O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
______________________________________________________________________
Amaliy iqtisodiyot fani
5-mavzu.
Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi.
Reja:
5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
5.2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari.
5.3. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
5.4. Bozor iqtisodiyoti modellari.
5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
Bozor iqtisodiyoti
—bu xususiy mulk ustuvorligiga
asoslangan hamda iqtisodiy
jarayonlar bozor kuchlari yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan iqtisodiyotdir.
Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul
munosabatlariga asoslanadi,
uning negizida tovar va
pulning turli shakllaridagi harakati yotadi.
Bozor mehanizmi
-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg’unlashtirishga qaratilgan
iqtisodiy dastak hamda vositalardir.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mehanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismdan iborat
bo‘ladi: narx, raqobat, talab va taklif.
5.1-chizma. Bozor mehanizmining tarkibiy qismlari
Raqobat—
mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida
tovarlarni qulay
sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda
keltiradigan narxda sotish,
umuman
iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash.
Narx—
tovar
qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida
amal qiluvchi iqtisodiy
dastak.
BOZOR
M
E
X
A
NIZM
I
NARX