1-Amaliyot. O‘lchash asboblarini shkala xarakteristikalari. Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi
Download 0.72 Mb.
|
1-Амалиёт Ўлч.асб. констр.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash diapazoni
1-Amaliyot. O‘lchash asboblarini shkala xarakteristikalari. Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi. O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: SHkalali o‘lchash vositalari (1-rasm); Raqamli o‘lchash vositalari (2-rasm); O‘ziyozar o‘lchash vositalari (3-rasm).
1-rasm. SHkalali o‘lchash vositalari
2-rasm. Raqamli o‘lchash vositalari
O‘lchash vositasining o‘lchashlarga ma’lum diapazonda, ma’lum aniqlik bilan yaroqliligini baholash uchun ularga quyidagi maqsadlarda metrologik xarakteristikalar kiritiladi: 1. Aniq o‘lchashlarni ta’minlash; 2. O‘lchash vositasining o‘zaro almashinuvchanligiga erishish uchun; 3. O‘lchash vositasini o‘zaro solishtirish va kerakli aniqlikdagi o‘lchash vositasini tanlash; 4. O‘lchash tizimlari va qurilmalarining xatoliklarini ularning metrologik xarakteristikalari asosida aniqlash; Metrologik xarakteristikalarning har biri mo‘ljallanishiga ko‘ra o‘lchash turlariga va o‘lchash vositasining ta’sir etuvchi kattaliklar yoki kirish signalining noinformativ parametriga ko‘ra keltiriladi. O‘lchash vositasi kirish signalining noinformativ parametri deb o‘lchanayotgan parametr bilan funksional bog‘lanishda bo‘lmagan parametrga aytiladi. Masalan: o‘zgaruvchan tokning amplitudasini o‘lchashda uning chastotasi noinformativ parametrdir. Normalangan metrologik xarakteristika (NMX) hujjatlar asosida o‘rnatiladi. Amaliyotda o‘lchash vositasining quyidagi metrologik xarakteristikalarii keng tarqalgan: O‘lchash diapazoni – bu o‘lchanayotgan kattalikning shunday qiymatlar sohasidirki, uning uchun o‘lchash vositasi xatoliklarning yo‘l qo‘yiladigan chegarasi me’yorlangan bo‘ladi. O‘lchash chegarasi – bu o‘lchash diapazonining eng katta va eng kichik qiymati. Masalan: o‘lchash vositasi shkalasi notekis bo‘lib, o‘lchash chegarasi 50 ga teng birlikda bo‘lsa va shkalaning boshlang‘ich uchastkasi ~20% siqilgan bo‘lsa, unda o‘lchash diapazoni 10÷50 gacha bo‘lgan birlikka teng bo‘ladi. SHkalaning bo‘lim qiymati – bu kattalik qiymatlarining farqi bo‘lib, shkalaning ikkita qo‘shni belgisiga mos keladi. Tekis shkalali priborlar doimiy bo‘lim qiymatiga ega bo‘ladi, notekis shkalalilari esa o‘zgaruvchan bo‘lim qiymatiga ega bo‘ladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling