Austenit – temir-uglerod qotishmalarining tarkibiy tuzilmalaridan biri. uglerodning u-temirdagi qattiq eritmasi. Ingliz tadqiqotchisi R. Austen (1843–1902) nomiga qoʻyilgan. Uglerodli poʻlatlarda austenit odatda 727° dan (kritik nuqtadan) yuqori temperaturadagina barqaror boʻladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, temperatura 727° ga yetganda ferrit va sementitga, ya’ni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari austenit tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab oʻzgaradi va 3,63 dan 3,68 A gacha boʻladi. 1147°da u temirda eng koʻp miqdorda (2,14%) uglerod eriydi, binobarin, shu temperaturada austenit tarkibida 2,14% uglerod boʻladi. Temperatura pasaygan sari, austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamayib borib, 727°da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va plastikdir.
Sementit, temir karbidi (Gʻe3S) — temirning uglerod bilan hosil qilgan kimyoviy birikmasi; tarkibida 6,67% uglerod boʻlgan murakkab panjarali struktura. Sementit juda qattiq (NV"800 kg/mm2) va moʻrt (nisbiy uzayishi 6=0) birikma. Sementit marganets (Mp), xrom (Sg) va boshqa elementlarni maʼlum miqdorda erita oladi, lekin oʻzi maʼlum sharoitda parchalanib, undan grafit ajralib chiqadi: Gʻe3S—>ZGʻe+S. Shuning uchun sementit beqaror birikma hisoblanadi. Sementitdagi uglerod atomlari oʻrnini metalloidlar, mas, azot yoki kislorod atomlari, temir atomlari oʻrnini esa metallar, mas, marganets, xrom, volfram atomlari olishi mumkin. Tarkibidagi temir atomlari oʻrnini boshqa metallarning atomlari olishidan hosil boʻlgan birikma legirlangan sementit deb ataladi. Sementit metallning suyuq eritmalari, austenit va perlitdan ajraladi. Kristallanish sharoiti va keyingi ishlov turiga qarab har xil shaklda — teng oʻqdi donachalar, plastinalar shaklida boʻlishi mumkin.
|
Grafit (yunoncha grapho — yozaman) — mineral, yer poʻstlog'ida uchraydigan sof uglerodning bir koʻrinishi. Kimyoviy formulasi — S. Geksagonal singoniyali. Kristallari 6 burchakli plastinka, taxtacha va tangacha shaklida. Rangi qora va toʻq kulrang , metallsimon yaltiroq, qattiqligi 1, qatlamning oʻzida esa yuqori — 5,5 va undan koʻp. Zichligi 2,2 g/sm³. Keng tarqalgan. Oʻtga chidamli, elektr tokini yaxshi oʻtkazadi, kimyoviy barqaror. Sunʼiy ravishda ham olinadi. Asosan metamorfik jinslarda, kam hollarda magmatik jinslarda uchraydi. Oʻzbekistonda (Qoratepa, Zirabuloq, Quljuqtov, Markaziy Qizilqum) mayda va yirik konlar hosil qilgan. RFda (Ilmen togʻi), Ukraina (Krivoy Rog), Kanada, Avstraliya, AQShda konlari bor. Eng katta koni Toshqazgʻanda (Quljuqtov). Grafitdan tigel, qalam, elektrod, boʻyoqlar tayyorlanadi. Yadro texnikasida - raketa dvigatellari soplosi (ogʻzi)ni qoplashda, yuqori haroratga chidamli boʻyoqlar, elektrodlar tayyorlashda ishlatiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |