1-amaliy mashg’ulot


Download 113.5 Kb.
bet2/3
Sana02.09.2020
Hajmi113.5 Kb.
#128288
1   2   3
Bog'liq
1-AMALIY


Bular aynan tasodifiy kattaliklar bo’lib, extimollar nazariyasi usullari bilan o’rganiladi. Umumiy xatolik yuqoridagilarni e’tiborga olinib, ko’rinishida batafsilroq yozilishi mumkin.

Aytaylik, ( ti)=0, ya’ni sistematik xatolik u yoki bu usul bilan tajriba natijasidan yo’qotilgan. Unda xatolik tasodifiy tashkil etuvchidan tarkib topgan bo’lib ularning har bir kesimdagi o’rtacha qiymati Qi nolga teng.

Har xil kesimlarda tasodifiy xatoliklar bir biriga bog’liq emas, ya’ni biror kesimdagi uning ordinatasi shu realizatsiyaning boshqa kesimdagi ordinatasi haqidagi qo’shimcha ma’lumot bermaydi.

Kattalikka realizatsiyalarning har bir kesimdagi qiymatlari va bitta realizatsiyaning barcha kesimdagi qiymatlarining extimoliy xususiyatlari bir biriga mos keladi. Unda tasodifiy xatolikni tasodifiy kattalik deb qarash mumkin.Uning bitta kattalikni ko’p marta takroriy o’lchashlarda qiymatlarini mustaqil kuzatishlar natijasi ya’ni emperik natijalar deb hisoblash mumkin.

Bunday shartlar bajarilsa, o’lchashlarning tasodifiy oralig’i  tuzatilgan natija X va asl qiymat Q orasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin: =X – Q, (1,3) .



Tuzatilgan natija X deb tarkibidan sistematik xatoliklar yo’qotilgan o’lchash natijalarini aytamiz. Masalan, kuchlanishni aniqlik toifasi 1.0 bo’lgan vol’tmetr bilan o’lchash tajribasi X=3.0758 B natijani berdi. Bu tajribada mavjud bo’lgan tasodifiy xatolikning qiymatini taqribiy hisoblashlar qoidalariga asoslangan holda quyidagicha topamiz:
Xuddi shu tajriba takrorlanganda natija boshqa qiymatga ega bo’ladi va tasodifiy xatolikning yangi qiymati paydo bo’ladi. Bunday natijalar va xulosalar, odatda, o’lchash vositalarini oldindan qiymati ma’lum bo’lgan kattaliklar yordamida tekshirish bajarilayotganda uchraydi. Oddiy o’lchashlarda esa o’lchanayotgan kattalikning qiymati no’ma’lum.

O’lchash natijasi asl qiymatdan tashqari o’z tarkibida yana tasodifiy xatolikni ham saqlab turibdi va shuning uchun natijaning o’zi ham tasodifiy kattalikdir. Oqibatda tekshirish paytida olingan tasodifiy xatolikning qiymati aniqlik haqida ma’lumot bera olmaydi va o’lchashning oxirgi natijasi sifatida qanday sonni tanlash kerak va uning aniqligi qancha degan savollarga javob no’ma’lum. Bu savollarga tajriba natijalarini extimollar nazariyasi va matematik statistika usullaridan foydalanib qayta ishlab javob topiladi.



Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling