1-amaliy Vaqtinchalik va doimiy omborxonalarni turlari, tuzilishi va o‘lchamlari. Darsning maqsadi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1amaliy sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabzavot va mevalar saqlanadigan idishlar
- Piyozni maxsus 4 qavatli
2-vazifa. Quyidagi saqlash texnologiyasi bo’yicha 600 tonna piyozni saqlash uchun ombor
maydonini hisoblang: Majburiy shamollatiladigan 4 qavatli tokchalarda piyozni joylash, balandligi 0,4 m, eni 1,8 m, bo’yi 3 m. Piyozning hajm bir-ligi 1 m 3 ga 560-580 kg mahsulot ketadi. Omborning, foydalanish koeffisienti 75%. 3-vazifa. Tabiiy shamollatiladigan 1500 tonna kartoshkani xirmon usulida saqlashda doimiy ombor maydonini hisoblash. Xirmon balandligi 1,2 m, eni 3 m, uzunligi 8 m. Kartoshkaning hajm birligi - 1 m 3 ga 650-700 kg mahsulot ketadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 4-vazifa. 200 tonna qishki olma mevalarini sovutiladigan omborlarga uzoq muddat saqlash uchun joylashtirishda zarur bo’ladigan yashiklar, tagliklar va ombor maydonini hisoblash. Bunda olma saqlanadigan №3 nomi bilan ataluvchi yashikning (1.2-rasm) sig’imi 25 kg. Yashiklar taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 5-vazifa. Faol shamollatiladigan va sovutiladigan doimiy omborlarda 400 tonna qishki olma mevalarini uzoq muddat saqlash uchun zarur bo’ladigan konteynerlar va ombor maydonini hisoblash. Bunda olma saqlanadigan konteynerning (1.3-rasm) sig’imi 250 kg. Konteynerning uzunligi 0,9 m, eni 0,6 m. Konteynerlarni 2 qavat qilib taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 6-vazifa. 300 tonna uzumni sovutiladigan omborlarga saqlash uchun joylashtirishda talab etiladigan yashiklar, tagliklar va ombor maydonini hisoblash. Bunda uzum saqlanadigan №1 nomi bilan ataluvchi yashikning sig’imi 8 kg. Yashiklar taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. Doimiy omborlarda meva-sabzavotlarni joylashtirish tar-tibi. Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda xirmonlarda to’kma holda, konteynerlarda, yog’och yashiklarda yoki qoplarda saqlanadi (17-rasm). 1 2 3 17-rasm. Sabzavot va mevalar saqlanadigan idishlar: 1-qop; 2-yashik; 3-konteyner. Karamni oziq-ovqat maqsadida tokchani eni va bo’yiga qarab taxlanadi. Tokchaning kengligi 1 m, balandligi esa 0,6-0,8 m bo’lib, 3-5 qavat karam boshlari joylanadi. Lavlagi, turp, sholg’om kichik xirmonlarda (kengligi 3-4 m, uzunligi binoning kengligiga qarab) saqlanadi. Lavlagining xir-mondagi qatlami 1,2-1,5 m, turp va sholg’om uchun 1 metrgacha bo’ladi. Piyoz maxsus to’rli qoplarga joylangan holda shtabellarga tax-lanib, yoki maxsus 4 qavatli stellajlarda to’kma holda saqlanadi. Bunday stellajlarda piyoz yaxshi saqlanadi, ularni shamollatib turish va saqlanish holatini nazorat qilish juda qulaydi (18-rasm). 18-rasm. Piyozni maxsus 4 qavatli Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling