25 mavzu: tashqi savdo siyosati reja tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 365.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana24.03.2023
Hajmi365.43 Kb.
#1293477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25 mavzu

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Savdo siyosatining mohiyati va maqsadlarini tushuntirib bering. 
2. Importga tariflarning kiritilishidan iqtisodiy natijalariga izoh bering. 
3. Importni yoqlovchi va unga qarshi bo’lgan fikrlarni taqqoslab bering. 
fikrlarga izoh bering. 
4. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalarning importga tariflardan afzalligi va 
kamchiliklari nimada ? 
5. Import kvotalarini kiritilishining iqtisodiy oqibatlari nimalarda ko’rinadi? 
6. Litsenziyalarni taqsimllash usullariga qiyosiy tavsif bering. 
7. Eksportni subsidiyalash usullari mohiyatini tushuntirib bering. tushuntirib 
bering. 
8. Eksportni ixtiyoriy cheklash qachon qo’llaniladi, va uning oqibatlari 
qanday? 
9. Savdoni cheklash tadbirlarining makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’siriga 
izoh bering. 


434 
26. MAVZU: VALYUTA 
KURSIning 
makroiqtisodiy siyosatga ta’siri

REJA 
1. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi. 
2. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari. 
3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar. 
4. Xarid qobilyati pariteti. 
5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri 
Tayanch so’z va iboralar:Valyuta munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta bozori, 
konvertirlanadigan valyuta, nisbiy real foiz stavkalari, xarid qobilyati pariteti. 
1. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi. 
Xalqaro valyuta munosabatlari pulning xalqaro to’lov jarayoniga xizmat qilishi 
jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo bo’ldi va rivojlanishning 
uzoq yo’lini bosib o’tdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari 
o’zgardi. Bir vaqtda valyuta munosabatlari ahamiyati o’sdi va ularning nisbatan 
mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati 
mamlakatdan mamlakatga ko’chadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga 
oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valyuta tizimi va jahon valyuta 
tizimlarining shakllanishiga olib keldi. Valyuta – keng ma’noda mamlakat pul 
birligini (masalan, so’m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa 
ma’noda valyuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida qo’llaniladi. Har 
bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega. 
Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib 
topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta 
munosabatlarini tashkil qilish shakli bo’lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi. 
Mamlakatlar o’rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko’paygani sari pul vositalarini 
ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o’zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik 
muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valyuta tizimining barpo 
etilishiga ob’ektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o’rtasidagi 
barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu 
ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valyuta tizimi - bu, xalqaro 
ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali 
rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar o’rtasidagi valyuta 
munosabatlarining yig’indisidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi 

Download 365.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling