5- mavzu bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi reja
Bozor munosabatlarining etuklik darajasiga ko’ra bozor iqtisodiyotining quyidagi asosiy modellari ajratib ko’rsatiladi
Download 84.08 Kb.
|
5-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- «AQSh modeli»
- «Yaponcha model»
- «Shved model»
- «Nemis model»
Bozor munosabatlarining etuklik darajasiga ko’ra bozor iqtisodiyotining quyidagi asosiy modellari ajratib ko’rsatiladi:Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti: a) bozor infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni barqarorlashtirish; v) sanoat tarmoqlarini (ayniqsa qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi. O’zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar «Amerika», «Yaponiya», «Germaniya», «Shvetsiya», «Janubiy Koreya», «Xitoy» modeli va boshqalar hisoblanadi. «AQSh modeli» liberal model sifatida tavsiflanadi. Amerikacha andozaning o’ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga, ommaviylikka erishishni ta’minlashga asoslanganligidadir. U jamiyat a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart-sharoit yaratishga qaratilgan. «Yaponcha model» – bu ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni xar tomonlama va so’zsiz qo’llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg’usi asosida yaratilgan. Yaponiya harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinchlik maqsadida barcha resurslarni to’plash va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potentsialni o’stirish imkoni yaratildi. Eng avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo’ljallanib, valyuta topildi, uning evaziga xorijiy mamlakatlardan, ayniqsa Amerika va G’arbiy Evropadan eng yangi texnika, texnologiya, litsenziya, patent, «nou-xau» sotib olinib, yuqori mehnat unumdorligiga erishildi, tadbirkorlik qo’llab quvvatlandi. Jahon bozorida xomashyo va yoqilg’ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy xarajatlarning yo’qligi Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada yirik kompaniyalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakatda ilmiy texnikaviy taraqqiyotga alohida ahamiyat berilishi katta rol o’ynaydi. Aholining tabaqalanishi dastlab kuchaygan bo’lsa, maqsadga erishilgach, ularning ehtiyojmand qismiga davlat va firmalar yordami kuchaytirildi va natijada umumiy farovonlikka erishildi. «Shved model» – uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati ijtimoiy yo’naltirilganligi, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratilganligidir. Aholining kam ta’minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko’riladi. Bu andozaning shakllanishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi va kasaba uyushmalarining jamiyatda, ayniqsa ishlab chiqarishda katta o’rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo’lgan. «Nemis model» – ijtimoiy yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy bozor iqtisodiyotining bosh g’oyasi Lyudvig Erxardga (1897–1977) tegishli. Dastlab, Erxard industriallashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unda sanoat mahsulotini 1936 yilga nisbatan 65%, 1938 yilga nisbatan esa 50-55% ga ko’paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari pul islohoti, narx-navo islohoti o’tkazish, davlatning iqtisodiyotdagi aralashuv darajasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti kontseptsiyasi mazmunan faqat iqtisodiyotga tegishligina emas, balki unda insonning erkinligi masalalari ham ilgari surilgan. Download 84.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling