1– amaliyot ishi tarmoqda ipv6 adreslash tamoyillari


Download 1.37 Mb.
bet1/2
Sana19.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1033782
  1   2
Bog'liq
1-amaliyot(tayyor) (1)


1– AMALIYOT ISHI
TARMOQDA IPV6 ADRESLASH TAMOYILLARI.


Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida IPv6 manzillash tamoyillarini tadqiq qilish.
Nazariy ma’lumotlar
IP (Internet Protocol) tarmoq bo‘ylab ma’lumot uzatishga javob beradigan TCP/IP barcha stekning asosiy protokoli hisoblanadi. TCP/IP modelining tarmoq pogonasida asosan 2 xil IP protokoli mavjud: IPv4, IPv6.
IPv4 (angl. Internet Protocol version 4) 1981-yilda ishlab chiqarilgan. IPv4 – bu IP protokolning (Internet Protocol) to‘rtinchi versiyasi bo‘lib, hozirgi kunda Internet tarmog‘ining asosini tashkil qiladi.
IPv6: 1990 –IETF internetni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi guruh IP protokolining yangi versiyasi ustida ishlay boshladi. 1998 – IPv6 RFC 2460 sifatida qabul qilindi.



IPv6 da 128 bit ishlatiladi.
X – 4 ta 16 lik belgi yoki 16 ta ikkilik raqam ishlatiladi

IPv4/IPv6 special addresses

Addresess Type

IPv4

IPv6

Default Route

0.0.0.0/0

::/0

Unspecified

0.0.0.0/32

::/128

Loopback

127.0.0.1/8

::1/128

Multicast

224.0.0.0/8

ff00::/8

Link-Local

169.254.0.0/16

fe80::/10

Global Unicast

N/A

2000::/3



Unique Local

10.0.0.0/8
172.16.0.0/12
192.51.0.0/16



fc00::/7



Documentation

192.0.2.0/24
198.51.100.0/24
203.0.113.0/24



2001:db8::/32



IPv4 bilan IPv6 solishtirganda birinchi navbatda quyidagi o‘zgarishlarga e’tibor berish kerak bo‘ladi:

  • Paket sarlavhasi o‘zgartirilgan soddalashtirilgan va kengaytirilgan.

  • Paket sarlavhasi 128-bitli manzil maydoniga manzillar klassifikatsiyasi kiritilgan, ularni ajratish va qayta ishlash soddalashtirilgan;

  • Tarmoqdagi magistral marshrutizatsiyada marshrutizatsiya manzillari soni kamaytirish imkoniyatini beradigan ierarxiya kiritilgan.

  • Protokolni joriy qilish orqali IPv4 da qo‘shimcha protokollar yordamida (ICMP, DHCP, ARP) joriy qilingan imkoniyatlarning bir qismiga ega bo‘linadi;

Har bir punktga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
1. Paket sarlavhasi soddalashtirilgan va moslashuvchan. IPv6 paket bo‘lishi kerak bo‘lgan sarlavhadan, majburiy bo‘lmagan sarlavha qismidan iborat, foydali yuklama sarlavha va nisbatan yuqoriroq pog‘ona protokol ma’lumotlari bo‘ladi(3.2-rasm).
3.2-rasm. IPv6 paket sarlavhasi tuzilishi.



  • Version - IPv6 da bit 6 ga teng.

  • Traffic Class — 8 bitli maydon trafik sinfini va muhimliligini aniqlaydi. Paket muhimliligini aniqlash uchun marshrutizator va interfeyslarga jo‘natib ko‘rishdan foydalanishi mumkin.

  • Flow Label – oqimning 20 bitli belgisi. Marshrutizatorda ma’lumotlar oqimi identifikatori yordamida xizmat ko‘rsatish sinfini qo‘llab quvvatlashga mo‘ljallangan.

  • Payload Length – 16 bitli maydon. Bayt o‘z ichiga IPv6 sarlavhasidagi (tarmoq pog‘onasi qo‘shimcha sarlavhasi, yuqori pog‘ona protokollari ma’lumotlari va sarlavhalari) ayrim ma’lumotlarni oladi.

  • Next Header – keyingi sarlavha turi 8 bit (transport pog‘onasi yoki IP- pog‘ona qo‘shimcha sarlavhasi).

  • Hop Limit – belgisiz 8 bitli maydon. Paket qabul qilib oluvchiga borish yo‘lida oraliq tizimlarning maksimal soni. Har bir marshrutizator 1 ga kamaytiradi. Agar Hop Limit 0 teng bo‘lsa yo‘q qilinadi.

  • Source Address – 128 boshlang‘ich ma’lumotlar.

  • Destination Address – 128 bitli paket manzili. Bu manzil agar paketda Routing ko‘rsatilsa oraliq bo‘lishi mumkin.

Barcha majburiy bo‘lmagan maydon qo‘shimcha sarlavhaga o‘tkaziladi. Barcha sarlavhalar faqat qabul qilib oluvchi tomonidan ularning tartibi bo‘yicha qayta ishlanadi, paketning ma’lum bir sarlavha qismi ko‘rib chiqilishi va faqat u qayta ishlanishi mumkin emas. Hop-by-Hop deb ataladigan sarlavha bundan istisno. Bu sarlavha jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi tarmoqning barcha tugunlarida qayta ishlanishi kerak. Bu sarlavha IPv6 sarlavhasiga darhol o‘tkazilishi kerak, ya’ni Next Header maydoni nolga tenglashishi kerak. Har bir sarlavha xajmi sakkis marotabaga kengaytirilishi kerak. IPv6 protokolini to‘liq joriy qilish uchun quydagi oltita sarlavha qayta ishlanishi kerak:

  • Hop-by-Hop Options — bu sarlavhada marshrutizatorlar uchun paket qaysi marshrutizatorlar orqali o‘tishi to‘g‘risidagi axborot bo‘ladi.

  • Routing (Type 0) — bu sarlavhada marshrutizatorlar to‘g‘risida axborot bo‘ladi (tarmoqdagi barcha oraliq marshrutizatorlar to‘g‘risida), ya’ni paket o‘tishi kerak bo‘lgan.

  • Fragment – paketlarni fragmentatsiyasini qo‘llab quvvatlashini ta’minlovchi sarlavha.

  • Destination Options – oxirgi tizimda paketlarni qayta ishlanish usullari to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga oladigan sarlavha;

  • Autentification Header (AH) – sarlavha barcha paketlarning autentifikatsiyasiga javob beradi.

  • Encapsulating Security Payload (ECP) – sarlavha shifrlangan kontentni uzatishda foydalaniladi;

IPv6 protokolida paketlar marshrutizatorda fragmentlanishi va to‘planishi mumkin emas. Jo‘natuvchi avvaldan qabul qilib oluvchigacha bo‘lgan barcha nuqtalar qo‘llab quvvatlaydigan paketning maksimal hajmini (Maximum Transmission Unit, MTU) aniqlab olishi kerak. MTU 576 baytdan kichikroq bo‘lishi mumkin emas, balki shuning uchun so‘ng versiya IPv6 spesifikatsiyasida bu qiymat 1500 baytgacha oshirilgan. Fragmentatsiya to‘g‘risida marshrutizatorlarni ozod etilganligi ularning ishlash samarodorligini oshirish imkonini berdi, ma’lum bir darajada ishlashni va oxirgi tizimlar fuknsionalligini murakablashtirdi.
IPv4 protokoli bilan taqqoslaganda paket sarlavhasi ancha soddalashtirilgan. Barcha majburiy bo‘lmagan sarlavhalar qo‘shimcha charlovhaga o‘tkazilgan, har bir marshrutizatorda hisoblanadigan nazorat summasi sarlavhasi yo‘q qilingan. IPv6 protoklining paketdagi asosiy o‘rni jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi manzili bilan shug‘ulanish bo‘ladi.
Ma’lumotlarni jo‘natish oynasining minimal xajmi IPv4 protokoli bilan taqoslaganda “xizmat ma’lumotlari”/”paket uzunligi” munosabati jiddiy o‘zgarishga yuz tutmagan (IPv4 da MTU 800 va IPv6 da MTU 1500 da 14 % va 12% munosabatda). O‘zgarish paketlarni uzatish qoidalariga ta’luqli - IPv6 da quydagilar taqiqlangan: orqali marshrutizatorlarda fragmentlash, paketlar Hop-by-Hop Options marshruti qo‘shimcha sarlavhasini ko‘rsatish asosida o‘tishi, ESP sarlavhasi yordami bilan paketlarni inkapsulyatsiyalash va tunnellash qo‘shimcha imkoniyatlarini kiritish.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling