1-amaliyot Avtomatlashtirish vositalarini tanlash va avtomatika elementlarining statik tavsifnomalarini aniqlash
Download 38.66 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statik tavsifnomasi
1-amaliyot Avtomatlashtirish vositalarini tanlash va avtomatika elementlarining statik tavsifnomalarini aniqlash. 1. Datchiklar haqida umumiy tushuncha Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari xaqida ma'lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan o‘zgartirgichlar asosan 6 guruhga bo‘linadi: mexanik; elektromexanik; issiqlik; elektrokimeviy; optik elektron - ion. Datchiklarning turlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular bir xildagi bir necha asosiy ko‘rsatkichlarga ega: Statik tavsifnomasi - chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog‘likligi (1.1-rasm). Statik tavsifnomasi chiziqli datchiklar uchun sezgirlik koeffitsienti o‘zgarmaydi. 1.1-rasm. Datchiklarning statik tavsifnomalari. 1. Statik tavsifnomasi nochiziqli datchiklar uchun sezgirlik koeffitsienti har xil nuqtalarda har xil bo‘ladi va bu kattatik differentsial sezgirlik deyiladi. Uni aniqlash uchun quyidagi formula qo‘llanadi: Ks=dy/dx=y/dx 2. Datchikning absolyut xatoligi - datchikning chiqish signalining xaqiqiy u1 va uning hisoblangan qiymatlarning farqi, ya'ni y = y1- y2 3. Datchikning nisbiy xatoligi - 4. Datchikning dinamik tavsifnomasi - chiqish signalining vaqt mobaynida o‘zgarilishini ko‘rsatadi. 5.Datchikning dinamik tavsifnomasi chiqish signalining vaqt mobaynida o’zgarishini ko’rsatadi. Rezistiv datchiklar chiziqli va burchak harakatlarni kuch va momentlar, tebranish va vibratsiyalar, xarakat va yorug’lik kabi noelektrik kattaliklarni nazorat qilish va o’lchash jarayonlarida qo’llaniladi. Rezistiv datchiklar guruhiga potentsiometrik, ko’mir (kontaktli), tenzometrik kabi datchiklar (fotorezistiv, termorezistiv) kiradi. Bunday turdagi datchiklarning ish printsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta'sirida uning aktiv qarshiligi o’zgarilishiga asoslangan bo’ladi. Potentsiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan harakat sezgir elementga uzatilib uning qarshiligi hisobiga o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishga aylantiriladi Potentsiometrning xarakatlanuvchi kontakti nazorat qilinayotgan harakatga bog’langan bo’lib, ob'ektning holati o’zgarilganda uning qarshiligi ham va ikkilamchi asbobdagi ko’rsatgich o’zgariladi. Ikkilamchi asbob esa nazorat qilinayotgan parametrlar birligida darajalangan. Kuchlanishning tebranishlarini ta'sirini yo’qotish maqsadida stabillashgan manbalardan foydalanish tavsiflanadi. Potentsiometrik datchikning tavsifnomalari va sezgirligi analitik usulda hisoblanadi. Ko’rsatilgan sxema uchun quyidagi tenglamani tuzsa bo’ladi. Rx X Ix Ra ---- = ---- -: ---- = ----- (1.1) R l Ia Rx I= Ix+Ia. Uct=I(R-Rx)+IaRa. (1.2) Potentsiometrik datchiklar yuqori darajadagi aniqlik va tavsifnomalari o’zgarmas, sodda, kichik gabaritlari va arzonligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ulardan foydalanilayotganda qo’shimcha kuchaytirigichlarni ishlatishni xojati yo’q chunki ularning chiqish quvvati ikkilamchi asboblar uchun yetarli. Lekin xarakatlanuvchi kontaktning mavjudligi ularning puxtaligini pasaytiradi. Download 38.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling