bo„lib 
qoldi. Xuddi shu kuni u “Everest” cho„qqisida O„zbekiston bayrog„ining baland 
qo„tardi “Qor yo„lbarsi” degan sharafli nomga erishdi. 
Mard maydonda bilinadi, deymiz Alpinistlarni maydoni esa tog„lar, 
cho„qqilardir. Eng katta maydon-“Everest” cho„qqisi. Ana shu cho„qqida 
O„zbekiston bayrog„ini birinchi xilpiratgan baxtli yigit Rustam Rajabovdir.



Do„nyo Xalqaro alpinistlar federatsiyasi tashkilotining faxriy kitobi bor. Ana 
shu Rustam Rajabovning ismi sharifi ham bitildi. Tug„ilgan joyi degan еriga esa 
zarxal harflar bilan “O„zbekiston” deb yozib qo„yilgan.
1998 yilda Milayziyada suzish bo„yicha Osiyo chempionatida qatnashgan 
Saida Iskandarova kumush medal bilan taqdirlandi.
Shu bilan Butun jahon o„smirlar o„yin Moskva shahrida bo„ldi. Bu 
musobaqada bizning sportchilarimiz muvoffaqiyatli qatnashdilar. Iqtidorli 
tennischi Iroda To„laganova juftlik musobaqasida 3-o„rinni oldi. “Bilimdon” 
(London) turniri yoshlar musobaqasining finalida ishtirok etdi.
Shahmatchilarimiz ham ajoyib o„yinlar ko„rsatdilar. Rustam Qosimjonov 
uchun muvoffaqiyatli keldi. Osiyo chempioni bo„ldi.
1998 yilning 6 sentyabrida “Milliy kurash xalqaro assotsiyasini tashkil etilishi 
va uning faxriy prezidenti qilib I.A.Qarimov” saylanishining o„zi taxsimlarga 
sazovordir. Prezidenti – K.Yusurov saylandi. Ayrim sport turlarini bir necha o„n 
yillar davomida do„nyo tan olmadi, bizning “Milliy kurashimizni” do„nyo еtti yil 
ichida tan oldi, bu bizning katta yutug„imiz hisoblanadi.
1998 yil 11 sentyabrdagi “O„zbekiston Respublikasida tennisni yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 392 sonli qarori qabo„l qilinishi katta 
ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda Respublikamizning barcha viloyat markazlarida tennis 
maydonlari qurilib ishga tushirildi. Ularning soni 74 tadan oshib ketdi.
Toshkentda tennis bo„yicha har yili o„tqaziladigan “Prezident kubog„i”, 
“Chelendjer” va Andijon, Farg„on, Namangan, Samarqand va boshqa 
viloyatlardagi “Santellit” turnirlarini o„tqazilishi va ularda bizning kuchli 
sportchilarimiz Oleg Og„orodov, Vadim Kuseino, Dimitriy Tomashevich, Dimitriy 
Mazur, R.G„anievlar qatnashib sovrinli o„yinlarni egallashlari bizni juda 
quvontiradi. Ular Osiyo kubog„i o„yinlari g„olibi, Osiyo o„yinlari jamoa turniri 
dasturida bronza, medallarini olishib tennisi rivojlanayotganidan daolat beradi. 
Prezident Kubog„i musobaqasi 1994 yildan boshlib har xil o„tqazilib kelmoqda. Bu 
musobaqani nafaqat qit‟adagi, balki do„nyoga eng nufuzli tennis turnirlaridan biri 
sanaladi. Bu fikrimizni ushbu turnirning o„tganligi ATR yilning tarafidan eng 
yaxshi musobaqasi deb topilishi ham isbotlab turibdi. Kubog„ni qo„lga kiritgan 
sportchilar Chak Adame (1994, AQSh), Qarim Alami (Marakko, 95), Feliks 
Mantilya (Ispaniya 96), Tim Xenman (Buyuk Britaniya 97,98), Nikole Kafer 
(germaniya 99), (Mart Safin 200) va x.k. 
2000 yil “Toshkent OPEN” WTA turnirining o„ziga xos xususiyatlaridan 
biri ushbu turnirlarning tashkil topilganligiga 5 yil tulganligidir. Ana shu davr 
mobaynida Toshkent turniri turli jihatlaridan takomillashdi hamda mukofot 
jamg„armasi oshib bordi. Bunday deyishimizga sabab musobaqalar , uch yil 
davomida (1996-97-98 yillar) “Chelenjer” turniri sifatida o„tqazilgan bo„lsa 1999 
yildan boshlab “Toshkent OPEN” WTA turniri maqomini oldi bu turnirda 
iqtidorli tennischimiz Iroda To„laganova raqiblarini yutib birinchi o„rin egalladi. 
Yoshlar o„rtasida talantli tennischilarni еtishib chiqishiga katta ta‟sir ko„rsatmoqda.



O„zbekiston og„ir atletikachilari o„smirlar o„rtasida o„tqazilgan Osiyo 
chempionatida qatnashib umum komanda hisobida birinchi o„rinni ishg„ol qildilar. 
1998 yilda Mustaqil O„zbekistonni birinchi komandasi osiyo kubog„i uchun 
o„tqazilgan musobaqalarda komandamiz osiyo kubog„ini qo„lga kiritishdilar 
(komandamiz jami bo„lib 21 ta medalni qo„lga kiritdilar). 
1998 yildagi XIII Osiyo o„yinlarida 8 ta og„ir atletikachilarimiz qatnashib 
1ta – kumush, 1ta-bronza medalini olishib, umum komanda hisobida 5-o„rinni 
egallashdi.
1998 yili AQSh Nyu-York shahrida yaxshi niyat o„yinlarida qatnashgan 
bokschilarimiz 1 ta oltin (Tulyanov T) va 1 bronza (Erbekov D) olishga muvoffaq 
bo„ldilar. 
1999 yil O„zbekiston sportchilari uchun xalqaro turnirlarga boy yili bo„lib 
hisoblanadi, chunki sportchilarimiz XXVII-Olimpiya o„yinlari arafasida yirik 
xalqaro turnirlarda, shular qatorida olimpiya o„yinlariga yo„llanma oladigan 
saralash musobaqalarida muvoffaqiyatli qatnashdilar. 

Download 326.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling