1. Aminokislotalarni aniqlang. A gistidin, sitozin
Download 86.23 Kb.
|
BIOLOGIYA probniy
BIOLOGIYA 1. Aminokislotalarni aniqlang. A) gistidin, sitozin B) tirozin, mum C) oksiprolin, guanin D) prolin, oksiprolin 2. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar ATG TGA GGT ACA CGT GGT GAT TCA ketma ketlikda joylashgan bo‘lsa, shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid turi yig‘indisini aniqlang. A) A - 13, C - 11, T - 13, G - 11 B) T - 6, A - 7, C - 4, G - 7 C) A - 11, T - 11, C - 13, G - 13 D) A - 7, T - 4, C - 6, G – 7 3. Faqat RNK tutuvchi bakteriofag tarkibida uchraydigan komponentni aniqlang. A) adenindezoksiribonukleotid B) murein qobiq C) aminokislota D) ribosoma 4. Rasmda tasvirlangan o‘simliklarning vegetativ ko‘payish usullari to‘g‘ri berilgan j avobni aniqlang. A) 1-ildizpoya orqali; 2-ildizmeva orqali; 3-gajaklar orqali B) 1-ildizmeva orqali; 2-tugunak orqali; 3-gajaklar orqali C) 1-ildizpoya orqali; 2-tugunak orqali; 3-urug‘i orqali D) 1-tugunak orqali; 2-piyozbosh orqali; 3-gajaklar orqali 5. Qirqquloqlar barglarining ostki tomonida yoki chetida joylashgan qo‘ng‘ir rangli bo‘rtma nima deb ataladi? A) sporofill B) sorus C) arxegoniy D) gametofit 6. Kurak tishlarining orqa tomonida emali bo‘lmaydigan sutemizuvchi hayvonlarni aniqlang. A) jayra, yumronqoziq B) bo‘rsiq, yumronqoziq C) suvsar, ondatra D) qunduz, nutriya 7. Quyidagi organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. a) parmeliya; b) batsidiya. A) a - prokariot organizm; b - bargsimon lishaynik B) a - avtotrof organizm; b - prokariot organizm C) a - bargsimon lishaynik; b - eukariot organizm D) a - eukariot organizm; b - parazit prokariot 8. Sxemada odam qon aylanish sistemasining katta va kichik qon aylanish doiralari aks ettirilgan. Kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab qon harakati qaysi raqamlar bilan to‘g‘ri k o‘rsatilgan? A) 5, 6, 2, 3 B) 6, 2, 3, 4 C) 7, 8, 1, 5 D) 4, 7, 8, 1 9. “Hayvonlarning paydo bo‘lishi” (a), “O‘simliklar anatomiyasi” (b), “O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri” (c) asari mualliflari to‘g‘ri juftlangan javobni toping. A) a - Ch. Darvin; b - N. Gryu; c - K. Linney B) a - Ch. Darvin; b - I.P. Pavlov; c - J.B. Lamark C) a - Aristotel; b - N. Gryu; c - Ch. Darvin D) a - J.B. Lamark; b - N. Gryu; c - K. Linney 10. Yopishqoq lishaynik tanasida suvo‘t va zamburug‘larning birga hayot kechirishi organizmlar o‘zaro munosabatining qaysi turiga misol bo‘ladi? A) mutualizm B) neytralizm C) o‘zaro raqobat D) parazitizm Download 86.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling