O‘lchash asbobi deb, o‘lchash uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vositaga aytiladi.
Raqamli o‘lchash asbobi deb, o‘lchash borasida uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o‘zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi.
Diskretlashtirish - bu muayyan (juda qisqa) diskret vaqt oralig‘ida qaydnomalarni olishdir.
Kodlashtirish - muayyan ketma-ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
Konstruksiyalash – lotincha “construere” so‘zidan olingan bo‘lib, biror obyektning konstruksiyasini yaratish ma’nosini bildiradi. Masalan, volьtmetrni konstruksiyalash, intellektual schyotchikni konstruksiyalash.
Konstruktiv – konstruksiyaga tegishli yoki biror obyektning negizi, asosi sifatida qabul qilishi mumkin bo‘lgan sifat.
Konstruktor – turli qurilma va ularning alohida qismlari konstruksiyasini yaratish bilan shug‘ullanadigan mutaxassis.
Konstruksiya – lotincha“constructio”so‘zidan olingan bo‘lib, qurilma, biror predmet, mashina, asbob va boshqa qismlarini o‘zaro joylashishini bildiradi. Masalan, elementlar konstruksiyasi, manometr konstruksiyasi.
Loyiha – lotincha “projectus” so‘zidan olingan bo‘lib, oldinga tashlangan ma’nosini anglatadi va reja, g‘oyani, texnik hujjatlarning birlamchi matni tushuniladi.
Loyihalash – loyixa tuzish, tekislikda biror figura yoki predmetni geometrik aks ettirish, proeksiyasini chizish tushuniladi.
Konstruktorlik hujjatlari (KH) deb, maxsulotni ishlab chiqish, tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, transportda etkazish, ekspluatatsiya va ta’mirlash uchun zarur ma’lumotlarni qo‘llashga bog‘liq hujjatlarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |