Temir-uglerod holat diagrammasidagi strukturalar


Download 27.01 Kb.
bet1/3
Sana11.09.2023
Hajmi27.01 Kb.
#1675653
  1   2   3
Bog'liq
Temir-uglerod strukturalari


Temir-uglerod holat diagrammasidagi strukturalar

Ferrit (lot. ferrum — temir) - temiruglerodli qotishmalarning tarkibiy fazalaridan biri; Uglerod va legirlovchi elementlarning atemirdagi qattiq eritmasi. Polimorf uch>a oʻzgarishida hosil boʻladi. Uglerodning 8 temirdagi qattiq eritmasi yuqori temperaturali ferrit deb ataladi. Ferritning kristall panjarasi hajmiy markazlashgan kubdan iborat. Uning mikrostrukturasi, donachalarining katta-kichikligi va substrukturasi qanday sharoitda hosil boʻlganligiga bog'liq. Qisqa vaqt davomida keskin sovutilsa (taxminan teng oʻkdi) poliedrik donachalar hosil boʻladi, uzoq vaqt davomida keskin sovutilsa va tarkibida legirlovchi elementlar (kremniy, marganets) boʻlsa, ferrit mustahkamlanadi.
Ferrit (lot ferrum - temir) - uglerodning temirdagi qattiq eritmasi. HB 60-80 ga teng.

Perlit (frans. perle — marvarid) — konsentrik-poʻstloqsimon strukturali nordon vulkan shishasi. Tarkibi nordon lavalarnikiga oʻxshash. Unda SiO2 (65-75%), A12O3 (10-15%), oz miqdorda Fe2O3, CaO, MgO, SO3 va 1 — 9% gacha suv boʻladi. Chizigʻi boʻyicha sindirilganda pusti marvarid kabi yaltiraydigan kichik sharchalarga boʻli-nadi. Teksturasi massivli yoki gʻovakli. P. vulkanik shishani sovishida gidratatsiya jarayoni qoʻshilganda yoki vulkanik shishaga keyinchalik gidrotermal suv taʼsir etganda hosil boʻladi.
Zichligi 2300–2390 kg/m3, gʻovakligi 1,8—2% dan 70% gacha. P. 850—1200° gacha qizdirilganda yumshaydi, tarkibidagi suv bugʻga aylanadi, yumshagan jins shishib, 10—20-marta kattalashadi. Shishgan P. donachalarining hajmiy ogʻirligi 30—40 dan 350–400 kg/m3 gacha boʻladi. Ular qum va shagʻal oʻrnida, yengil beton bogʻlovchisi sifatida, issiklik izolyasiya materiallari tayyorlashda ishlatiladi. P.dan kimyo, neftni qayta ishlash, oziqovqat, dori-darmon, shisha sanoatlari va qishloq xoʻjaligida foydalaniladi.




Download 27.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling