25 mavzu: tashqi savdo siyosati reja tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari


 Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash


Download 365.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana24.03.2023
Hajmi365.43 Kb.
#1293477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25 mavzu

4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash 
Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri 
sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - 
konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita 
moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish 
ko’zda tutiladi. 
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga: 
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; 
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin 
axborot etkazib berish; 

firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq 
soliq 
imtiyozlarini berish; 


432 
- bevosita subsidiyalash kiradi. 
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi 
bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan 
kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. 
Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti 
esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash 
ko’rinishlaridan biridir. 
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo’llanilib, o’zida 
qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import 
qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha, eksport qilinayotgan 
mahsulotlarga o’rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so’ng chiqaradi hamda 
uning miqdorini va to’lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o’z 
valyuta resurslarini to’ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini 
eksport qilishni ko’paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol 
qo’llanilmoqda. 
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari 
kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida 
mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda 
ichki iste’mol o’sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy 
qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo’qotishga duch bo’ladilar. Tanqi 
bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa 
erishsa, davlat esa daromadga ega bo’ladi. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij 
mamlakatlarining 
ayrim 
mamlakatlarga 
“ixtiyoriy” eksport miqdorlarini 
cheklashdan iborat. 
Bu erda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan 
mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch 
kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va 
kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni 
e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar. 
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular 
sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. 
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida 
eksportyor ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi. 


433 
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko’rib o’tilgan usullarining har biri ijobiy 
jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining 
raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib 
boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo’lishi bu jarayonining 
qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor 
munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi. 

Download 365.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling