1-Amaliy Mavzu: Cisco packet tracer va Huawei ensp simulyatorlari va ularni tarmoq qurishdagi o’rni. Ishning maqsadi


Download 298.16 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi298.16 Kb.
#1282640
Bog'liq
1-amaliy. Cisco Packet Tracer dasturi haqida


1-Amaliy
Mavzu: Cisco packet tracer va Huawei eNSP simulyatorlari va ularni tarmoq qurishdagi o’rni.
Ishning maqsadi: Cisco Packet Tracer dasturi vaHuawei eNSP simulyatorlarining tarmoq boshqaruv tizimini qurishdagi ahamiyatini o’rgatish. Dasturning ishlash faoliyati bilan tanishish.
Cisco Packet Tracer – Cisco uskunalari tarmoq simulyatsiyasi dasturi hisoblanadi. Huawei eNSP Huawei kompaniyasining rasmiy va bepul simulyatoridir. Kalitlar va marshrutizatorlar qo'llab-quvvatlanadi, funksionallik - L2, L3, asosiy MPLS, BNG (BRAS). Tavsif (arxiv), yuklab olish havolasi (arxiv). Huawei uskunalari konfiguratsiyasi, monitoring va boshqaruv tizimlarini ishlab chiquvchilari (SNMP qo'llab-quvvatlanadi) va umuman tarmoq protokollari va texnologiyalarini o'rganishni istaganlar uchun qiziqish uyg'otadi. Haqiqiy yoki boshqa virtual yoki xost tizimlari bilan interfeyslarni o'rnatish uchun qurilma interfeyslarini "tashqi" dunyoga ulash mumkin.
Cisco Packet Tracer (CPT) – bu Cisco kompaniyasi tamonidan yaratilgan tarmoq emulyatori. Cisco Packet Tracer – Cisco uskunalari tarmoq simulyatsiyasi dasturi hisoblanadi. Dastur har xil protokollarni qo‘llab-quvvatlagan holda har xil topologiyada ko‘p turli qurilmalar bilan tarmoqni qurish va tahlil qilishga imkon beradi. Unda siz har xil tarmoq qurilmalarining (marshrutizatorlar, kommutatorlar, simsiz kirish nuqtalari, shaxsiy kompyuterlar, tarmoq printerlari va hakozo) ishlashini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi. 1-rasmda Cisco Packet Tracer dasturining interfeysi

1. Menyular paneli (Menu Bar) – File. Edit. Options. View. Tools. Extensions. Help menyularini o’z ichiga oladi.
2. Main Tool Barda File, View va Tools menyusidagi buyruqlar yarliklarining grafik tasvirlari joylashgan.
3. Umumiy asboplar paneli (Common Tools Bar) – dasturning eng ko’p foydalaniladigan dasturlardan foydalaniladigan uskunalardan foydalanishni ta’minlaydi.

Asosiy menyu satri quyidagi punktlardan tashkil topadi



File (Файл) – hujjatlarni ochish/saqlash operatsiyalaridan tashkil topgan;
Edit (Правка) – “nusqa olish/qirqish, bekor qilish/takrorlash” standart operatsiyalaridan tashkil topgan;
Options (Настройки) – dastur sozlamalaridan tashkil topgan. Xususan, bu yerda dasturni boshqa tillarga mahalliylashtirish imkonini beruvchi knopkasi joylashgan;
View (Вид) – ishchi maydon masshtabini va uskunalar panelini o‘zgartirish uskunalaridan tashkil topgan;
Tools (Инструменты) – ranglar palitrasi va foydalanuvchi qurilmalari oynasidan tashkil topgan;
Эxtensions (Расширения) – loyiha masteri va boshqa uskunalar qatoridan tashkil topgan;
Help (Помощ) – dastur bo‘yicha yordamdan tashkil topgan.
Download 298.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling