1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar


Download 35.25 Kb.
bet5/5
Sana19.12.2022
Hajmi35.25 Kb.
#1032488
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amir Temur davridagi iqtisodiy g\'oyalar

QISQACHA XULOSALAR
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixiy ijtimoiy saboqlar davri hisoblanadi.
Bu davrda Amir Temur boshchiligida yagona tug' ostida markazlashgan kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Bu davlatni idora etish va boshqarish uchun Amir Temur asosiy qonun-qoidalar to'plami «Tuzuklar»ni yaratdi. «Tuzuklar» islom dini mafkurasiga asoslangan bo'lib, mamlakatni obod etishga xizmat qildi. Xo'jalikni asosi bo'lgan dehqonchilik xunarmandchilik ichki va tashqi savdo kengaydi, fan va madaniyatning ravnaqi uchun ma'lum shart-sharoitlar yaratildi.
Amir Temurdan keyin uning o'g'li Shoxrux Mirzo va nabirasi Mirzo Ulug'bek davridagi islohotlar iqtisodiyotni barqarorlashuvi va ravnaq topishuviga shart-sharoit yaratdi. Ayniqsa, 1428 yilda Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan pul islohoti katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. XV asrdagi iqtisodiy g'oyalar majmuasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning iqtisodiy qarashlari muhim o'rin tutadi.
Alisher Navoiy dastlabki iqtisodiy qarashlari «Hiloliya» (1469) asarida o'z aksini topgan. So'ngra keyinroq «Vaqfiya» (1482) asarida ham boylikning to'planishi va taqsimlanishidagi adolatlilik va hakgo'ylik jamiyatning farovonligiga bevosita ta'siri ayniqsa ijtimoiy manfaatlarning ustunvorligi mamlakat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining asosi ekanligi alohida ta'kidlangan. «Mahbub-ul qulub» asarida esa ijtimoiy tabaqalarga tavsif berilgan. Har bir kasb hunarning jamiyat ijtimoiy tuzilishidagi o'rniga baho berilgan. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g'oyalarning negizini islom ta'limotidagi mezonlar tashkil etadi. «Zakot to'g'risidagi katta kitob», «Mubayyin» kabi asarlar shular jumlasidandir.
1601 yilda chop etilgan «Akbarnoma» kitobida soliq tartibi hamda murakkab iqtisodiy muammolar echimiga qaratilgan qator fikrlar ilgari surilgan.
Download 35.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling