1-amaliy. Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash


Download 1.02 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1021114
Bog'liq
1-amaliy. Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash


1-amaliy. Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash


Ishning maqsadi. Talabalarda sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.


Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Elektron jadvallar inson hayotining har xil sohasida uchraydigan, hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o‘zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko‘lamli masalalarni yechishda qo‘llaniladigan o‘ta quvvatli vosita hisoblanadi.
Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicalc (Visible calculators – ko‘rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko‘p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan.
1981-yili IBM PS kompyuteri paydo bo‘lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicalc va Supercalc dasturlarining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo‘ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko‘rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo‘lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo‘ldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o‘z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko‘rgazmaliroq ko‘rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Word dasturidagi tahrirlash vositalardan foydalanish mumkin. EXCEL’ning ommaviy imkoniyatlarini o‘zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko‘rish mumkin. EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar, o‘qimishli kishilar, hisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi ro‘yxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik hisobotlar, jamoa fikrini hisobga olish, biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentatsion materiallar tayyorlash mumkin. Хullas EXCEL qulay elektron jadvaldir. Jadvallarni jihozlash turli xil bo‘ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi yaxshi tekst protsessordek, shriftlarni o‘zgartirish mumkin, rasm chizishni, satr ajratishni, satrli yoki alohida yacheykalardagi matnni rang bilan ko‘pincha agar sizda rangli printer bo‘lsa, ramkali va chiziqli, sohalarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar qurish, jadvallarda kartinkalar qo‘ya bilish va hokazolarni bajarish mumkin. Biz, albatta o‘zimizga kerakli bo‘lgan tushunchalarni ko‘rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash prinsipini ham, boshqa qolgan juda ko‘p ma’lumotlarni kerakli vaqtda biz kengaytirilgan holatdagi EXCEL sistemasidan qidirishimiz mumkin.
MS Excel’da murakkabligi bo‘yicha har xil masalalarning yechimi tez, oddiy va eng asosiysi, .gif-fayllarda namoyish etiladi.
Ko‘pincha «MS Excel»da boshlang‘ich foydalanuvchilar bizga jadvallar bilan ishlashni tezlashtirish, hayotni yengillashtiruvchi sirlar bilan bo‘lishish masalasida murojaat qilishadi. «IT-specialist» kanali ushbu so‘rovlarga javoban «Excel» uchun oddiy va tezkor yechimlar to‘plamini taqdim etdi. Bu yechimlarni «Bir klikdagi sirlar» deb nomlash ham mumkin.
Keltirilgan 10 ta layfxaklarning barchasi «Microsoft Excel»ning har qanday versiyasida ishlaydi. Harakatdagi rasmlarga nazar soling, o‘z kompyuterlaringizda ushbu harakatlarni takrorlab ko‘ring va ishonamizki, Siz elektron jadvallarning haqiqiy ustasiga aylanasiz.
1. Avtoto‘ldirish markeri ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta tezkor bosish – formulani jadvalning oxiriga qadar nusxalaydi.

2. Raqamli qiymatga ega yacheykani avtoto‘ldirish markerini va «Ctrl» klavishini tutgan holda pastga qarab tortish – tartib bo‘yicha raqamlar ro‘yxatini yaratadi.

3. Diapazonni belgilagan holda «F11» klavishini bosish orqali – yangi sahifada belgilangan yacheykalar asosida diagrammani yaratish mumkin.



4. Ustunda to‘ldirilgan ro‘yxat mavjud bo‘lsa, keyingi bo‘sh yacheykaga ushbu ro‘yxatning biror qiymatini kiritish uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini bosgan holda, ochilgan kontekst menyusidan «Выбрать из раскрывающегося списка» buyrug‘ini tanlash mumkin.



5. Bir nechta ustunlarni to‘liq belgilagan holda, ulardan birining kengligini o‘zgartirish orqali birdaniga barcha belgilangan ustunlarning kengligini o‘zgartirish mumkin.

6. Katta blok doirasida yacheykalarni satr bo‘yicha birlashtirish uchun «Главная» bo‘limida «Объединить по строкам» buyrug‘i tanlanadi.

7. Yacheyka qiymatini katta miqdorda qo‘shni yacheykalarga nusxalash uchun «Главная» bo‘limidagi «Заполнить» buyrug‘ini tanlash lozim.



8. Yacheykaning o‘zida matnni keyingi satrga tushirish uchun Alt+ Enter klavishlari birikmasidan foydalanish mumkin.

9. Muhim ma’lumoti bor sahifani osonroq topish uchun, uning yorliqchasiga biror rang o‘rnatib qo‘yish mumkin. Ushbu buyruq sahifa yorliqchasining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali ochiladi.



Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Aripov M. Informatika va informatsion texnologiyalar. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. T. 2005 y.
2. G‘ulomov S.S. va boshq. Axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik /Akademik S.S.G‘ulomovning umumiy tahriri ostida. – T.: «Sharq», 2000. 529 b.
3. Зaкировa Ф.М. и др. Информaтикa и информaционные технологии. – Тaшкент: Aлоqaчи, 2007.
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling