5- mavzu bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi reja
Download 84.08 Kb.
|
5-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
5- Mavzu BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI REJA
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo’jaligi negizida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u borgan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII–XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. Bozor munosabatlari tizimida shunday rag’batlantiruvchi kuch mavjudki, u muttasil iqtisodiy o’sish va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlaydi. Bozor tizimining afzalligini Tailand, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur kabi Osiyo mamlakatlari ham namoyish etdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish tarixiy ob’ektiv zarurat bo’lib, kelajakda ravnaq topishining, oqilona xo’jalik yuritishga erishishning samarali yo’li hisoblanadi. XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o’tish global, ya’ni umumjahon voqeligiga aylandi. Bu jarayon murakkab bo’lib, har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinib va turli modellari asosida amalga oshadi. Har bir mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga xos yo’li quyidagi omillarga bog’liq: geografik o’rni, tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi,tarixiy taraqqiyot darajasi, aholining an’analari va urf-odatlari, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishi. Ayni vaqtda bozor iqtisodiyoti umumiy tomonlarga ham ega bo’lib, bular: turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi, tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi, raqobat kurashiga asoslanishi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi mavjudligi va shu kabilarda namoyon bo’ladi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti alohida mamlakatlarning xususiyatlari va umumiy tomonlarining o’ziga xos qorishmasidan iborat iqtisodiy tizim bo’lib, iqtisodiy fanda har hil model tarzida ifodalanadi. Bunda bozor iqtisodiyoti modellarini ajratishga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
Download 84.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling