1-amaliy mashg‘ulоtlar zararli moddalarning atmosferada tarqalish va ruxsat etilgan tashlanish me’yorlarini hisoblash
Download 71.5 Kb.
|
1-амалий
1-amaliy mashg‘ulоt AMALIY MASHG‘ULОTLAR ZARARLI MODDALARNING ATMOSFERADA TARQALISH VA RUXSAT ETILGAN TASHLANISH ME’YORLARINI HISOBLASH Atmosfera havosining yer ustki qatlamini sanoat korxonalaridan tashlanadigan zararli moddalar bilan xavfli ifloslanish darajasi zararli moddalarning yer ustki konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Cmax (mg/m3) eng noqulay ob-havo sharoitiga to‘g‘ri keladigan va tashlanadigan ma’lum masofada o‘rnatiladi. Zararli moddaning Cmax kattaligi ruxsat etilgan konsentratsiyasidan (REK mg/m3) oshmasligi kerak, ya’ni quyidagi shart bajarilishi lozim . Bir vaqtning o‘zida atmosferada bir necha moddalarning birgalikda ta’sir xususiyatiga ega bo‘lgan zararli moddalar konsentratsiyasining yig‘indisi birdan oshmasligi kerak: bu yerda: , ,…, - atmosfera havosidagi zararli moddalarning bir joydagi konsentratsiyasi, mg/m3. , ,…, - zararli moddalarning tegishli ruxsat etilgan konsentratsiyalari, mg/m3. Dumaloq og‘izli birgina manbadan chiqayotgan qizigan gaz – havo aralashmasi chiqindisining Cmax kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: (1) Dumaloq og‘izli birgina manbadan chiqayotgan sovuq gaz – havo aralashmasi chiqindisining Cmax kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: (2) bu yerda: A – atmosfera havosidagi zararli moddalarning vertikal va gorizontal yoyilishini aniqlovchi, atmosferaning harorat intratifikatsiyasiga bog‘liq koeffitsient. Markaziy Osiyoning subtropik zonasi uchun – 240, Markaziy Osiyoning boshqa rayonlari, quyi Povoljye, Kavkaz, Moldaviya, Sibir, Uzoq Sharq uchun – 160, MDH hududi markaziy qismi uchun – 120. M – atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalar miqdori, g/s; bu kattalik loyihaning texnologik qismini hisoblab olinadi yoki tegishli korxona normativlariga mos ravishda qabul qilinadi. F – zararli moddalarni atmosfera havosida cho‘kish tezligini e’tiborga oluvchi o‘lchovsiz koeffitsient. Gazsimon zararli moddalar va mayda dispers aerozol aralashmalar uchun F=1; Chang va qurum uchun, agar tozalashning o‘rtacha ekspluatatsion koeffisiyenti 90% va undan katta bo‘lsa, F=2, 70-90% da F=2.5, 75% kam bo‘lsa, F=3 ga teng bo‘ladi. Agar tashlanma suv bilan birga chiqib uning kondensatsiyalanishi sodir bo‘lsa, shuningdek, Chang zarralarining koagulyatsiyalanishiga uchrashi mumkin bo‘lsa, F=3 deb qabul qilinadi. m va n manba og‘zidan tashlanayotgan gaz – havo aralashmasi chiqindisi sharoitini hisobga oluvchi o‘lchovsiz koeffitsient. Koeffitsient quyidagi formula bilan aniqlanadi: (3) f – quyidagi formula bilan aniqlanadi: (4) Agar bo‘lsa, tashlanmalar sovuq, agar f<100 bo‘lsa, tashlanmalar qizdirilgan bo‘lib, hisoblash uchun taalluqli (2) va (1) formulalar qo‘llaniladi. D – tashlanma manbaning diametri, m. Agar quvur og‘zi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lsa n koeffitsienti Vm ga bog‘liq holda quyidagi formula bilan aniqlanadi: Agar bo‘lsa, n=3 (7) Agar bo‘lsa, (8) Agar bo‘lsa, n=1 (9) Vm qizigan tashlanmalar uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi: (10) Vm sovuq tashlanmalar uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi: (11) N ta tashlanma manbalari bo‘lsa, Cm kattaligi qizigan tashlanmalarniki kabi aniqlanadi: (12) Kvadrat yoki to‘rtburchakli truba og‘zining samarali diametri De quyidagi formula bilan aniqlanadi: (5) bu yerda: - truba og‘zining uzunligi (m), kvadrat og‘izli manba uchun ; B – manba og‘zining eni (m); W – gaz-havo aralashmasining manbadan chiqayotgan o‘rtacha tezligi (m/s); H – tashlanma manbaining yer ustidagi balandligi (m); ∆T – gaz-havo aralashmasining harorati Tg va atmosfera havosi harorati Th o‘rtasidagi farq; ∆T=Tg-Th V1 – gaz-havo aralashmasining hajmi, quyidagi formula bilan aniqlanadi (m3/s) (6) (13) bu yerda: M – atmosferaga barcha tashlanmalardan tashlanayotgan zararli moddalarning yig‘indi miqdori (m/s). V – barcha manbalardan tashlanayotgan gaz-havo aralashmalarining yi’gindi hajmi (m3/s): V =V1∙N (14) Atmosferaga bitta manbadan tashlanayotgan zararli moddalarning ruxsat etilgan tashlanmasi (RET), agar ularning yer ustki qatlamidagi konsentratsiyasi REKdan oshmasa qizigan tashlanmalar uchun: (15) Sovuq tashlanmalar uchun: (16) bu yerda: Cf - zararli moddaning atmosferadagi fon konsentratsiyasi orqali aniqlanadi, (mg/m3). Qolgan kattaliklar yuqorida keltirilgan formulalar bilan hisoblanadi. Zararli moddlarning yer ustidagi eng yuqori konsentratsiyasi ko‘rsatkichi, REK oshishiga olib kelmaydigan bitta tashlanma manbai (quvuri)ning balandligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Sovuq tashlanmalar uchun: (17) Qidirilgan tashlanmalar uchun: (18) 100> Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling