1-amaliy mashg‘ulot
Xavf – xatarlarni baholash usullari
Ishdan maqsad – kiberxavfsizlikni ta’minlashda risklarni aniqlash va ularni
baholash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetentsiyalarni takomillashtirish.
Nazariy ma’lumot.
Risk bu – belgilangan sharoitlarda tahdidning
manbalarga potensial zarar
yetkazilishini kutish. Bundan tashqari riskni quyidagicha tushunish mumkin.
Risk bu – ichki yoki tashqi majburiyatlar natijasida tahdid yoki hodisalarni
yuzaga kelishi, yo‘qotilishi yoki boshqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
voqea.
Risk bu – manbaga zarar keltiradigan ichki ѐki tanqi zaiflik ta’sirida tahdid qilish
ehtimoli.
Risk bu – voqea sodir bo‘lishi ehtimoli
va ushbu hodisaning axborot
texnologiyalari aktivlariga ta’siri.
Risk, tahdid, zaiflik va ta’sir o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha:
Risk = Tahdid * Zaiflik * Ta’sir
Hodisaning axborot aktiviga ta’siri bu – aktivdagi ѐki manfaatdor tomonlar
uchun aktivning qiymatidagi zaiflikning natijasi.
AT riski quyidagicha kengaytirilishi mumkin: