5- mavzu bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi reja


Bozor iqtisodiyotining asosiy muammosi, afzalliklari va ziddiyatlari


Download 84.08 Kb.
bet6/11
Sana22.12.2022
Hajmi84.08 Kb.
#1041796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu

Bozor iqtisodiyotining asosiy muammosi, afzalliklari va ziddiyatlari

Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo’lib, ular o’z echimiga ham ega.


Bular quyidagilar:

  1. Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovar­lar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqa­rilmaydi.

  2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texno­logiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur.

  3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi.

  4. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o’rta va kam ta’minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi.

  5. Iqtisodiy tizim ro’y beradigan o’zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi.

Foyda olish yoki zarar ko’rish mumkinligini korxona umu­miy daromadlarini barcha xarajatlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.

Korxona umumiy pul daromadi (tovar birligi bahosi X sotiladigan tovar miqdori)

___




Ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajat (resurs birligi narxi X foydalanadigan resurs miqdori)

_______

Foyda yoki zarar miqdori

Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e’tiborga loyiqdir. Bular:



  1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizi­mi resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi. Umuman, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasiga mos miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

  2. Erkinlik. Bozor iqtisodiy tizimining muhim afzal­liklaridan biri, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko’plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish va tashkil qilish bozor iqtisodiyotining asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning samarali usuli bozor tizimi vositasi orqali erkin hamkorlikdir. Faqat bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni erkinlik qoidalari asosida uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkin­ligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.

  3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki u iqtisodiy faollikni rag’batlantiradi. Bunda har bir subekt tinimsiz harakatda va iqtisodiy faol bo’lishini taqozo etadi. Chunki xo’jasizlik, sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini parokandalikka yuz tutishiga olib keladi. Raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurash iqtisodiyot sub’ektlarini harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

Download 84.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling