1-amaliy Vaqtinchalik va doimiy omborxonalarni turlari, tuzilishi va o‘lchamlari. Darsning maqsadi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana26.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1128282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1amaliy sirtqi

2-vazifa. Quyidagi saqlash texnologiyasi bo’yicha 600 tonna piyozni saqlash uchun ombor 
maydonini hisoblang: 
Majburiy shamollatiladigan 4 qavatli tokchalarda piyozni joylash, balandligi 0,4 m, eni 1,8 m, 
bo’yi 3 m. Piyozning hajm bir-ligi 1 m
3
ga 560-580 kg mahsulot ketadi. Omborning, foydalanish 
koeffisienti 75%. 
3-vazifa. Tabiiy shamollatiladigan 1500 tonna kartoshkani xirmon usulida saqlashda doimiy 
ombor maydonini hisoblash. Xirmon balandligi 1,2 m, eni 3 m, uzunligi 8 m. Kartoshkaning hajm 
birligi - 1 m
3
ga 650-700 kg mahsulot ketadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 
4-vazifa. 200 tonna qishki olma mevalarini sovutiladigan omborlarga uzoq muddat saqlash 
uchun joylashtirishda zarur bo’ladigan yashiklar, tagliklar va ombor maydonini hisoblash. Bunda 
olma saqlanadigan №3 nomi bilan ataluvchi yashikning (1.2-rasm) sig’imi 25 kg. Yashiklar 
taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta 
taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 
5-vazifa. Faol shamollatiladigan va sovutiladigan doimiy omborlarda 400 tonna qishki olma 
mevalarini uzoq muddat saqlash uchun zarur bo’ladigan konteynerlar va ombor maydonini 
hisoblash. Bunda olma saqlanadigan konteynerning (1.3-rasm) sig’imi 250 kg. Konteynerning 
uzunligi 0,9 m, eni 0,6 m. Konteynerlarni 2 qavat qilib taxlanadi. Omborning foydalanish 
koeffisienti 85%. 
6-vazifa. 300 tonna uzumni sovutiladigan omborlarga saqlash uchun joylashtirishda talab 
etiladigan yashiklar, tagliklar va ombor maydonini hisoblash. Bunda uzum saqlanadigan №1 nomi 
bilan ataluvchi yashikning sig’imi 8 kg. Yashiklar taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 
m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. 
Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 
Doimiy omborlarda meva-sabzavotlarni joylashtirish tar-tibi. Sabzavot va mevalar doimiy 
omborlarda xirmonlarda to’kma holda, konteynerlarda, yog’och yashiklarda yoki qoplarda 
saqlanadi (17-rasm). 



 
 
 
 

 
 
 
 

17-rasm. Sabzavot va mevalar saqlanadigan idishlar: 
1-qop; 2-yashik; 3-konteyner. 
Karamni oziq-ovqat maqsadida tokchani eni va bo’yiga qarab taxlanadi. Tokchaning kengligi 
1 m, balandligi esa 0,6-0,8 m bo’lib, 3-5 qavat karam boshlari joylanadi. 
Lavlagi, turp, sholg’om kichik xirmonlarda (kengligi 3-4 m, uzunligi binoning kengligiga 
qarab) saqlanadi. Lavlagining xir-mondagi qatlami 1,2-1,5 m, turp va sholg’om uchun 1 metrgacha 
bo’ladi. 
Piyoz maxsus to’rli qoplarga joylangan holda shtabellarga tax-lanib, yoki maxsus 4 qavatli 
stellajlarda to’kma holda saqlanadi. Bunday stellajlarda piyoz yaxshi saqlanadi, ularni shamollatib 
turish va saqlanish holatini nazorat qilish juda qulaydi (18-rasm). 
 
 
 
 
 
18-rasm. Piyozni maxsus 4 qavatli 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling