25 mavzu: tashqi savdo siyosati reja tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari


Download 365.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.03.2023
Hajmi365.43 Kb.
#1293477
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25 mavzu



430 
25 MAVZU: TASHQI SAVDO SIYOSATI 
 
REJA 
1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari. 
2. Importga ta’riflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari. 
3. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga 
solish. 
4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash. 
Tayanch so’z va iboralar: Eksport subsidiyalari, importga tariflar, erksport, 
bojlari, litsenziyalash, kvotalash, protektsianizm, bojxona tariflari 
1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari. 
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi 
jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatish orqali ichki bandlilikni 
ta’minlash, iqtisodiy o’sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, 
to’lov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko’zda 
tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb 
yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini 
soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri 
cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo’nalishidir. 
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora- tadbirlar 
qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy 
resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina 
mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi 
turmush darajani 
yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni 
cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga 
ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.Garchand, erkin savdo jahon 
iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi mumkin bo’lsada, ammo alohida 
olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt 
ham foydali bo’lavermaydi. 
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning 
ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman 
importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki 
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning ta’rif 
va nota’rif usullaridan foydalaniladi.Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini 
joriy qilish kirsa, nota’rif usullariga eksporterlar va ishlab 


431 
chiqaruvchilarga 
subsidiyalar 
berish, 
kvotalash, 
litsenziyalash 
kabilar 
kiradi.Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.Import 
bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet 
el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari mamlakat 
ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida 
belgilanadi. Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish 
va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, 
ularning tartibga solingan ro’yxati bojxona tariflari deb ataladi.Bojxona tariflarini 
ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o’simlik dunyosi), qayta ishlash 
darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ko’ra, 
taqsimlangan mahsulotlar ro’yxatini o’z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilar 
(klassifikatorlari) asosida qurilgan. 

Download 365.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling