stellajlarda saqlash (stellajning
eng ustki qavatining ko’rinishi)
Sabzi va boshqa ildizmevalilar
tokchalarda yoki er sathida,
har qatlam orasiga qum sepib,
uyum yoki piramida shaklida yaxshi saqlanadi. Piramidalar o’lchami: uzunligi 2-7 m (omborxona
kengligiga qarab), asosining kengligi 1 metrgacha, joylash balandligi 0,7-0,8 m. Uyum balandligi: satx
yoki ostki tokchada 0,7-0,8 m va yuqori tokchada 0,5-0,6 m. Sabzini er sathida saqlashda piramida
ostiga 6-7 sm qalinlikda qum sepiladi. Ildizmevalar ustidan 4-5 sm qalinlikda qum sepiladi. Bir tonna
sabzi uchun 0,5 m
3
atrofida qum ketadi.
Keyingi yillarda ildizmevalarni idishlarda saqlash keng qo’llanmoqda.
Odatda shu maqsadda
25-30 va 8-10 kg li yashiklar yoki katta hajmli konteynerlar ishlatiladi.
Uning ijobiy tomoni
shundaki, faol shamollatish
va joylashtirish qulaylashadi, shuning-dek
ombor maydonidan
foydalanish imkoniyatlari kengayadi.