25 mavzu: tashqi savdo siyosati reja tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari


-  chizma. Ishlab chiqaruvchilar subsidiya berilishining iqtisodiy


Download 365.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.03.2023
Hajmi365.43 Kb.
#1293477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25 mavzu

31- 
chizma. Ishlab chiqaruvchilar subsidiya berilishining iqtisodiy 
oqibatlari
 
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita 
usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar 
mazmuniga ko’ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy ko’rinishga ega bo’lishi 
mumkin. 
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng 
tarqalgani hisoblanadi. 
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat 
tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga 
mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o’tkazish, 
xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O’zbekistonda 
litsenziyalar faqat davlat ro’yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat 
qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan. 
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq 
tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi 
iqtisodiy taqchillik o’sishining to’xtash hamda savdo balansining tenglashtirish 
imkonini beradi. Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi 
usullar yordamida joylashtiriladi. 
1. Ochiq auktsion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab 
chiqaruvchilarga berishi. 
2. Afzal ko’rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab 
chiqarish hajmi jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart 
va talablarsiz beradi. 
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va 
resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi. 
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga 
litsenziyalar berish huquqiga O’zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv 
tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog’liqni 
saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank. 
Moliya operatsiyalarini o’tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya 
vazirligi va Markaziy bank tomonidan o’z va xorijiy banklarga, moliya 
muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va 
uning tashqarisida chet el valyutasi bilan opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy 
moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga 
xizmat ko’rsatish huquqini beradi. Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon 


431 
amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini 
chegaralash maqsadida kvotalash keng qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan 
iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, 
mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo’yicha ma’lum davrga eksport va importga 
miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish 
tadbiri sifatida kvotalash to’lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni 
balanslashtirish uchun muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. 
O’zbekistonda kvotalash xalq iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim 
turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda. 
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini 
tartibga solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat 
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. 
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko’proq qo’llanilishiga ikkita sabab 
bor: 
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim 
hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va 
shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga 
e’tiborni qaratishga majbur bo’ladi. 
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qo’llaydi. 
Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir. 
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Tariflarga 
nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi yo’qotishlar ikki 
holatda katta bo’ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy 
ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini oshirsa. 
Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa. 

Download 365.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling