1-Amaliyot Materiallar tuzilishi va ularning xossalari. Qattiq jismlarning tuzilishi. Struktura va uning materiallar xossalariga ta’siri Reja
Download 120.19 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-ma’ruza materiallar tuzilishi va ularning xossalari. Qattiq ji
a, v, s vektorlarni joylashtiramiz. x - o‘qi bo‘yicha a, 2a, 3a, . . . masofalarga, y- o‘qi bo‘yicha v, 2v, 3v, . . . masofalarga va nihoyat z- o‘qi bo‘yicha s, 2s, 3s, . . . . masofalarga atomlarni joylashtirib kristall panjaraning x, y, z o‘qlari bo‘yicha birlashgan atomlar zanjirini hosil qilamiz.
Tugunlardagi atomlarni ko‘chirish (translyasiya) vektori deb atalgan vektor T = na + mv + ks yordamida (2- rasm) o‘qlar bo‘yicha ko‘chirib kristall panjara xosil qilinadi. a, b, c vektorlariga qurilgan eng kichik uyachani Brave panjarasi yoki elementar yacheyka deb ataladi. O‘qlar orasidagi , , burchaklar ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Faqat tugunlarida atom joylashgan elementar uyachalarni oddiy uyachalar deyiladi. YOqlarining yoki ichining markazida ham atomlar joylashgan bo‘lsa, ularni yoqlari yoki hajmiy markazlashgan uyachalar deyiladi. Tabiatda uchraydigan barcha kristallarni (230 fazoviy guruhlarga bo‘linadi va 105 dan ortiq ko‘rinishga ega) 14 xil Brave elementar uyachalari yordamida qurish mumkin. Kristallardagi tugunlarni, yo‘nalishlarni va tekisliklarni belgilash uchun Miller indekslari deb atalgan yaxlit sonlar to‘plamidan foydalaniladi (3 - rasm, a,b, v, g). Koordinata o‘qlarining boshi sifatida tugunlardan biri qabul qilinsa, unga nisbatan boshqa tugunlarning koordinatalari x = ma, y = nb, z = kc lar bilan aniqlanadi. Agar uzunlik birligi etib panjara doimiylari a,b,c lar qabul qilinsa tugunlarning koordinatalari m, n, k butun sonlardan iborat bo‘ladi. Odatda, ular ikkita to‘g‘ri qavslar ichiga yoziladi [m, n, k]. Kristallardagi yo‘nalishlar koordinatalar boshidan o‘tadigan to‘g‘ri chiziqlar bilan belgilanadi va ular to‘g‘ri chiziqli qavslar ichiga olib yoziladi [m, n, k] (3 - rasm, a). Kristall panjaraning ixtiyoriy uch nuqtasidan o‘tkazilgan tekisliklarni atom tekisliklari deyiladi. Ular 3-rasmda (b, v, g) ko‘rsatilgandek belgilanadi. Kristallarning ichki tuzilishini qanday o‘rganish mumkin? Kristallarning tuzilishini aniqlash usullari ularning atomlari kristall panjara hosil qilib joylashganligiga asoslangan. Har qanday kristall jismni hajmiy difraksion panjaradan iborat deb qarash mumkin. Bunda difraksion panjaraning davri kristall panjaraning doimiysiga teng bo‘ladi. Hajmiy difraksion panjaradan elektromagnit to‘lqinlarning difraksiyalanish qonuniyati bilan rentgen nurlari difraksiyasini kuzatganda tanishgan edik. Demak, kristallning turli yo‘nalishlardagi sirtiga ma’lum sirpanish burchagi ostida rentgen nurlarini, elektronlarni, neytronlarni tushirib, ularning difraksiyasini o‘rganish asosida kristall panjaraning doimiylarini Vulf-Breggilar qonuni yordamida aniqlash mumkin. (4-rasm) 2dSin =m. (1.1) Kristallarda rentgen nurlarining difraksiyasini kuzatishga asoslanib, ularning tuzilishini aniqlaydigan usulni rentgenografiya deyiladi. Elektron yoki neytronlarning difraksiyasiga asoslangan usullarni esa, mos ravishda elektronografiya yoki neytronografiya deyiladi. 1.2. Qattiq jism turlari va xossalari. Kristall va amorf materiallar. Qattiq jismlar tuzilishi, tarkibi, ularni tashkil etgan zarralari orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari, mexanik, elektr, magnit, optik va boshqa xossalari jihatidan turli guruhlarga bo‘linadi. Masalan, elektr xossalari bo‘yicha qattiq jismlar yaxshi o‘tkazgichlar (metallar), yarim o‘tkazgichlar (bu atamani qo‘shib yozsa ham bo‘ladi), dielektriklar guruhlarini tashkil qiladi. Magnit xossalari jihatidan esa diamagnit, paramagnit, ferromagnit, antiferromagnit va ferritlar deb ataladigan qattiq jismlar turlari mavjud. Qattiq jismlarning ayrim muxim xossalari hamda ularni tavsiflaydigan asosiy tushunchalar to‘g‘risida ma’lumot beramiz. Qattiq jismlar ularni tashkil qilgan zarralarning joylashish tartibiga asoslanib kristall va amorf jismlar guruhlariga ajraladi. Amorf jismlarni (masalan, shishani) tashkil qilgan atomlar (ionlar, molekulalar)ning joylashishida qat’iy bir tartib yo‘q. Bundan ularning fazalarini o‘zgartirishida (masalan suyuqlanishida) qat’iy o‘tish nuqtalari (suyuqlanish haroratlari) mavjud bo‘lmasligi kelib chiqadi: amorf jismlar bir holatdan ikkinchi holatga uzluksiz o‘tib boradi. Ammo, kristall jismlarni tashkil qilgan atom (ion, molekula)lar joylashishida muayyan tartib mavjud: ma’lum yo‘nalishlarda har qanday ikki qo‘shni atom oralig‘i bir xil. SHuning uchun ham kristall holatdagi qattiq jismlarning fazalarini o‘zgarishi (suyuqlanish, qotish va hakozo) qat’iy muayyan haroratda va bosimda sodir bo‘ladi. Modda qattiq holatda - kristall yoki amorf shaklda bo‘lishi mumkin. Kristallar doimiy shaklga ega, amorf jismlar esa doimiy shaklga ega emas, bu ularning nomlanishidan ham kelib chiqadi, «amorf» grekcha so‘z bo‘lib, «shaklsiz» degan ma’noni anglatadi. Kristall moddalar bitta yaxlit kristalldan (monokristall) va juda ko‘p «o‘sgan» kristallchalar (polikristallar) dan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, barcha temir buyumlar polikristall temir bo‘laklaridan tayyorlangan. Amorf moddalarga misol qilib, shishani olish mumkin. Bir moddaning o‘zi termodinamik sharoitga bog‘liq ravishda kristall yoki amorf holatida bo‘lishi mumkin. Masalan: oltingugurt kristall shaklda (sariq rangda) va amorf (plastik oltingugurt –to‘q qo‘ng‘ir rangda) bo‘ladi. Kvars – kristall, biroq kvars qumi eritilib, so‘ngra eritma tez sovutilsa, amorf kvars shisha hosil bo‘ladi. Metallurgiyada olinadigan temir kristall tuzilishga ega. Biroq, eritmani tez sovutish usuli bilan amorf temir (temir oyna) olinadi. Download 120.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling