1-Amaliy mashg’ulot. Yo’l harakati qoidalarining asosiy tafsiloti. Yo‘l harakati qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 21.78 Kb.
bet7/8
Sana09.02.2023
Hajmi21.78 Kb.
#1180964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot IMTA

xavfsizlik orolchasi — harakatlanish tasmalarini (shu jumladan velosipedchilar tasmalarini) ajratuvchi, konstruksiyasiga ko‘ra qatnov qismi ustiga bordyur toshlari bilan ko‘tarilgan yoki harakatni tashkil etish texnik vositalari bilan belgilangan qatnov qismidan o‘tayotgan piyodalar, talab qilingan holda to‘xtab o‘tishlari uchun mo‘ljallangan yo‘l qurilmasi. Ajratuvchi mintaqa oralig‘idan o‘tkazilgan piyodalar o‘tish joyi ham xavfsizlik orolchasi hisoblanadi. Ikki tomonlama harakatlanishli yo‘llarda qarama — qarshi yo‘nalishlarni ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini o‘ng tomondan aylanib o‘tiladi;
ko‘rinishi cheklangan joylar — joylardagi past-balandliklar, burilishlar, o‘simliklar, daraxtlar, qurilishlar, inshootlar yoki boshqa obyektlar, shu jumladan, transport vositalari tufayli harakatlanish yo‘nalishida yo‘l ko‘rinishining cheklanishi;
yondosh hudud — bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib ketishi uchun mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi to‘xtab turish joylari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o‘xshashlar).
Yondosh hududdan chiqayotgan transport vositalari barcha yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘l berishi shart;
qatnov qismlari kesishmasi — yo‘llarning qatnov qismlari o‘zaro kesishib o‘tadigan va tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlangan hudud;
qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismi;
sutkaning qorong‘i vaqti — kechki g‘ira-shiraning oxiridan tonggi g‘ira-shiraning boshlanishigacha bo‘lgan oraliqdagi vaqt;
harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama tasmasi;
haqiqiy vazn — transport vositasining yuki, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi vazni;
yo‘l berish (to‘sqinlik qilmaslik) — yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo‘lgan boshqa yo‘l harakati qatnashchisining harakat yo‘nalishi yoki tezligini o‘zgartirishga majbur etishi mumkin bo‘lgan hollarda, harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab;

Download 21.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling