Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan etiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart


Download 26.7 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi26.7 Kb.
#1054059
Bog'liq
1 Савол солиқ тест



1 Савол солиқ органлари томонидан солиқ текшируви якуни бўйича қабул қилинган қарордан солиқ тўловчи норози бўлган тақдирда у қайерга ва қандай шикоят қилиши мумкин
Жавоб Soliq kodeksining 232-moddasiga asosan soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo'yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi. Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan etiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart. Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo'yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs o'z huquqlari buzilganligi to'g'risida bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan kundan etiboran bir oy ichida berilishi mumkin. Ushbu muddat uzrli sababga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda, shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ushbu muddat tiklanishi mumkin.



  1. Савол солиқ кодексининг 139-моддаси саккизинчи қисмида сайор солиқ текшируви натижалари бўйича солиқ органлари солиқларни қўшимча ҳисоблаши мумкинлиги белгиланган. Менга йетиб келган малумотларга кўра ушбу норма бекор қилинибди шу ростми.

Жавоб O'zbekiston Respublikasining Soliq mamuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida 2022 yil 11 martdagi O'RQ-758-sonli Qonuniga asosan, Soliq kodeksining 139-moddasining sakkizinchi qismi o'z kuchini yo'qotgan.



  1. Савол корхонамиз чакана савдо фаолияти билан шуғулланади бизга солиқ инспектсиясидан савдо қоидаларини текшириш учун буйруқ билан келган текширувчилар томонидан дўконда хронометраж ўтказилиши малум қилинди соликчиларнинг ушбу харакати қонунийми.



Жавоб O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 139-moddasida uchinchi qism sayyor soliq tekshiruvlarini o'tkazish chog'ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va to'lov terminallari qo'llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o'tkazishga haqli.

4 Савол текширувда олдинги таҳлил натижасида аниқланган камчиликлар юзасидан юборилган хабарномага белгиланган ўн кунлик муддатда жавоб берилмаган тақдирда солиқ органи томонидан қандай чора кўрилади


Жавоб Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan Soliq to'lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to'g'risidagi xabarnoma olingan kundan etiboran o'n kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shartligi belgilangan. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to'lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo'ladi.

5 Савол ташкилотимизда сўнги пайтларда саййор солиқ текширувлари тез тез ўтказилмоқда чек берилмаганлиги юзасидан келиб тушган шикоятлар бўйича шундай ҳолларда текширувга келган ҳодимлар ўз хизмат гувоҳномаларини кўрсатмаган тақдирда қандай юл тутиш мумкин.


жавоб Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizomning 17-bandi o'n birinchi xatboshisiga asosan Sayyor soliq tekshiruvlari yoki soliq auditini o'tkazishda soliq to'lovchilar quyidagi hollarda soliq organi mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini o'tkazish uchun hududga va joylarga qo'ymaslikka haqli, agar- sayyor soliq tekshiruvini o'tkazish to'g'risidagi buyruq belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va buyruq nusxasi soliq to'lovchiga berilmagan bo'lsa, soliq to'lovchi uni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno- tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash to'g'risidagi buyruqda ko'rsatilmagan, o'z xizmat guvohnomasini ko'rsatmagan bo'lsa- soliq tekshiruvini o'tkazishning buyruqda ko'rsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki o'tib ketgan bo'lsa.Yuqoridagilarga asosan tekshiruvchi mansabdor shaxs o'z xizmat guvohnomasini ko'rsatmagan bo'lsa, soliq organi mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini o'tkazish uchun hududga va joylarga qo'ymaslikka haqlisiz.


6 Савол камерал солиқ текшируви қандай амалга оширилади


Жавоб Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda otkaziladi tahlika-tahlil dasturi malumotlari asosida soliq qonunchiligi buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjud bolganda soliq tolovchi taqdim etgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlangandasoliq qonunchiligi talablarining buzilish holati haqida jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati soliq organiga tushgandaoldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan soliq summasini kamaytiradigan yoki korilgan zarar summasini kopaytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi buyrugi asosida otkaziladi.Tekshiruv davo muddati 5 yil tugamagan soliq davrlariga nisbatan amalga oshirilishi mumkin. Kameral soliq tekshiruvining umumiy muddati 60 kundan oshishi mumkin emas.Tekshiruv davomida soliq organi soliq tolovchidan quyidagilarni talab qilib olishga haqlihisobga olish hujjatlarini taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarnisoliq hamda yigimlarni hisoblab chiqarish va tolash bilan bogliq boshqa axborotni.Kameral soliq tekshiruvi natijalari boyicha xulosa tuziladi. Agar soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlansa, soliq organi 2 kun muddatda soliq tolovchiga aniqlangan tafovutlarni bartaraf etish togrisida talabnoma yuboradi.Soliq tolovchi korsatilgan xabarnomani olgan kundan etiboran on kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Agar kameral soliq tekshiruvi o'tkazish chog'ida soliq tolovchi tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlansa, soliq qonunchiligi buzilganligi holatlarini qayd etuvchi dalolatnoma tuziladi. Soliqqa oid huquqbuzarlik togrisidagi dalolatnoma va kameral soliq tekshiruvining boshqa materiallari korib chiqilganidan keyin natijalari boyicha qoshimcha soliqlar va penya hisoblash yoki ularni rad etishni nazarda tutuvchi qaror qabul qilinadi. Qaror, ikki kun ichida soliq to'lovchiga yuboriladi. Soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijasida qabul qilingan qarori ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat httpst.mesoliqnews8363 qilinishi mumkin.VMQ 1-son 2-ilova 07.01.2021-yil

7 Савол махсус иқтисодий зона иштироқчилари учун фойда солиғининг қўланилмай қолган қисми бўйича имтийоз кимларга нисбатан татбиқ этилади




Жавоб Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun foyda solig'ining qo'llanilmay qolgan qismi bo'yicha imtiyoz kimlarga nisabatan tatbiq etiladi


8 Савол махсус иқтисодий зона иштирокчилари учун қандай солиқ имтийозлари белгиланган


Жавоб Soliq kodeksining 473-moddasiga asosan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig'idan, er solig'idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.Bundan tashqari Soliq kodeksiga kiritilgan so'nggi o'zgartirishlarga asosan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari o'zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab foyda solig'ini to'lashdan ozod etiladi.
9 Савол е-ижара тизимига 2021 йил учун шартномалар киритилиши лозимми 2022 йилгача тузилган шартномаларни рўйхатдан ўтказиладими

Жавоб O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentabrdagi Soliq to'lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo'shilgan qiymat solig'ining o'rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 595-son qaroriga asosan 2022 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslar tomonidan ko'chmas mulkni ijaraga berish olish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo'yiladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko'chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qo'yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.


10 Савол корхонамизда олий ўкув юртларининг сиртқи бўлимларида талим олайотган ишчи-хизматчилар мавжуд уларнинг контракт тўловлари ўзларининг ва ота-онлари иш ҳақлари ҳисобидан тўлаб берилган ушбу тўловлар иш ҳақига ҳисобланадиган даромад тўловларидан озод этилганми йоки белгиланган тартибда даромад солиғига тортиладими
Жавоб Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga asosan, soliq tolovchining O'zbekiston Respublikasining oliy o'quv yurtlarida talim olish o'zining, yigirma olti yoshga to'lmagan farzandlarining yoki erining xotinining talim olishi uchun yo'naltiriladigan to'lov, soliq solinishi lozim bo'lgan ish haqi va boshqa daromadlari, soliq solinmaydigan daromadlar deb belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonangizdagi oliy o'quv yurtlarining sirtqi bo'limlarida talim olayotgan ishchi xizmatchilarning kontrakt to'lovlari, o'zlarining va ota-onalarining yigirma olti yoshga to'lmagan farzandlari uchun ish haqlari hisobidan to'lab berilganda, ushbu to'lovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortilmaydi.


11 Савол товуқ гўштини ва музлатилган балиқни реализатсия қилиш қўшилган қиймат солиғидан озод этиладими
жавоб Soliq kodeksining 483-moddasi 9-qismiga asosan 2021 yilning 10 oktyabridan 2022 yil 30 aprelga qadar bo'lgan davrda tovuq go'shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021 yil 10 oktyabrdan 2022 yil 31 dekabrga qadar bo'lgan davrda esa go'shtni mol go'shtini, qo'y go'shtini, tirik hayvonlarni molni va qo'yni hamda ularni so'yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo'yicha aylanma, shuningdek ularni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadi.

12 Савол ўзбекистон рес президентиниг 2022 йил 27 январдаги ПҚ-104-сон қароирига асосан ижтимоий солиқни қайси ҳудудларда фаолият юритайотган солиқ тўловчилар 1 фоиз тўлайди




Жавоб O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son qarorining 2-bandi a-kichik bandiga asosan 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona joylashtirish xizmatlari, avtotransportda yo'lovchi va yuk tashish, transport vositalarini tamirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani tamirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko'rsatuvchi hamda ko'ngilochar maskanlarda xizmatlar ko'rsatuvchi tadbirkorlik subektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilangan. Yuqoridagi qaror bilan ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilan faoliyat turlari bo'yicha hududlar belgilanmagan.


13 Савол сотувчи томонидан корпоратив банк карталари орқали маҳсулот сотганда чек бериши керакми
Жавоб O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son Farmonining 5-bandi uchinchi xatboshisiga asosan to'lov terminali orqali qabul qilingan to'lovlar uchun xaridorlarga to'lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.


14 Савол пенсионерларга мол-мулк солиғи бўйича имтийоз борми


Жавоб Soliq kodeksining 421-moddasi 2-qismi 2-bandiga muvofiq pensionerlar mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

15 Савол 1 ва 2 гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар учун жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи бўйича қандай солиқ имтийозлари мавжуд


Жавоб Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismi 3-bandiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar daromadlar qaysi oyda olingan bo'lsa, o'sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod etiladi.




16 Савол солиқ даври якунлари бўйича айланмадан олинадиган солиқ ҳисоботини топшириш муддати қачон


Жавоб Soliq davri yakunlari bo'yicha soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay.


17 Савол бориш қийин бўлган ва тоғли туманлар қайси норматив ҳужжат билан белгиланади


Жавоб O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008 yil 11 noyabrdagi 1868-son bilan ro'yxatdan o'tgan Aholi punktlarini borish qiyin bo'lgan va tog'li hududlar tarkibiga kiritish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqidagi tartib bilan belgilanadi.

18 Савол тамаки маҳсулотлари реализатсиясидан товар айланмаси бўйича айланмадан олинадиган солиқ ставкаси неча фоизни ташкил қилади




Жавоб Tamaki mahsulotlari realizatsiyasidan tovar aylanmasi bo'yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foizni tashkil qiladi


19 Савол қандай ҳолларда солиқ тўловчилар мол-мулкни ижарага беришдан олинган даромадлар бўйича 8 фоиз ставкада айланмадан олинадиган солиқ тўлайдилар


Жавоб Agar asosiy faoliyat turi mol-mulkni ijara berishdan olingan daromadlar bo'lsa 8% stavkada aylanma solig'i to'laydilar. Aks holda boshqa faoliyat turi bo'yicha belgilangan stavkada soliq to'laydilar.

20 Савол 2022 йил учун фойдали қазилмаларни кавлаб олиши амалга оширувчи юридик шахслар учун айланмадан олинадиган солиғи ставкасинеча фоизни ташкил қилади


Жавоб Soliq kodeksining 461-moddasi 2-qismi 2-bandiga muvofiq foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga nisbatan aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydi.




21 Савол ўз рес прези қарори билан ногиронлиги бўлган шахсларга даромад солиғи бўйича белгиланган имтийоз меҳнатга ҳақ тўлашнинг енг кам миқдорининг 1.41 бараваридан 3 бараваригача оширилади дейилди мен йолғиз онаман бюджет ташкилотида ишлайман ногирон фарзандим бор ушбу имтийоз менга ҳам қўланиладими йоки фақат ногиронлар учунми шундай оналарга яна қандай имтийозлар бор


Жавоб O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2021 yildagi PQ-57-sonli qarori 2-bandinining a kichik bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari faqatgina nogironligi bo'lgan shaxslar uchungina tatbiq etiladi. Boquvchilarga nisabatan ushbu imtiyoz tatbiq etilmaydi. Chunki imtiyoz nogironligi bo'lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish hamda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismining 7-bandiga asosan bolaligidan nogironligi bo'lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona qisman daromadlar qaysi oyda olingan bo'lsa, o'sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod etiladi.


22 Савол сурхандарё вилоятининг тоғли ҳудудларида ва йер майдонлари шўрланган ҳудудларида фаолият юритадиган юридик шахслар учун қандай имтийозлар берилган



  1. Жавоб Surxondaryo viloyatining tog'li hududlarida va er maydonlari sho'rlangan hududlarida davlat ro'yxatidan o'tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda hududlarda o'z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subektlari bundan klasterlar mustasno yuridik shaxslardan olinadigan er solig'ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, aylanmadan olinadigan soliqni to'lashdan 2024 yil 1 yanvarga qadar bo'lgan davrda ozod qilinadi.Shuningdek, 2021 yil 10 sentyabrdan 2024 yil 1 yanvarga qadar bo'lgan davrda foyda solig'ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo'yicha to'laydi.Tog'li hududlarning hamda er maydonlari sho'rlangan hududlarning ro'yxati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi SK 483-moddasi.



23 Савол сирдарё вилоятида фавқулодда ҳодиса оқибатида зарар кўрган тадбиркорлик субектлари учун солиқ имтийозлари мавжудми


Жавоб Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko'rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo'jaliklari yuridik shaxslardan olinadigan er solig'ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lashdan 2020 yil 1 maydan 2022 yil 1 noyabrga qadar ozod qilinadi. Bunda zarar ko'rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik ho'jaliklarining ro'yxati xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi SK 483-moddasi.


24 Савол ягона солиқ тўлови тўловчилаври учун 2022 йилда 4 фоиз миқдоридаги солиқ ставкаси сақланиб қолдими

Жавоб Yangi tahriridagi Soliq kodeksida yagona soliq to'lovi o'rniga aylanmadan olinadigan soliq joriy qilindi. Aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda turlicha soliq stavkalari belgilangan. Jumladan, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to'lovchilar uchun 4 foizli umumiy stavka belgilangan. SK-467-mod. Soliq to'lovchilar amalga oshirayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda belgilangan stavka asosida aylanmadan olinadigan soliqni to'laydilar.




25 Савол мажбурий тартибда ққс тўлашга ўтган корхона хисобварақ-фактурасда ққс суммасини кўрсатган ҳолатда расмийлаштиришга мажбур лекин ушбу корхона ққс тўловчиси сифатида гувоҳнома олмаган ушбу ҳолатда харид қилайотган корхона хисобварақ-фактурада кўрсатилган ққс суммасини хисобга зачйот олиши мумкинми


Жавоб O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.09.2021 yildagi 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilarini soliq organlarida qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha maxsus ro'yxatdan o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq qo'shilgan qiymat solig'i faqatgina belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus ro'yxatdan o'tgan va faol guvohnomaga ega bo'lgan etkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida haqiqatda olingan tovar xizmatlar bo'yicha hisobga olinishi mumkin.


26 Савол корхона мебел маҳсулотлари ишлаб чиқариш билан шғулланади айрим маҳсулотларни жумладан йонғочи хом ашйосини асосан аҳолидан сотиб олади ушбу мағсулотларни қандай тартибда кирим корхона балансига кирим қилиш мумкин


Жавоб 4-sonli Tovar-moddiy zaxiralar Buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga mahsulot etkazib berish oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha xarid qilish natijasida kirim qilinishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo'yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang'ich hujjatlar asosida belgilanadi. Bunda operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang'ich hisob hujjatlari va ularni o'tkazishga doir farmoyishlar xo'jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo'ladi.Yani, aholidan xarid qilib olinadigan xom ashyolar korxona balansiga boshlang'ich xujjatlar asosida kirim qilinadi va keyinchalik ushbu xom ashyoni xarid qilish bilan bog'liq xarajatlar xaridni tasdiqlovchi xujjatlar asosida tan olinadi. Boshlang'ich xujjatlar korxona tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilishi mumkin, ammo xujjatda qonunchilikda beligilangan majburiy rekvizitlar ko'rsatib o'tilishi lozim. Misol uchun xarid qilinadigan xom ashyo uchun Tovar-moddiy qimmatliklarni xarid qilish dalolatnomasi tuzilishi mumkin.


27 Савол томчилатиб суғориш тизими жорий этган солиқ тўловчилар учун йер солиғидан қандай имтийозлар мавжуд


Жавоб Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan suvni tejaydigan tomchilatib, yomg'irlatib, diskret va boshqa sug'orish texnologiyalari joriy etilgan erlar - suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan etiboran besh yil muddatga soliq solinmaydigan er uchastkalari jumlasiga kiritiladi.

28 Савол пишириқларни чакана сотиш ҳамда умумий овқатланиш фаолияти билан шуғуланамиз айрим вақтларда ҳаридорлар сонини ортиши натижасида ҳарид чекларини товарларнинг ҳар бир тури учун мхик кодларини киритиш орқали тақдим этиш улгурмай қоламиз ушбу холатда қандай тартибда иш юритиш лозим


Жавоб O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2021 yildagi PQ-5252-sonli qarorining 2-bandiga asosan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab mahsulotlar tovarlar va xizmatlar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari MXIK aks ettirilmaydigan onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassa cheklarini taqdim etish taqiqlangan. Shunga ko'ra nazorat-kassa mashinasi va virtual kassa cheklarida har bir tovar xizmatlar turlari bo'yicha MXIK aks ettirilishi shart.


29 Савол қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини йетиштириш фаолияти билан шуғулланиб келамиз корхона балансида 20.0 га йер майдони мавжуд фаолиятимизга кенгайтириш мақсадида қўшимча 10 гектар йер майдони сотиб олмоқчимиз бу ҳолатда ққс тўлаш тартибига ўтиш қандай бўлади




Жавоб Soliq kodeksining 461-moddasiga asosan yuridik shaxslar qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma besh gektar va undan ortiq sug'oriladigan qishloq xo'jaligi ekin maydoni mavjud bo'lsa, ularga nisbatan aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydi.Qishloq xo'jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda 25 gektar va undan ortiq sug'oriladigan qishloq xo'jaligi ekinlari mavjud bo'lgan taqdirda, ular ko'rsatilgan er uchastkasiga bo'lgan huquqni yoki ushbu er uchastkasining maydoni o'zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qo'shilgan qiymat solig'ini va foyda solig'ini to'lashga o'tadi.
Download 26.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling