25 mavzu: tashqi savdo siyosati reja tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari


Download 365.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana24.03.2023
Hajmi365.43 Kb.
#1293477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25 mavzu

Er = (YA – VA) / YA. 
Bu erda: Er - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi; 
YA - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo’shilgan qiymat; 
VA - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo’shilgan qiymat. 
ER = ((3000 + 2250) – 3000) / 3000 =2250 / 3000 = 0,75 yoki 75% 
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga 25% 
tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni haqiqatda 75% tarifli 
himoyalanganligini ta’minlaydi. 
Protektsianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor 
mahsulotlarga bojni ko’tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini 
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi. 
Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha 
ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo’lib 
qoladi. Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon 
xo’jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga 
bojxona bojlarining pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama 
hamda 
ko’p tomonlama muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan 
rag’batlantiriladi va nazorat qilinadi. 
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan 
mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan 
kamroq yo’qotishlar hisobiga ham erishsa bo’ladi degan fikrlar ham qaysidir 
darajada asoslidir. 
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga 
olib keladi.Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya 
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.Uchinchidan, tariflarni 


kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro 
bitimlar bilan cheklangan. 

Download 365.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling