1 Amaliy mashg‘ulot


Download 26,12 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi26,12 Kb.
#1744926
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

1 - Amaliy mashg‘ulot


Buyumlarni bolgʻalash yoʻli bilan tayyorlash texnologiyasini o‘rganish


Ishdan maqsad: Talabalarga “Metallarni erkin bolgʻalash” usulida olinadigan mahsulotlar, detallar, foydalaniladigan zagatovkalar, ishlab chiqarish texnologiysi, bolgʻalash mashinalari, jihozlari, presslarda bolgʻalash, erkin bolgʻalash usullari haqida ma’lumot berish.
Asosiy qism: “Metallarni erkin bolgʻalash” deb, plastik zagatovkalarni turli asboblar bilan zarblab yoki presslab kutilgan shaklli va oʻlchamli buyumlar tayyorlash texnologik jarayoniga aytiladi (1.1-rasm).





1.1-rasm. Ikki stoykali siqilgan bug‘-havoda ishlovchi bolg‘a sxemasi:1-richag; 2-tortqi; 3-zolotnik; 4-taqsimlovchi mexanizm; 5-silindrik; 6-porshen; 7-yo‘naltiruvchi; 8-shtok; 9-stoyka; 10-baba; 11-ustki bayok; 12-pastki bayok; 13-shabot.

Bu usulda ko‘pincha plastikligi pastroq po‘lat zagotovkalarni zarur haroratgacha qizdirib, keyin ularni bolg‘aning pastki, ya’ni qo‘zg‘almas bayogi ustiga (dastaki bolg‘alashda esa sandonga) qo‘yib, bolg‘aning ustki, ya’ni qo‘zg‘aluvchi bayogining tekis va shakldor muxrasi bilan bir necha bor zarblab ishlanadi. Bu usulda kutilgan shaklli va o‘lchamli buyumlar (masalan, val, shatun, disk, turbin rotori) olinadi.


Bunda zagatovka sifatida quyma, prokatlash, kiryalash va presslashda olingan mahsulotlardan foydalaniladi va ularning massasi bir necha kilogrammdan 250 t gacha va undan ortiq boʻladi, jumladan bunday buyumlarga gidrotrubina vallari, yaxlit bugʻ qozonlari va boshqalarni misol qilish mumkin. Metallarni erkin bolgʻalash usulini mexanizatsiyalangan darajasiga koʻra dastaki va mashinalarda bolgʻalash hamda presslashga ajratiladi.
Metallarni erkin bolgʻalash ishlari zagatovka massasiga koʻra bolgʻalarda dinamik zarb bilan kattaroq tezlikda (6-7 m/s) olib borilsa, presslarda esa statik zarb bilan kichikroq tezlikda (0,1-0,3 m/s) olib boriladi.
Bolgʻa va presslarning konstruksiyasi oddiy, ixcham va oson rostlanadigan boʻlishi bilan boshqarish qulay boʻlmogʻi kerak. Sanoatda koʻproq tarqalgan bolgʻalarga bugʻ-havo, pnevmatik, shabotsiz shtamplash bolgʻasi va boshqa bolgʻalar kirsa, presslarga bugʻ-havo, krivoship, friksion va boshqa presslar kiradi, ularning qaysi biridan foydalanish olinuvchi buyum xarakteriga, zagatovka materialiga, massasiga va boshqa koʻrsatkichlarga bogʻliq. Masalan, poʻlatlardan mayda buyumlar olishda pnevmatik bolgʻalaridan, oʻrtacha vazndagi buyumlarni olishda bugʻ-havo bolgʻalaridan, yirik buyumlar olishda gidravlik presslardan foydalaniladi. Bolgʻalar koʻpincha pastga harakatlanuvchi qismlar massasiga koʻra ajratiladi.



1.2-rasm. Pnevmatik bolgʻa.
1-pedal; 2-shabot; 3-yostiqcha; 4-pastki boyok; 5-ustki boyok; 6,7-havo taqsimlovchi mexanizm; 8-ish slindri; 9-kompressor slindri; 10-reduktor; 11-elektr dvigatel; 12-ish silindr porsheni; 13-kompressor porsheni; 14-krivoship shatun mexanizm; 15-baba.

Agar zagatovkaga pastga tushuvchi qismlar massasi bilan zarb berilsa, bunday bolgʻalar “oddiy bolgʻalar” deyiladi. Agar pastga tushuvchi qism massasiga qoʻshimcha bosim qoʻshilsa, bunday bolgʻalar “murakkab bolgʻalar” deyiladi. Har ikkala xil bolgʻalarni zarb berish momentida pastga tushuvchi qismlarida yigʻilgan kinetik energiya quyidagi qiymatga ega boʻladi:





Bu yerda: m-bolgʻaning pastga tushuvchi qismlar massasi, kg;


v-bolgʻaning zarb berish momentida chiziqli tezligi, m/s.
Ma’lumki, zagatovkani zarblashda kinetik energiyaning bir qismi zagatovkani deformatsiyalashga, qolgan qismi asbobni elastik deformatsiyalashga, harakat qiluvchi detallarning ishqalanishiga va shabotning tebranishiga sarflanadi. Agar shabot massasini M, bolgʻaning pastga tushuvchi qismlar tezligini V harflar bilan belgilasak, shabot va babani elastik materialdan tayyorlangan desak, unda zarbdan soʻng ular И tezlikda harakatlanadi. Impulsning saqlanish qonuniga koʻra

mV=(m+M)И (1.1)


ga teng boʻladi, unda sistemaning energiyasi





ga teng boʻladi.


Agar И oʻrniga uning qiymatini (1) tenglamadan aniqlab, dagi И oʻrniga qoʻysak, unda



boʻladi. Demak, bevosita bolgʻalashga sarflanadigan energiya qiymatini quyidagicha aniqlash mumkin:





Foydali ish koeffisienti esa:





boʻladi.
Shabot massai ortishida bolgʻaning f.i.k. ham ortadi. Bolgʻaning foydali energiya qiymati pastga tushuvchi qismlar massasiga qaraganda shabot massasiga bogʻliq. Yuqori f.i.k. ga erishmoq uchun (η = 0,8-0,9) shabot massasi pastga tushuvchi qismlar massasidan kamida 15-20 marta ortiq boʻlishi kerak.


Bolgʻalashning quyidagi usullari mavjud: choʻktirish, choʻzisg, teshish, bukish, burash, kesish va bolgʻalab payvandlash.


Nazorat savollari:
1. Bolgʻalash usuli haqida aytib bering?
2. Bolgʻalash mashina va jihozlari sifatida nimalardan foydalaniladi?
3. Bolgʻalash usulli orqali qanday buyum va mahsulotlar olinadi?
4. Sanoatda qanday bolgʻalash mashinalaridan koʻproq foydalaniladi?.
Download 26,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling