1-amaliyot Avtomatlashtirish vositalarini tanlash va avtomatika elementlarining statik tavsifnomalarini aniqlash
Induktiv va transformator datchiklari
Download 38.66 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sig’im datchiklari
Induktiv va transformator datchiklari
Elektromagnitli datchiklar sodda tuzilishi va puxtaligi bilan avtomatika tizimlarida keng miqyosda qo’llanib kelinmoqda. Elektromagnitli datchiklar kirish kattaligini o’zgarishi bo’yicha induktiv, transformator va magnitoelastik turlariga bo’linadi. Induktiv va transformator datchiklarning ish printsipi po’lat yakorning holati o’zgarilganda po’lat o’zakli chulg’amning induktivligi o’zgarishiga asoslangan. Induktiv va transformator datchiklari o’zgaruvchan tok zanjirlarida ishlab, mikronning undan bir qismidan to bir necha santimetrgacha bo’lgan xarakatlarni o’lchaydi va ularni nazorat qiladi. Datchikning kirish kattaligi havo bo’shlig’i bo’lib, chiqish kattaligi Ia. ikkilamchi asbobdagi tok bo’ladi. Ia qiymati cho’lg’amning induktiv qarshiligi hamda o’lchov asbobining aktiv qarshiligiga bog’liq. Chulg’amning induktivligi ikkita havo bo’shlig’ni hisobga olga holda quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: L=22S10-7/ (1.3) chiqishdagi tok esa: Io’zg=U/Z=U/R2+(L)2 (1.4) bu yerda: R=Rch+Ro’zg - chulg’amning va o’lchov asbobi qarshiliklarining yig’indisi, Om; L - chulg’amning induktiv qarshiligi, Om; - chulg’amning o’ramlar soni; S - magnit o’tkazgichning kesim yuzasi, m2; - xavo bo’shlig’i, m. Datchikning sezgirligi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: Kd=dIo’zg/d=U107/22S (1.5) Differentsial datchiklarda kirish signalining belgisi o’zgarilganda chiqish signalining belgisi ham unga mos ravishda o’zgaradi. Sig’im datchiklari Sig’im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklarni (chiziqli va burchak xarakatlarni, mexanik kuchlanish, satx va kabilar) sig’im o’zgarilishiga aylantiriladi. Amalda sig’im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O’lchaydigan kattaliklariga qarab sig’im datchiklari yuzasi o’zgaruvchan, oraliq masofasi o’zgaruvchan va dielektrik singdiruvchanligi o’zgaruvchan turlariga bo’linadi. Tekis kondensatorning sig’imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: C=0S/, (1.6) bu yerda: (0 =8,85(10-12 f /m - vakuumning dielektrik singdiruvchanligi; - kondensatorning plastinalararo muhitining dielektrik singdiruvchanligi; S - plastinalarning yuzasi; - plastinalararo masofa. Oraliq masofasi zgaruvchan datchiklar 0,1...0,01 mkm aniqligda chiziqli harakatlarni, yuzasi o’zgaruvchan datchiklar chiziqli va burchak xarakatlarni nazoratida va dielektrik singdiruvchanligi o’zgaruvchan datchiklar namlik, sath, kimyoviy tarkib kabi kattaliklarni o’lchashda qo’laniladi. O’lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig’im datchiklari ko’priksimon sxemalarga ulanadi. O’lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig’im datchiklari ko’ priksimon sxemalarga ulanadi. Download 38.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling