1-amaliy Vaqtinchalik va doimiy omborxonalarni turlari, tuzilishi va o‘lchamlari.
Darsning maqsadi: talabalarga kartoshka va sabzavotlarni kuzgi-qishki davrda
saqlash
uchun vaqtinchalik omborlarni tashkil etishni o’rgatish. Bunda talabalar vaqtinchalik omborlarni
tashkil etishda mahsulot turi va miqdoriga ko’ra qancha uyum yoki o’ralar zarurligi, ularni barpo
etish
tadbirlari, ularga mahsulotlarni joylashtirish va ustini berkitish tartibi bilan amaliy
tanishtiriladi (1-rasm)
Talabalarni meva, kartoshka va sabzavotlarni doimiy omborlarda
saqlash tartibi bilan
tanishtirish. Mahsulot turi, miqdori, saqlash davomiyligi va saqlanish usuliga ko’ra talab etiladigan
omborlar maydonini hisoblashga o’rgatish.
1-rasm. Kartoshka saqlanadigan uyumni tashkil qilish sxemasi:
1-yakuniy
tuproq
qoplamasi;
2-birinchi
tuproq
qoplamasi;
3-uyum
termometri;
4-kartoshka; 5-poxol; 6-havo quvuri; 7-yog’ingarchilik suvlar uchun ariqcha.
Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlashga joylashtirishni rejalashtirishda quyidagi
ma’lumotlarga ega bo’lish zarur:
mahsulot turi, uning miqdori va saqlash maqsadi, saqlash
muddati va usullari, mavjud ombor hajmi.
Har bir mahsulot turini saqlash usullarini tanlashda joy sharoiti
va mavjud ombor hajmlari
inobatga olinadi. Masalan turli ob-havo sharoitlariga bog’liq ravishda kartoshka saqlash uchun
uyum va xandaq o’lchamlari turlicha bo’lishi mumkin (19-jadval).
19-jadval
Kartoshka uchun uyum va xandaqlar o’lchami va ularga mahsulot joylash balandligining
ob-havo sharoitlariga bog’liqligi
Mintaqa va
tuman
Yanvarning
o’rtacha ha-
rorati (°S)
Uyumlar (m)
Xandaqlar (m)
kengligi
chuqurlig
i
joylash
balandligi
kengligi chuqurligi
joylash
balandligi
Janubiy
- 2
gacha
1,0-1,2
0,2
0,6
0,8
0,6
0,8
G’arbiy va janu-
biy-g’arbiy
-4dan -6
gacha
1,5-2,0
00,2
0,8
0,8
0,6
0,8
O’rta va shimo-
liy-g’arbiy
-5 dan -8
gacha
2,0-2,5
0,2-0,5
1-1,2
0,8
0,6
0,8
Shimoliy
-9 dan -20
gacha
2,0-2,5
0,2-0,5
1-1,2
1,0
0,8
1,0
Odatda kartoshka va sabzavotlar doimiy omborlarda saqlanadi.
Zarur ombor hajmini
hisoblash uchun 1 m
3
mahsulot og’irligini bilish shart.
Kartoshka va sabzavotlarni 1 m
3
og’irligi (kg):
Kartoshka
650-700
Sabzi
550-600
Karam
400-450
Piyoz
550-600
Kartoshka va sabzavotlarni doimiy ombor va dala sharoitida saqlashda uyum, xandaq (o’ra)
hajmlarini hisoblashni bilish kerak. Odatda ular formulalar yordamida echiladi.
1-vazifa. Quyidagi miqdordagi sabzavotlarni saqlashga joy-lashtirish uchun ariq-o’ralar
miqdorini hisoblang:
a) 500 tonna kartoshka uchun, agar ariq-o’ralar quyidagi o’lcham-da bo’lsa: uzunligi 20 m,
eni 0,8 m, chuqurligi 0,6 m.