5- mavzu bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi reja


Download 84.08 Kb.
bet4/11
Sana22.12.2022
Hajmi84.08 Kb.
#1041796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu

«Janubiy Koreya modeli»Shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy Koreyani qisqa muddat ichida rivojlanish darajasi past bo’lgan mamlakatlar safidan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. 1962 yili iqtisodiy islohotlar boshla­nayotgan paytda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad 82 dollarga teng bo’lgan bo’lsa, 1996 yilga kelib 10,6 ming dollarga etdi.
Markazlashtirilgan tarzda uzoq va o’rta muddatli rejalar, maqsadli dasturlar tuzish, ularning bajarilish muddat­larining belgilanishi, xo’jalik yuritishda bozor uslublarini qo’shib olib borish Janubiy Koreyaga qisqa muddatlarda rivoj­langan mamlakatlar safiga qo’shilib, jahon tsivilizatsiyasida o’ziga xos munosib o’rinni egallash imkonini beradi.
«Xitoy modeli» – iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo’jaligini isloh qilishdan boshlandi. Qishloq xo’jaligida xalq kommunallari asosiy xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib, davlat pudrat tizimi barpo qilindi. Bu tadbirlar 1984 yil oxiriga kelib yakunlandi. Oilaviy pudrat, dehqon xo’jaligini bir oila a’zolari tashkil etib, foydalanish uchun erlar 15-20, ba’zi joylarda 30 yilga berilgan. Erga bir yoki bir necha oila tomonidan o’zi egalik qilayotgan texnika, asbob-uskuna yorda­mida ishlov beriladi. Dehqonlar ishlab chiqargan mahsulot­larning bir qismini davlatga shartnoma asosida va soliq hisobida topshiradilar, boshqa bir qismini mahalliy fondga topshirib, qolgani o’z ixtiyoriga ko’ra erkin narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin.
Shunday qilib, har bir mamlakatning bozor munosa­bat­larini shakllantirishdagi boshqa mamlakatlar bilan o’xshash­lik tomonlariga qarab, ularni bozor iqtisodiyotining u yoki bu modeliga kiritish mumkin. Shu bilan birga har bir mamlakat o’ziga xos xususiyatlar bilan boshqalardan farq qilar ekan, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z yo’liga va o’z modeliga ega bo’ladi.



  1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari



Bozor iqtisodiyoti – xususiy mulk ustuvorlikka ega bo’lgan, iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida uyg’unlashtiriladigan va tartibga solinadigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakl­laridagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqti­sodiyoti deganda bozor xo’jaligi sub’ekt­lari iqtisodiy xatti-harakat­larining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiq­lashuvi tushini­ladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari uning butun tizimni, takror ishlab chiqarish bosqichlari va jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabat­larining barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibi turli – tuman bo’lib, uning barcha sub’ektlari uch turga ajratiladi.

  1. Uy xo’jaliklari – iqtisodiyotning iste’mochilik sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.


  2. Download 84.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling