1-Amaliy topshiriq. 712-20 guruh talabasi Ramazonov Asadbek
Download 32.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqPsixalogiya 1-amaliy
1-Amaliy topshiriq. 712-20 guruh talabasi Ramazonov Asadbek 1-savol. Tarbiyada oilaviy munosabatlar haqida gapirib bering? Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Oilada ota-onalar namunasi bolalar uchun hayot darsi hisoblanadi. Otaning onaga, ona mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo’lgan munosabati bola qalbiga yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul va noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarini vujudga keltiradi. Oila muhiti- bu qandaydir tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yoshdagi kishilarning har taraflama olib boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a’zolarining o’zaro yuksak ahloqiy munosabatlarining yig’indisi va nihoyat, kattalarning bolalarga ijoboy ta’sir ko’rsatish namunasi natijasidir. O‘zbekistonda ishlab, faoliyat olib borayotgan barcha fuqorolarga ya‘ni ota-onalarga ham masofadan turib faoliyat olib borish imkoni berildi. Uyda qolib farzandlarining ta‘lim-tarbiyasi va sog‘ligi haqida qayg‘uradigan ota-onalarimiz, farzand tarbiyasi o‘ta murakkab va mas‘uliyatli vazifalardan biri ekanligini anglamoqdalar. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma yoki bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika-estetika, psixologiya, pedagogika kabi sohalarga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir. Bola hayotining ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan mavjud kelishmovchiliklar, nosog‘lom ahloq-odob namunalari bolaga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bunday nosog‘lom muhitdagi oilalarda tarbiyalanayotgan bolalardan “Ma‘naviy xasta” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma‘naviyatiga, uning kelajagiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadilar. Hamma narsa, hatto eng oddiy bo‘lib ko‘ringan oilaviy munosabatlar ham bolaga ta‘sir ko‘rsatadi. Keling hurmatli ota-onalar salbiylikni ijobiylik bilan almashtirib rostgo‘ylik, samimiylik, sodiqlik, shirin so‘z bo‘lib ko‘raylik shunda bolalarimiz kamolotidagi zarur hayotiy vositalardan biri ekanligini bilib olamiz. Qush uyasida ko‘rganini qiladi degan maqol bejiz aytilmagan xalqimizda. Bolalar yana tarbiyani atrof-muxitdan oladi, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o‘xshaydi suv idishning shaklini olganidek bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladi. Oiladagi tarbiya bolani ruhiy olamiga hissiyotiga va tuyg‘ulaiga o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko aytganidek, besh yoshgacha bo‘lgan bola tarbiyasida bolaning shaxsiyati shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o‘tgan. Bu haqida shunday deb yozgan: “Tarbiyaning bosh asosi besh yoshigacha nima qilgan bo‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 % ni tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi” Ayni shu davrda ota-onaning tarbiyasidagi e‘tibori, oilaviy muhitning sog‘lomligi farzand kamolotida katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, yangi hayot, yangi jamiyat qurishga kirishdi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin – demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevori barpo etildi. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda ulkan o’zgarishlar amalga oshirildi. Davlatimiz dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o’rin egallay boshladi. XXI asrning dastlabki yilidanoq ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etish – O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasiga aylandi. Asosiy maqsad yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qilish, jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O’zbekistonnning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etish, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptirish bo’lib qoldi. Albatta, milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi va uning maqsadlarini o’quvchi – yoshlar ongiga singdirishda ta’lim – tarbiya bilan bir qatorda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, oila mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri hisoblanadi. Oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy manbalarga ega. Zero, insonning taqdiri ham, kelajakdagi yutuqlari ham, kasb tanlashi ham, axloqli – odobli bo’lishi ham oilaga bog’liqdir. Chunki, farzandlarimizning yaxshi xulqi, axloqi oilada kamol topadi. O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyat hayotida milliy qadriyatlarni tiklash va ular asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustivor yo’nalishiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida turish huquqiga ega” deb ta’kidlanishi bilan birga ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetganlariga qadar boqish va tarbiyalashga, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majbur ekanliklari 64, 66 – moddalarda ko’rsatilgan. Darxaqiqat, oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash kelajagimiz garovidir. Shuning uchun ham bolalarda yoshligidanoq milliy urf-odatlar, udumlar, an’analar va axloqiy madaniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish, oilaga bog’liq. Bolaning pok va sof sadoqat, ma’naviy jihatdan yuksak bo’lib o’sishi, oilaga oiladagi mustahkam, tinch va totuvligiga bog’liq. Chunki, unda tarbiyalanayotgan yosh avlod ham ma’naviy jihatdan yetuk, sog’lom, mustaqil fikrli komil inson bo’lib voyaga yetadi. Albatta bolaning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi oila totuvligi, uning davomiyligi oila a’zolarining ruhiyatiga o’zligini qanchalik darajada anglaganligida, o’z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgandagina to’laligicha ta’minlanadi. Oilada mehr-muhabbatning ustuvorligi bolada ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning asosini tashkil etadi. Biroq oila, o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra har bir farzand uchun o’ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega. Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib, oila a’zolarining o’z burchlari, bir-biriga nisbatan ezgulik, mehr-oqibat, yaxshi va munosib tarzda yashash, oilasining, qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shuningdek, kattalarning yoshlarga bergan saboqlari, ro’zg’or tutish, bola tarbiyalash bobidagi tajriba o’g’il va qizlarga oila mustahkamligini ta’minlashda keyin ham asqotadi. Download 32.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling