1-amaliy vazifa bajardi: Axtamov Azimjon Guruh: 120-20
Download 0.63 Mb.
|
1-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining tarkibi
- Axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI ISH YURITISH HUQUQI FANIDAN BAJARILGAN 1-AMALIY VAZIFA Bajardi: Axtamov Azimjon Guruh: 120-20 Tekshirdi : Usmonov Jonibek TOSHKENT – 2023 Jadval shaklidagi ma'lumotlardan foydalanish stat.uz diagramma chizish Aholining mobil aloqa bilan ta'minlanishi (100 doimiy aholiga) Oʻzbekistonda aholining mobil aloqa bilan taʼminlanganlik darajasi 2022-yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha mobil aloqa bilan taʼminlangan abonentlar (aholi) soni 25 892,1 ming birlikni tashkil etib, mobil aloqa bilan taʼminlanganlik darajasi har 100 kishi hisobiga 73 birlikni tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan mazkur koʻrsatkich 5,8 % ga oshgan (2021-yil 1-aprel holatiga koʻra, 69 birlikni tashkil etgan).
AKT sohasida ishlaydigan xodimlar soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020- yil 3- avgustdagi PQ- 4796- son qaroriga, shuningdek, milliy statistika strategiyasini amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» ga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi statistikani takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan. Xususan, Davlat statistika qo'mitasi «Yo'l xaritasi» da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda AKT sohasidagi statistikani takomillashtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» direktori o'rinbosari, «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki» direktori ishtirok etdi. Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i Mirzaxidov Abdugafir boshchiligidagi Markaziy apparat boshqarma boshliqlari hamda xodimlari qatnashdi. Aloqa xizmatlarini ko'rsatishdan aloqa korxonalarining daromadlari tarkibi Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining tarkibi2022- yilning yanvar-oktabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi. Ularning ulushi 64,9 %ni tashkil etdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida kompyuterda dasturlash xizmatlari, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar 18,0 % ga, axborot xizmatlari - 8,2 % ga, nashriyot xizmatlari - 4,4 % ga, shuningdek boshqa aloqa xizmatlari - 4,5 % ga tashkil etdi. Axborot va aloqa korxonalari soni Axborot va aloqa sohasidagi korxonalar soni2022- yilning yanvar- mart oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan. Yanvar- mart oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalarni yillar kesimida: 2018- yilda – 362 ta 2019- yilda – 370 ta 2020- yilda – 488 ta 2021- yilda – 704 ta 2022- yilda – 615 ta Taqdim etilayotgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi Bugungi kunga kelib, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida aloqa va axborotlashtirish sohasining o‘rni beqiyos. Ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi, 2016- yil yakunlariga ko‘ra 6,3 trln. so‘mni tashkil etgan. Sohada olib borilgan islohotlar natijasidasida 2020- yil natijalariga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 13,9 trln. so‘mni tashkil etdi. 7. Pochta aloqasining asosiy ko'rsatkichlari Pochta aloqasining asosiy ko‘rsatkichlari / Основные показатели почтовой связи / Main indicators of mail service Aloqa korxonalarining aholiga aloqa xizmatlaridan tushadigan daromadlari tarkibi 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari)ga toʻgʻri keldi. Ularning ulushi 64,2 % ni tashkil etdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida kompyuterda dasturlash xizmatlari, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar 18,4 %, axborot xizmatlari – 8,5 %, noshirlik xizmatlari – 4,4 %, shuningdek, boshqa aloqa xizmatlari – 4,5 % ni tashkil etdi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling